Navoiy kadastr
659 subscribers
4.93K photos
751 videos
8 files
3.16K links
Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyat boshqarmalari ish faoliyati va sohadagi yangiliklar yoritib boriladi.

📌 Manzil: Navoiy shahar, Ma'rifat ko‘chasi 8-uy.

☎️ Telefon: +998792242738

✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
Forwarded from Kadastr - Live
#savol_javob

САВОЛ
Ҳовлимиз
23 сотих. Кадастир ҳужжатларимиз жойида. Лекин 11 сотихи қизил майдон қилиб белгилаб қўйилган. Ўша қизил майдонга уй қуришга ҳаққим борми?

ЖАВОБ

Ўзининг эгаллаб турган ер участкасида қурилиш, қайта қуриш ишларини амалга ошириш учун Вазирлар Маҳкамасининг 2018 йил 18 майдаги 370-сонли қарори билан тасдиқланган маъмурий регламентларга асосан рухсатнома олиш лозим. Бунинг учун давлат хизматлари марказлари орқали мурожаат этилади. Рухсатнома Архитектура қурилиш бўлими томонидан берилади.

Агар ер участкаси қизил чизиқ ҳудудида ёки мухофаза зонасида жойлашган бўлса ёки ўзбошимчалик билан эгалланган бўлса, қурилиш ишларини амалга ошириш учун рухсат берилмайди.

Бизларни ижтимоий тармоқларда кузатиб боринг
Telegram Instagram YouTube Facebook
Forwarded from ANDIJON KADASTR
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#savol_javob

Yer uchastkasiga bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazmasdan foydalansa qanday javobgarlik mavjud.
—————————————————————————————
Какова ответственность, если вы воспользуетесь правами на земельный участок без государственной регистрации?

—————————————————————————————
What is the responsibility if you use the rights to the land plot without state registration?

Telegram|Instagram|Twitter|Facebook| You tube | Tik Tok
Forwarded from Kadastr - Live
#kadastr #savol_javob #farmon

САВОЛ:

Қандай сабабларга кўра янги
ПФ-6243-сон Фармонда умрбод ерга эгалик қилиш ҳуқуқи бекор қилинган?

ЖАВОБ
:

Фармон билан ушбу ҳуқуқлар бекор қилинмаган.
Фармоннинг 2-банди билан мерос қилиб қолдириладиган умрбод эгалик, доимий эгалик, вақтинча фойдаланиш ҳуқуқи билан ер ажратиш тартиби бекор қилинган ҳамда айнан шу бандда илгари ажратилган ер участкаларига бўлган бундай ҳуқуқлар уларнинг эгаларида амалдаги тартибда сақланиб қолиши белгиланган.

Ижтимоий тармоқлардаги саҳифаларимизга аъзо бўлинг
Telegram Instagram YouTube Facebook
#kadastr #savol_javob #farmon

SAVOL:

Qanday hollarda istesno tariqasida onlayn auksionsiz yer ajratib beriladi?

JAVOB:

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 6243-sonli "Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta'minlash, yerga bo'lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari" to'g'risidagi farmonining 3-bandiga asosan quyidagi hollarda istesno tariqasida yer ajratiladi.

*** Qishloq xo‘jaligi sohasida ilmiy tadqiqot va tajriba sinovlar amalga oshirish uchun davlat ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalariga — Qishloq xo‘jaligi vazirligining taklifiga asosan;

*** Agrosanoat klasterlariga — yer uchastkasi normativ qiymatining ikki baravari miqdoridagi pul mablag‘i depozitga qo‘yilganda, Qishloq xo‘jaligi vazirligi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyat hokimining taklifiga asosan;

*** Eng yaxshi taklifni tanlash orqali aniqlanadigan, qiymati kamida 10 million AQSH dollari ekvivalentida (er maydoni hajmiga ko‘ra ortib boradi) bo‘lgan yirik investitsiya loyihasini amalga oshirish uchun — loyiha qiymatining kamida 10 foiziga teng mablag‘ avvaldan maxsus hisobraqamga joylashtirilganda;

*** Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalarga, xalqaro birlashmalar va tashkilotlarga, chet ellik yuridik va jismoniy shaxslarga — ijaraga olish huquqini olganlik uchun bozor qiymatida haq to‘lagan holda (xalqaro birlashmalar va tashkilotlardan tashqari).

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring !!!

Telegram Instagram Facebook Youtube
#kadastr #savol_javob #farmon

SAVOL:

Yerga bo'lgan huquqga qanday o'zgartirishlar kiritildi?

JAVOB:

O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 6243-sonli "Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta'minlash, yerga bo'lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari" to'g'risidagi farmonining 2-bandiga asosan yerga bo'lgan huquq turlari 2021- yil 1- avgustdan boshlab 6 tadan 3 taga qisqartiriladi.

🔶 yer uchastkalari xususiy sektorga — mulk va ijara huquqi asosida, davlat organlari, muassasalari, korxonalari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga (keyingi o‘rinlarda — davlat tashkilotlari) — doimiy foydalanish huquqi asosida ajratiladi;

🔶 meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik, doimiy egalik, vaqtincha foydalanish huquqi bilan yer ajratish tartibi bekor qilinadi, bunda ilgari ajratilgan yer uchastkalariga bo‘lgan bunday huquqlar ularning egalarida amaldagi tartibda saqlanib qoladi;

🔶 ijaraga olingan yer uchastkasida qonunchilikda belgilangan tartibda qurilgan ko‘chmas mulk obyektiga mulk huquqi boshqa shaxsga o‘tgan taqdirda, ushbu obyektga mulk huquqi bilan birgalikda u joylashgan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqi ham yangi mulkdorga o‘tadi;

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Telegram Instagram Facebook Youtube
#savol_javob

Savol: Sug'oriladigan yerlardan o'zboshimchalik bilan foydalangan fuqarolarga va yer egalariga javobgarlik o'zgardimi ?

❗️ Javob: O'zbekiston Respublikasining 16-avgust 2021-yildagi "Yer uchastkalarini ajratish va ulardan foydalanish, shuningdek yerlarni hisobga olish va davlat yer kadastrini yuritish tizimi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida"gi 708-sonli qonuniga asosan Jinoyat kodeksining ayrim moddalariga o'zgarish va qo'shimchalar kiritildi.

BATAFSIL

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Telegram Instagram Facebook Youtube
#savol_javob

SAVOL

Davlat va jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga yer ajratish tartibi qanday?

❗️JAVOB

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2021-yil 8-iyundagi PF-6243-son Farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining "Yer uchastkalarini davlat va jamoat ehtiyojlari uchun doimiy foydalanishga ajratishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida"gi 543- sonli qarori qabul qilingan.

BATAFSIL ! ! !

📍Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Telegram Instagram Facebook Youtube
#savol_javob

SAVOL: Qanday holatlarda Kadastr agentligi tomonidan ma'muriy jarima qo'llaniladi ?

❗️
Javob: Kadastr agentligi tomonidan 7 ta holatda ma'muriy jarima qo'llaniladi.

O'zbekiston Respublikasining 16.08.2021-yildagi 708-sonli qonuniga asosan ayrim normativ huquqiy hujjatlarga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.
Xususan mazkur qonun asosida Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksining 266 prim 1 moddasi bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligining organlariga tegishli bo'lgan moddalar belgilab berildi.

Jumladan Kodeksning 60-moddasi ikkinchi, uchinchi va to‘rtinchi qismlari, 60 prim 1-moddasi, 68-moddasi (bundan tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish, rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar, suv fondi yerlari mustasno), 68 prim 1-moddasi va 69-moddasi (bundan qishloq xo‘jaligi yerlarining chegara belgilariga oid qismi mustasno) nazarda tutilgan moddalariga asosan ma'muriy jarima qo'llaniladi.

https://t.iss.one/navkadastr
#savol_javob

SAVOL: Yer maydonini xususiylashtirishni qanday afzallik tomonlari bor ?

JAVOB: O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 2022-yil 14-fevralidagi 71-sonli qaroriga asosan yer maydonlarini xususiylashtirishni quyIdagicha afzallik tomonlari bor.

🔷 Mulk huquqiga ega bo'lish, yer uchastkasini bir qismini sotish yoki hadya qilish.

🔷 Davlat tomonidan yer uchastkalari olib qo'yilmaydi faqat sotib olinishi mumkin.

🔷 Yer maydonini mustaqil qo'shish, taqsimlash va ajratish huquqini beradi.

🔷 Yer uchastkasidan garov sifatida foydalanish huquqini beradi.

Eslatib o'tamiz ! ! !
Xususiylashtirish majburiy emas.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Telegram Instagram Facebook Youtube
#savol_javob

SAVOL: Yer maydonini xususiylashtirish uchun qancha mablag' talab etiladi ?

❗️ JAVOB: Xususiylashtirish to‘lovi mazkur yer maydoni uchun hisoblangan yer solig‘i miqdorining 20 barobari deb belgilangan.

O'zbekiston Respublikasi Vazirlar mahkamasining 14.02.2022-yildagi 71-sonli qaroriga asosan yer maydonini xususiylashtirish uchun ushbu yer maydonining bir yillik soliq miqdorining 20 barobari miqdorida pul to'lanadi.

Masalan: agar fuqaro bir yilda 300 ming so'm soliq to'laydigan bo'lsa, (bunda mol-mulk solig'i qo'shib hisoblanmaydi, aynan yer uchastkasiga to‘lanadigan soliqqa nisbatan hisoblanadi), xususiylashtirish uchun 6 mln so‘m to‘lov amalga oshiriladi.

Eslatib o'tamiz ! ! !
Xususiylashtirish majburiy emas.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Telegram Instagram Facebook Youtube
#savol_javob

Men 2-guruh nogironiman. Kadastr xizmatlaridan foydalanganimda menga qanday chegirmalar mavjud

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 18-maydagi 306-son qaroriga asosan I va II guruhlar nogironlari va Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari uchun davlat xizmatlari narxi xizmatlar umumiy qiymatining 50 foizini tashkil qiladi.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Telegram Instagram Facebook Youtube
#savol_javob

Savol: Kadastr hujjatlarim rasmiylashtirilgan hovlimning bir qismini o'g'limning nomiga kadastr qilib bermoqchiman qanday qilib amalga oshirsam bo'ladi.

❗️ Javob: Kadastr hujjatlari rasmiylashtirilgan va hovlining bir qismini hadya qilish yoki meros qilib qoldirish 3 ta bosqichda amalga oshiriladi.

1-bosqich: Kadastr hujjatlari va shaxsni tasdiqlovchi hujjat bilan birga notarial idoralarga murojaat qilinadi va mulkning bir qismini hadya qilish yoki meros qilib qoldirish to'g'risidagi shartnoma olinadi.

2-bosqich: Yuqorida aytilgan hujjatlar olingandan so'ng Davlat xizmatlari markazlari yoki yagona interaktiv davlat xizmatlari partali orqali kadastr pasportini shakllantirish uchun ariza beriladi.

3-bosqich: Kadastr pasportini olgandan so'ng bir oy muddatda Davlat xizmatlari markazi yoki yagona interaktiv davlat xizmatlari partali orqali bino inshootini Davlat ro'yxatidan o'tkazish uchun ariza beriladi.

🔗Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring!

Telegram Instagram Facebook Youtube