Navoiy kadastr
660 subscribers
4.93K photos
751 videos
8 files
3.16K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi.

📌 Manzil: Navoiy shahar, Ma'rifat ko‘chasi 8-uy.

☎️ Telefon: +998792242738

✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
Prezident huzuridagi yig‘ilish boshlandi

Kadastr agentligi joriy yildan boshlab O‘zbekiston tarixida ilk bor qishloq xo‘jaligi yerlarini yalpi xatlovdan o‘tkazib, elektron ro‘yxatdan o‘tkazishni boshlagani va 23 million gektar qishloq yerlarining elektron xaritalari yaratilgani ta’kidlandi.

Shundan, bugungi kunga qadar 22 million gektari davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Bundan tashqari, hisobga olinmagan 412 mingta ko‘chmas mulk kadastr bazasiga kiritildi, 478 mingta ob’ektda qo‘shimcha qurilmalar aniqlanib, kadastr bahosi qayta ko‘rib chiqildi.

Shu bilan birga, xatlovda ko‘plab muammolar ham aniqlandi.
Misol uchun, elektron hisobga olinayotgan qishloq xo‘jaligi yerlari qog‘oz shaklida yuritib kelingan Yer fondi hisoboti amaliyot bilan farq qilmoqda.

Jumladan, haqiqatda aholi yashash punktiga aylanib ketgan 830 ming gektar maydon boshqa yer toifalarida hisobda turibdi.

#Prezident #DavKadastrPalata #yig_ilish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
Natijalar yer kadastri sohasida boshlagan ishlarimizning 50 foizi, xolos

Yig‘ilishda yo‘l, elektr, gaz ta’minoti, suv xo‘jaligi, obodonlashtirish ob’ektlari, ko‘p qavatli uylarga tutash hududlar kadastrida ham ko‘plab muammolar mavjudligi qayd etildi.

"Bu juda katta va muammoli masala, janob hokim va prokurorlar. Buning orqasida pora va korrupsiya turibdi.

Yuqoridagi natijalar yer kadastri sohasida boshlagan ishlarimizning 50 foizi, xolos. Hali oldimizda qilinadigan ishlar ko‘p.

Bir narsani aniq tushunib olish lozim. Biz kelgusi yilda 80 ming gektar paxta va g‘alladan bo‘shagan yerlarni aholiga bo‘lib berishni reja qilganmiz.

Agar yerning hisobi, aniq chegarasi bo‘lmasa, bu ishlarni amalga oshirib bo‘lmaydi", dedi Prezidentimiz.

Qaerda bo‘sh yer borligi to‘g‘risida ham aniq ma’lumot yo‘qligi, bu bilan 30 yil hech kim shug‘ullanmagani qayd etildi. Oqibatda kadastr hujjati bo‘lmagani bois 2 milliondan ziyod oilalar uy-joylarini na kredit garovi sifatida qo‘ya oladi, na uni sota oladi.

#Prezident #DavKadastrPalata #yig_ilish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
Yig‘ilishda mutasaddilarga ishni quyidagi yo‘nalishlarda tashkil etishga topshiriq berildi:

- kelgusi yil 1 aprelga qadar qishloq xo‘jaligi yerlarini hisobga olish ishlarini yakuniga yetkazish;

- yer balansidagi farq bo‘yicha yer maydonlarining egasi va aniq toifasini belgilab berish;

- 38 mingta sub’ektga tegishli yer ajratish hujjatlari to‘liq bo‘lmagan 1 million gektar maydonning ijara shartnomalarini rasmiylashtirish;

- yer ajratish to‘g‘risidagi barcha qarorlarni xatlovdan o‘tkazib, ularning egasi, manzili va chegarasini aniq belgilab, kadastr idoralariga berish;

- dehqon xo‘jaliklarini kadastr ro‘yxatidan o‘tkazish ishlariga 20 milliard so‘m ajratish.

#Prezident #DavKadastrPalata #yig_ilish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
Yer balansida aholi yashash punkti yerlari 223 ming gektar bo‘lsada, amalda 1 million gektardan oshib ketgani ta’kidlandi.

Masalan, Asaka va Shahrixon tumanlarida o‘tkazilgan xatlovda 74 mingta xonadonning (jami xonadonlarning 65 foizi) yer ajratish qarorlari yo‘qligi, 4,5 mingtasi (4 foiz) muhofaza zonalarda qurilgani ma’lum bo‘ldi. Demak, ushbu tumanlar yer balansida aholi punkti yerlari 2 ming gektar deb ko‘rsatilgan bo‘lsada, haqiqatda 10 ming gektar yerlar uy-joy bilan band bo‘lib turibdi (bunga yo‘l, ariq, xiyobon va boshqa ob’ektlar kiritilmagan).

Shu munosabat bilan kelgusi yil yakuniga qadar 6 millionta ko‘chmas mulk ob’ektlarini “xonadonbay” xatlovdan o‘tkazish topshirildi. Bunda, har bir mahalladagi hokim yordamchilari o‘z hududidagi holatni tahlil qilib, kadastr idoralariga beradi.

Xatlov natijasi bilan bino-inshootlarning elektron xaritasi yaratilib, aholi uchun qulay va ochiq-oshkora onlayn platformaga joylashtiriladi.

"Yer balansini to‘g‘ri yuritish, yerni asrab-avaylash hokimlarning konstitutsiyaviy majburiyati va asosiy vazifasidir. Buni uddalay olmaydigan hokim menga kerak emas", dedi davlatimiz rahbari.

#Prezident #DavKadastrPalata #yig_ilish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
Yuqoridagi topshiriqlar ijrosini samarali tashkil etish maqsadida kadastr idoralarining moddiy-texnik bazasini yaxshilash zarurligi qayd etildi.

Bugungi kunda kadastr idoralari tomonidan foydalanilayotgan geodeziya o‘lchov uskunalarining asosiy qismi ma’nan eskirgan (20 yildan ziyod).

Mavjud 50 ta geodeziya stansiyalari iqtisodiy faol hududlarning atigi 50 foizini qamragan (12 million gektar). Vaholanki, barcha hududlarni to‘liq qamrab olish uchun qo‘shimcha 80 ta stansiya zarur.

Ayni paytda mutasaddilar yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan hisobot bermoqda.

#Prezident #DavKadastrPalata #yig_ilish

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
#qaror #prezident #kadastr

🇺🇿 Prezidentning “O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

➡️2023-yil 1-yanvardan boshlab:

➡️ Kadastr agentligining hududiy bo‘limlari, Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasi, uning hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) filiallari faoliyatini tashkil etish, nazorat qilish va ularga umumiy rahbarlik qilish vertikal boshqaruv tizimi hamda yakkaboshchilik asosida Kadastr agentligi tomonidan amalga oshiriladi;

➡️ Kadastr agentligining hududiy bo‘limlari faoliyatini moliyalashtirish, shu jumladan, saqlash, ish haqqi va unga tenglashtirilgan to‘lovlar xarajatlari O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjeti parametrlarida nazarda tutiladi;

➡️ Kadastr agentligining hududiy bo‘limlari, Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari va tuman (shahar) filiallarining qonuniy faoliyatiga mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan aralashish yoki taʼsir o‘tkazish qatʼiy taqiqlanadi.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident

Президент Шавкат Мирзиёев Фарғона вилояти Қўштепа туманига ташриф буюриб, “Global textile infinity” кластерининг тўқимачилик корхонаси билан танишди ҳамда водий вилоятларида пахта-тўқимачилик саноатини ривожлантириш чора-тадбирлари юзасидан йиғилиш ўтказди.
Президент Шавкат Мирзиёев Қувасой шаҳридаги “Art soft ceramics” корхонаси фаолияти билан танишди.
Президент Қўштепа туманида ишга туширилган йирик тўқимачилик фабрикаси билан танишди, жамоа билан суҳбатлашди.
Президент Шавкат Мирзиёев Фарғона шаҳридаги “Meridian” тиббиёт марказида яратилган шароитлар билан танишди.
Президент Шавкат Мирзиёев Марғилон шаҳридаги “Олтин ипак карвонсаройи” туристик марказини бориб кўрди.
Давлатимиз раҳбари Фарғона шаҳрида замонавий тиббиёт марказига ташриф буюрди.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident

🇺🇿Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Жиззах вилоятига ташрифи ҳақида.

🟢Президент Шавкат Мирзиёевнинг Жиззах вилоятига ташрифи Пахтакор туманидаги «Пахтакор элита уруғчилиги» фермер хўжалиги фаолияти билан танишишдан бошланди.

🟢Президент “Жиззах” эркин иқтисодий зонасида яқинда ишга туширилган корхоналар фаолияти билан танишди.

🟢Президент Жиззах шаҳридаги Қозон федерал университети филиалида бўлди.

🟢Президент Жиззах вилоятида саноатни ривожлантириш масалалари бўйича йиғилиш ўтказди ва янги корхоналарни ишга тушириш маросимида иштирок этди.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿 Prezident Shavkat Mirziyoev raisligida tarmoq va sohalarda hamda hududlarda raqamlashtirish jarayonlarini jadallashtirish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazildi.

▪️So‘nggi uch yilda IT sohasiga qaratilgan jiddiy e’tibor natijasida ma’lum o‘zgarishlarga erishilgani ta’kidlandi.

▪️Davlatimiz rahbari sohada amalga oshirilgan ishlar yetarli emasligini, IT xizmatlar eksportini kelgusida 1 milliard dollargacha oshirish reja qilinganini qayd etdi.

▪️Yig‘ilishda raqamli texnologiyalardan foydalanish ko‘lamini yanada oshirish zarurligi ta’kidlandi.

▪️Aholi eng ko‘p murojaat qiladigan ichki ishlar idoralarida 34 ta, adliya idoralarida 32 ta, “O‘zstandart”da 29 ta, sog‘liqni saqlashda 11 ta xizmat elektron shaklga o‘tkazilmagani qayd etildi.
◾️Yerlarni xususiylashtirish uchun murojaat onlayn beriladi. Ammo kommunal sohadagi ma’lumotlar raqamlashmagani bois, keyingi bosqichlar baribir “qo‘lda” qilinayotganligi ta’kidlandi.

▪️IT sohada dasturiy mahsulot ishlab chiqarishda ham, eksportda ham hududlar kesimida nomutanosiblik kuzatilayotgani, asosiy qism Toshkent shahriga to‘g‘ri kelayotgani ko‘rsatib o‘tildi.

▪️Yig‘ilishda aholi muammolarini hal qilish jarayonlarini raqamlashtirish masalalari ko‘rib chiqildi.

▪️Shuningdek, hududlarni raqamlashtirish uchun moliyaviy manbalarni kengaytirish masalasiga to‘xtalib o‘tildi.

▪️Prezident barcha biznes jarayonlarini hamda aholi uchun eng zarur xizmatlarni to‘liq raqamlashtirib, o‘zaro integratsiya qilish vazifasini qo‘ydi.

▪️Davlatimiz rahbari yoshlarni ITga o‘qitish, ularga ishlashi uchun sharoit va mahsuloti uchun bozor yaratish zarurligini ta’kidladi.

▪️Olis va chekka hududdagi yoshlarni xorijiy tillarga o‘rgatish uchun alohida telekanal tashkil qilingan. Raqamlashtirish vazirligiga ushbu telekanalda ITga o‘qitish bo‘yicha o‘quv kurslari va kamida 30 foiz qiziqarli kontentlarni joylashtirishni ta’minlash topshirildi.


#DavKadastrPalata #Prezident

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
🌐Telegram 🌐Instagram 🌐 YouTube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Prezident

Ассалому алайкум, муҳтарама онахонлар!
Мунис опа-сингиллар!
Дилбар қизларим!
Аввало, сиз, азизларни, сизларнинг тимсолингизда бутун Ўзбекистон хотин-қизларини 8 март байрами билан чин қалбимдан муборакбод этаман. Барчангизга ўзимнинг юксак ҳурматим ва эзгу тилакларимни билдираман.

Биз бу қутлуғ байрамни доимо орзиқиб, катта қувонч ва ҳаяжон билан кутамиз. Чунки бу шукуҳли айём юртимизга яшариш ва янгиланиш фаслини – фасли навбаҳорни бошлаб келади. Бу байрам дилимиздаги сиз, азизларга бўлган самимий ҳурмат ва эҳтиромимизни, меҳру муҳаббатимизни яна бир бор ифода этишга имкон беради.

Бугун ҳар биримиз чексиз миннатдорлик ҳисси билан Яратганнинг буюк мўъжизаси бўлган аёл зотига – меҳрибон оналаримиз, қадрли опа-сингилларимиз, лобар қизларимиз шаънига энг гўзал сўзларни айтишимиз табиийдир.

Биз сизларни энг аввало фидойилик тимсоли деб биламиз. Меҳридарё қалбингиз, ақл-заковатингиз, севги ва садоқатингиз учун сизлардан бир умр қарздормиз.

Янги Ўзбекистонни барпо этишда, Учинчи Ренессанс бунёдкори бўлган ёш авлодни тарбиялашда сизларга, сизларнинг буюк мураббийлик фазилатларингизга таянамиз.

🇺🇿Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Халқаро хотин-қизлар кунига бағишланган тантанали маросимдаги нутқидан

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM