Namangan shahridagi Prezident maktabi
1.76K subscribers
11.7K photos
846 videos
31 files
3.47K links
Namangan shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari

nampm.uz
fb.com/nampmuz
instagram.com/nampmuz
twitter.com/nampmuz
YouTube: bit.ly/nampmuz
Download Telegram
#Tadqiqot
#UNESCO

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan UNESCO tashkiloti bilan hamkorlikda o'qituvchilar malakasini oshirish bo'yicha tadqiqot sinovlari tashkil etilmoqda.

Mazkur tadqiqotlar “O‘zbekistonda o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatlarini oshirish bo‘yicha yondashuvlarni moslashtirish va ommalashtirish” loyihasi doirasida tashkil etilgan.

📍Unda Nukus, Namangan, Xiva va Toshkent shaharlaridagi Prezident va ijod maktablarining trenerlikka salohiyati bor 64 nafar o'qituvchisi ishtirok etmoqda.

✔️Mazkur tadqiqot ishlari so'nggi 2 yilda COVID-19 bilan bog'liq vaziyat sababli ta'lim va o'qitish tizimida ro'y bergan o'zgarishlar, pedagog-kadrlarning kasbiy rivojlanishdagi ehtiyojlari va muammolarni o'rganishga qaratilgan.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Xorijiy_hamkorlik
#UNESCO
#Turkiya

🔴 Prezident ta'lim muassasalari agentligi delegatsiyasi Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘lib o‘tayotgan konferensiyada ishtirok etishmoqda.

Konferensiyada, shuningdek UNESCOning O'zbekistondagi vakolatxonasi, Abdulla Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti vakillari ham qatnashishmoqda.

Tadbir o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatlarini oshirish bo’yicha yondashuvlarni moslashtirish va ommalashtirish global tadqiqot loyihasi doirasida tashkil etilgan bo'lib, unda oxirgi yillarda o'qituvchilarning sifatli malaka oshirish yondashuvlari tadqiqoti natijalari mukohama qilinmoqda.

Mazkur konferensiya doirasida:

▶️ "O‘qituvchilarning kasbiy malakasini oshirish bo‘yicha yondashuvlarni moslashtirish va ommalashtirish"ning TDP@Scale loyihasi doirasida mazkur mamlakatlarda amalga oshirilgan tadqiqot natijalari bilan o‘rtoqlashish,

▶️AKT vositalari yordamida malaka oshirish jarayoni tashkil etish va takomillashtirish bo‘yicha o‘zaro fikr va tajriba almashish ko'zda tutilgan.

Ma'lumot uchun, TDP@Scale loyihasi Prezident ta'lim muassasalari agentligi, UNESCOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi, Аbdulla Avloniy nomidagi ilmiy-tadqiqot instituti hamda GPE KIX (Ta'lim sohasidagi bilimlar va innovatsion almashuv bo‘yicha global hamkorlik) tashkiloti bilan hamkorlikda amalga oshirilmoqda.

📆Konferensiya 26-30-sentabr kunlari bo’lib o’tadi.

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik
#UNESCO

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova UNESCO tashkilotining Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi bilan uchrashdi.

Unda UNESCO bilan ta'lim sohasida yo'lga qo'yilgan hamkorlik masalalari hamda istiqboldagi rejalar haqida so'z bordi.

❗️Sara Noshadi O'zbekistonda sifatli ta'limni yo'lga qo'yishda amalga oshirilayotgan ishlarni alohida e'tirof etdi.

Shuningdek, tomonlar uchrashuv doirasida:

▶️ O'qituvchilar malakasini oshirish,
▶️ baholash tizimi,
▶️ inklyuziv ta'lim sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilishdi.

✔️Muzokaralar natijasida UNESCO tomonidan yuqoridagi yo‘nalishlarda vazirlikning rivojlanish strategiyasi tamoyillari doirasida hamkorlik qilish bo‘yicha istak bildirildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram