Namangan shahridagi Prezident maktabi
1.83K subscribers
12.1K photos
858 videos
32 files
3.55K links
Namangan shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari

nampm.uz
fb.com/nampmuz
instagram.com/nampmuz
twitter.com/nampmuz
YouTube: bit.ly/nampmuz
Download Telegram
O`tkir Hoshimov. Sirli yulduz.

O`zbekiston xalq yozuvchisi O`tkir Hoshimov asarlari adabiyotimiz xazinasidan munosib o`rin egallagan. Adibning meros qolgan asarlari bugungi kunda ham qayta - qayta nashr etilmoqda. Buning sababi, yozuvchining har bir asarida tasvirlangan voqealarning hayotiyligi, yuragimizga yaqinligida. Ushbu to`plamdan adaibning "Sirli yulduz" va "Bahor qaytmaydi" qissalari o`rin olgan.

#Prezidentmaktabikutubxonasifondidamavjud
#kitoblarOtkirHoshimovSirliyulduz

⬇️ Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy telegram kanali:
t.iss.one/nampmuz
M.Yu.Lermontov. Zamonamiz qahramoni.

Mixail Lermontov
ning «Zamonamiz qahramoni» qissasi o‘quvchini haqiqatda o‘ylatadi. Asar insoniy munosabatlar – do‘stlik, muhabbat, sadoqat va xiyonat, axloq qoidalari ustiga qurilgan. Bosh qahramon – Zamonamiz qahramoni, ya’ni Pechorin ijobiy obraz emas, ammo uning aniq bir hislatini odamiylikdan mutlaqo yiroq, deb baholashimiz ham o‘rinli emas. Zamonamiz qahramoni – yozuvchining o‘zi e’tirof etganidek, odamlarni qusurdan davolash uchun zarur bo‘ladigan «achchiq dori, o‘tkir haqiqat». Pechorin bizning oramizda, bir havodan nafas olayotgan tanishimiz yoki qo‘shnimiz. Uning illatini oshirib, muqarrar jazoga ro‘para qilish insoniylikka qanchalik xos? «Dardning qanday dard ekanligini ko‘rsatib berishning o‘zi kifoya, uni qanday davolashni Xudo biladi».

#Prezidentmaktabikutubxonasifondidamavjud
#kitoblarMYuLermontovZamonamizqahramoni

⬇️ Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy telegram kanali:
t.iss.one/nampmuz
Hasan Aziz. Otamning rivoyatlari.

Ushbu kitob o`tmishdan bizga meros bo`lib qolgan hikmatlargina emas, balki muallif hayotni kuzatish jarayonida ilg`agan ibratli voqea- hikoyalar hamdir.Ushbu kitob ruhan yuksalish va poklanishga chorlaydi, mukammallikka yetaklaydi.

#Prezidentmaktabikutubxonasifondidamavjud
#kitoblarHasanAzizOtamningrivoyatlari

⬇️Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy telegram kanali:
t.iss.one/nampmuz
Ulug`bek Hamdam. Isyon va itoat.

Yozuvchining ushbu kitobiga "Isyon va itoat", "Na`matak" romanlari va o`ttizga yaqin hikoyalari jamlangan. "Isyon va itoat" romani rus tiliga tarjima qilingan va rusiyzabon o`quvchilar tomonidan F.Dostoeviskiy, L.Tolstoy, A.Kamyular darajasidagi adib asari, deya e`tirof etilgan. Ushbu kitob sizga so`zsiz, manzur bo`ladi.

#Prezidentmaktabikutubxonasifondidamavjud
#kitoblarUlugbekHamdamIsyonvaitoat

⬇️ Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy telegram kanali:
t.iss.one/nampmuz
📚 Mark Tven: "Tom Soyerning boshidan kechirganlari"

Adib mazkur asarida yosh, o‘ta qiziqqon va sho‘x, chigal to‘siqlardan ham qiynalmay o‘ta oladigan, og‘ir va murakkab sharoitlarda ham o‘zini tuta biladigan, uddaburon bola Tom Soyer haqida hikoya qiladi. Tomning o‘ta makkor va firibgar hindi Joning iziga tushishi va undan qo‘rqmasligi, g‘ayritabiiy hayollar olamida yurishi butun shaharcha ahlini, hatto Tomning do‘stlarini ham hayratga soladi. Doimo unga nisbatan salbiy munosabatda bo‘lgan ustozi ham, uning sho‘xliklarini
tanqid ostiga oladigan Polli xola ham oxir-oqibat Tomdagi jasoratga qoyil qoladilar.

#Prezidentmaktabikutubxonasifondidamavjud
#kitoblarMarkTvenTomsoyerningboshidankechirganlari

⬇️ Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy telegram kanali:
t.iss.one/nampmuz
Robert Luis Stivinson. Xazinalar oroli.

Mashhur adibning ushbu kitobidan "Admiral Benboy" qovoqxonasidagi voqealar, Jim Xokins degan bolaning hayoti, uning skvayr Treloni va doktor Livsi bilan birgalikda sirli "Xazinalar oroli" ga borgani, u yerdagi boyliklarni qanday topganlari, qaroqchilar to`dasi bilan qanday jang qilganlari va boshqa juda ko`p qiziqarli sarguzashtlar haqida bilib olasiz.

#Prezidentmaktabikutubxonasifondidamavjud
#kitoblarRobertLuisStivinsonXazinalaroroli

⬇️ Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy telegram kanali:
t.iss.one/nampmuz
Lev Tolstoy. Tirilish.

Rus adibi Lev Tolstoyning "Tirilish "asari- jahon adabiyotining o`lmas durdonalaridan biri hisoblanadi. Ushbu asar hayotda bo`lib o`tgan oddiy voqea- bir sud jarayoni asosida yaratilgan bu asarda adaib ijtimoiy adolatsizlikka asoslangan jamiyatning ichki, ma`naviy asoslarini ochib tashlaydi. Ushbu kitob o`zbek tiliga ilk bor 1980 yilda chop etilgan.

#Prezidentmaktabikutubxonasifondidamavjud
#kitoblarLevTolstoyTirilish

⬇️ Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy telegram kanali:
t.iss.one/nampmuz
📚 "Qadimgi zamon zamindorlari"
✍️ Nikolay Gogol
📜 Stepanshoh zamonida ikki botir yashagan edi. Ivan bilan Petro. Ular qiyomatli do‘st tutinib, bir mayiz topsalar ikkiga boiishga ahd qiladilar. Stepanshoh turklarga qarshi urush boshlab, kimki turk podshosini tutib kelsa, barcha askarimning maoshini beraman, deb jar chaqirtiradi. Ikki do‘st dushman podshosini tutib keltirishga ahd qiladilar. Lekin...
Aziz kitobxon! Ushbu to‘plamdan o‘rin olgan qiziqarli qissalar sizga manzur bo'ladi, degan umiddamiz.

#Prezidentmaktabikutubxonasifondidamavjud
#kitoblarNikolayGogolQadimgizamonzamindorlari

⬇️ Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy telegram kanali:
t.iss.one/nampmuz
📚"Penelopaning kundaligi"
✍️ Varnalis Kostas
📜
Penelopa-qadimiy mifologik adabiyotda oilaviy sadoqat va ishonch ramzi sanaladi. Asar qahramoni turmush o'rtog'i va Itaka shohi Odisseyni uzoq safarga kuzatgandan keyin qayg'uga botadi. Bu safar qanday tugaydi? Odissey va uning hamrohlari sog'-salomat qaytadilarmi? Qo'lida chaqalog'i bilan yolg'iz qolgan ayol kundalik voqealarni yozib olishni odat qiladi. Malikaning kundaliklari asosida yaratilgan ushbu asar sizga manzur bo'ladi, degan umiddamiz.

#Prezidentmaktabikutubxonasifondidamavjud
#kitoblarKostasVarnalisPenelopaningkundaligi

⬇️ Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy telegram kanali:
t.iss.one/nampmuz
📚 Odil Yoqubov: "Ko'hna dunyo"

Odil Yoqubovning ushbu asari 1982-yilda yozilgan. Oradan o‘ttiz uch yil o‘tib, uni qayta nashr etishimizdan maqsad – ulug‘ allomalarimiz Al-Beruniy hamda Ibn Sino hayoti va faoliyatini bugungi kun o‘quvchisiga tanishtirish, ulardan hayotiy va ma’naviy saboq olishga qaratilgan.

#Prezidentmaktabikutubxonasifondidamavjud
#kitoblarOdilYoqubovKuhnadunyo

⬇️ Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy telegram kanali:
t.iss.one/nampmuz
📚 Ruhlar isyoni
✍️ Erkin Vohidov
📜
Shoir Erkin Vohidovning "Ruhlar isyoni" dostoni xalqparvar bengal shoiri Nazrul Islom hayotiga bag‘ishlanadi. Nazrul Islom sheʼriyati yigirmanchi asrning erkparvarlik, insonparvarlik g‘oyalari bilan to‘liq. Nazrul Islom do‘stlik va hurriyatni yonib kuyladi. Doston Nazrul Islomning fojiali qismatini yorqin gavdalantiradi.

#Prezidentmaktabikutubxonasifondidamavjud
#kitoblarErkinVohidovRuhlarisyoni

⬇️ Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy telegram kanali:
t.iss.one/nampmuz
📚Mirkarim Osim: "Aljabirning tug‘ilishi"

Mazkur kitob tariхchi-yozuvchi Mirkarim Osimning eng mashhur ikki asaridan tarkib topgan. «Aljabrning tug‘ilishi» va «Karvon yo‘llarida» deb nomlangan har ikkala asar bugungi davr o‘quvchisi o‘qishi shart bo‘lgan kitoblar sirasiga kiradi. Millatimizning buyuk dahosi bo‘lmish al-Хorazmiy haqidagi afsona va rivoyatlarga asoslangan «Aljabrning tug‘ilishi» qissasi o‘quvchining ham tariхiy, ham ma’naviy bilimini boyitadi. Unda nafaqat buyuk olimning ilmiy faoliyati, balki davrga hos ijtimoiy va siyosiy voqealar, umuminsoniy fazilatlar, tuyg‘ular o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar jonli va rangli tasvirlarda ifodalanadi.

#Prezidentmaktabikutubxonasifondidamavjud
#kitoblarMirkarimOsimAljabrningtugilishi

⬇️ Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy telegram kanali:
t.iss.one/nampmuz
#namps_books

📚Mirkarim Osim: "Aljabirning tug‘ilishi"

Mazkur kitob tariхchi-yozuvchi Mirkarim Osimning eng mashhur ikki asaridan tarkib topgan. «Aljabrning tug‘ilishi» va «Karvon yo‘llarida» deb nomlangan har ikkala asar bugungi davr o‘quvchisi o‘qishi shart bo‘lgan kitoblar sirasiga kiradi. Millatimizning buyuk dahosi bo‘lmish al-Хorazmiy haqidagi afsona va rivoyatlarga asoslangan «Aljabrning tug‘ilishi» qissasi o‘quvchining ham tariхiy, ham ma’naviy bilimini boyitadi. Unda nafaqat buyuk olimning ilmiy faoliyati, balki davrga хos ijtimoiy va siyosiy voqealar, umuminsoniy fazilatlar, tuyg‘ular o‘rtasidagi qarama-qarshiliklar jonli va rangli tasvirlarda ifodalanadi.

#Prezidentmaktabikutubxonasifondidamavjud
#kitoblarMirkarimOsimAljabrningtugilishi

⬇️Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy telegram kanali:
t.iss.one/nampmuz
#namps_books

"Daholar davrasida"
✍️ Hamidjon Homidiy
📜
Aziz o ‘quvchi! Ilmiy, badiiy lavhalardan tarkib topgan ushbu kitobda ko'hna mashriqzamindagi ko ‘plab buyuk allomalarning mashaqqatli hayot yo'llari tasvirlangan, ilmiy, badiiy ijodlari teran tahlil qilingan. Biz fikr yuritgan allomalar qaysi xalq farzandi bo'masin, ularning ibratli hayot yo'li, boqiy ruhi, bebaho ijodiy merosi barcha qavm va avlodlar uchun hamisha mo‘tabar va ardoqlidir.

#Prezidentmaktabikutubxonasifondidamavjud
#kitoblarHamidjonHomidiyDaholardavrasida

⬇️Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
t.iss.one/nampmuz
fb.com/nampmuz
instagram.com/nampmuz
twitter.com/nampmuz
YouTube: bit.ly/nampmuz
#namps_books

📚 "Samolyotdagi o‘g‘irlik"
✍️ Robert Fish
📜
Hikoyalar hajman kichkina bo‘lsa-da, ularda katta voqealar, haqiqatlar aks etadi. Ularning mag‘zini chaqa olgan kitobxon esa oldin tushunib yetmagan narsalarni anglay boshlaydi.
Ushbu hikoyalar to‘plami ham jahon adiblarining ana shunday sara ijod namunalaridan tashkil topgan.

#Prezidentmaktabikutubxonasifondidamavjud
#kitoblarRobertFishtSamolyotdagiogirlik

⬇️Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
t.iss.one/nampmuz
fb.com/nampmuz
instagram.com/nampmuz
twitter.com/nampmuz
YouTube: bit.ly/nampmuz
#namps_books

📚 "Spitamen"
✍️ Maqsud Qoriyev

📜 Dunyoni zabt etish hayoli bilan qo'liga qurol olib, qator mamlakatlarni egallagan Makedoniyalik Iskandar Sug'diyonaga qo'shin tortadi. Erkparvar sug'd sarkardasi Spitamen xalqni bosqinchilarga qarshi kurashga boshlaydi. Yengilmas hisoblangan muntazam qo'shinlar ular bilan to'qnashuvda ko'p kuchini yo'qotadi. Natijada Iskandarning dunyoni egallash rejasi buziladi. Asarda o'zgalar yurtiga bostirib kelgan har qanday bosqinchi shunday zarbaga uchrashi qiziqarli voqealarda tasvir qilingan.
#Prezidentmaktabikutubxonasifondidamavjud
#kitoblarMaqsudQoriyevSpetamen

⬇️Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
t.iss.one/nampmuz
fb.com/nampmuz
instagram.com/nampmuz
twitter.com/nampmuz
YouTube: bit.ly/nampmuz
#namps_books

📚 "Uch og'ayni"
✍️ Erix Mariya Remark
📜 «Uch og‘ayni» romani rus tilida birinchi marta chop etilishi bilanoq katta shov-shuvga sabab bo‘ldi, kitob ketma-ket millionlab nusxada nashr etildi. Shunda ham talabni qondirib bo‘lmadi. Odamlar romanni bir-birlaridan so‘rab olib o‘qishga kirishdilar. Kutilmaganda rasmiy doiralar, kommunistik mafkura himoyachilarining paytavasiga qurt tushib qoldi. Ular Remarkni g‘oyasizlikda ayblab, uning ijodiga shiddat bilan tosh ota boshladilar. Hatto «remarkchilik» degan mashʼum atama ham paydo bo‘ldi. Bu sharpa O‘zbekistonga ham yetib keldi.

#Prezidentmaktabikutubxonasifondidamavjud
#kitoblarErixMariyaRemarkUchogayni

⬇️Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
t.iss.one/nampmuz
fb.com/nampmuz
instagram.com/nampmuz
twitter.com/nampmuz
YouTube: bit.ly/nampmuz
#namps_books

📚 "Alvido, Qurol"
✍️ Ernest Xeminguey
📜 Dunyo miqyosida mashhur adib, «Nobel» mukofoti sovrindori Ernest Xemingueyning «Alvido, Qurol» romani undagi qahramonlarning fikr-xayollari, kechmishlari orqali urushning insoniyat boshiga solgan mudhish kulfatlari haqida o‘ylashga, tinchlikning qadriga yetishga chorlaydi. Aziz kitobxon, serqirra ijodkorning millionlab nusxalarda chop etilgan asarlarini mutolaa qilishga shoshiling.

#Prezidentmaktabikutubxonasifondidamavjud
#kitoblarErnestHemengueyAlvidoqurol
#namps_books

"Sinchalak"
✍️ Abdulla Qahhor
📜 „Sinchalak“ — o'zbek yozuvchisi Abdulla Qahhor qalamiga mansub qissa. Muallif bu qissani 1958-yilda yozgan. Qissa shu kungacha bir necha marta nashr qilingan. Qissa oʻquvchilar hamda tanqidchilar tomonidan yaxshi kutib olingan. Asarni Konstantin Simonov rus tiliga, Rosen Trinkov bolgar tiliga tarjima qilgan.
Asar Saida ismli oʻzi kichkina, nimjon boʻlsa ham osmonni koʻtargulik quvvati, gʻayrati bor“ qiz haqidadir. Adabiyotshunos Ozod Sharafiddinovning yozishicha, Abdulla Qahhor „Saida obrazida hozirgi ilgʻor o'zbek ayollarining xarakterli, tipik sifatlarini umumlashtiradi“.

#Prezidentmaktabikutubxonasifondidamavjud
#kitoblarAbdullaQahhorCinchalak
#namps_books

📚 "Qor qo'ynida lola"
✍️ Abdulhamid Cho'lpon
📜
Abdulhamid Sulaymon o‘gli Cho‘lponning adabiyotimizda tutgan o‘rni beqiyos. Uning „Kecha va kunduz" romani, betakror she’rlari, rus va jahon adabiyotidan qilgan tarjimalari hanuzgacha sevib mutolaa qilinadi.
Qo'lingizdagi kitob Cho'lponning hikoyalari, adib tomonidan o‘zbek tiliga o‘girilgan asarlardan saralandi.

#Prezidentmaktabikutubxonasifondidamavjud
#kitoblarAbdulhamidSholponQorqoynidalola