Namangan shahridagi Prezident maktabi
1.83K subscribers
12.1K photos
858 videos
32 files
3.55K links
Namangan shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari

nampm.uz
fb.com/nampmuz
instagram.com/nampmuz
twitter.com/nampmuz
YouTube: bit.ly/nampmuz
Download Telegram
Bahriddin Tilapov. Olmoslik olimlar.
Mazkur kitobda Olmos qishlog`ida tug`ilib, voyaga yetgan va hozirda yetakchi ilmiy va oliy ta`lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan qator olimlarning hayoti va ilmiy faoliyati haqida so`z boradi. #Prezidentmaktabikutubxonasifondamavjud #kitoblarOlmoslikolimlar
Abdulaziz Mansur, Sabohat Bozorova.
1001mavzuda 1001 hadis.
Olamlarga rahmat sifatida yuborilgan Payg`ambarimiz Muhammad alayhissalomning muborak so`zlari, axloq-odoblari sog`lom turmush tarzi uchun dasturulamaldir. Ushbu kitobda ana shu bebaho ma`naviy javohirlar jamlangan. Hadislarga berilgan muxtasar izohlar, to`plamning mazmun - mohiyatini yanada boyitgan. #Prezidentmaktabikutubxonasifondamavjud #kitoblar1001mavzuda1001hadis
Farzandnoma"

Inson javhari qobildir, agar yaxshi tarbiya topib, buzuq xulqlardan saqlanib, go'zal xulqlarga odatlanib katta bo'lsa, har kim qoshida maqbul, baxtiyor bir inson bo'lib chiqar...

Haqiqiy ibodatning manbai halol luqmadir...

Yaxshilik qilgan yiqilmaydi, yiqilsa turg'izadigan topiladi...

Insonlarni ularning yomon hislatlariga qarab muomala qilish ulardagi barcha hislatlarni o'ziga jamlash bilan tengdir... #Prezidentmaktabikutubxonasifondamavjud #kitoblarOMahmudovFarzandnoma
Akmal Saidov. G`alaba bog`i falsafasi.
Ushbu kitob sizga Millat sardori tashabbusi va g`oyasi asosida bunyod etilgan "G`alaba bog`i" yodgorlik majmuasi bo`ylab virtual, ya`ni g`oyibona sayr etish imkonini beradi. Mutolaa asnosida bog`ning yaratilish tarixi, mazmun - mohiyati va ahamiyati haqidagi muhim fikr va mushohadalar bilan tanishasiz. #Prezidentmaktabikutubxonasifondamavjud #kitoblarAkmalSaidovGalababogifalsafasi
O`zbekiston ikkinchi jahon urushi davrida.
Ushbu kitob - albomni tayyorlashda hamkorlik qilgan vazirlik va idoralar, muzey va arxivlar, olimlar va mutaxassislar, urush qatnashchilari va ularning oilalaridagi faktlar, xatlar, rasmlar va turli hil o`sha davrda chop etilgan matbuot nashrlaridan, Rossiya Federatsiyasining Mudofaa vazirligi Markaziy arxivi tarixiy hujjatlaridan foydalanib nashr etilgan. #Prezidentmaktabikutubxonasifondamavjud #kitoblarOzbekistonikkinchijahonurushidavrida
Eldor Tulyakov. Yuksak marralarga erishishda to`rt yillik natijalar.
Mazkur to`plamda Siz Harakatlar strategiyasi doirasida 4 yil davomomida amalga oshirilgan chora - tadbirlar natijasida kuzatilgan muhim ijtimoiy- siyosiy va ijtimoiy - iqtisodiy o`zgarishlarni raqamlardagi qiyosiy ifodasi bilan tanishasiz. #Prezidentmaktabikutubxonasifondamavjud #kitoblarTortyilliknatijalar
Niyatullo Meliqulov. Bo`zatov ilhomlari.
Ushbu kitobdan o`rin olgan ijodiy ishlar "Bo`zatov she`riyat kunlari" festivali doirasida Respublikamizning barcha hududlaridan tashrif buyurgan yosh ijodkorlar ijodi hamda atoqli adiblarimiz nomi bilan ataluvchi ijod maktablarida tahsil olayotgan iste`dodli o`quvchilar ijodidan namunalar to`plandi. #Prezidentmaktabikutubxonasifondamavjud #kitoblarNiyatulloMeliqulovBozatovilhomlari
Adolat tarozisi: hukmdorlar haqida rivoyatlar

Ushbu to‘plam Iskandar Zulqarnayn, Anushervoni odil, Xisrav Parvez, Horun ar-Rashid, Mahmud G‘aznaviy, Amir Temur kabi jahoniy shuhratga ega saltanat sohiblari, Buzurgmehr, Jaʼfar Barmakiydek donishmand vazirlar,
baʼzi hokimu amirlar to‘g‘risidagi ibratli hikoyat va rivoyatlar asosida tuzilgan.#Prezidentmaktabikutubxonasifondamavjud #kitoblarAdolattarozisi
To‘plamda jahonga mashhur yozuvchi, Nobel mukofoti sovrindori Gabriel Garsia Markesning eng yaxshi hikoyalari jamlangan. Bu hikoyalarda adibning fusunkor realizmi mukammal darajaga ko‘tarilgan. Hikoyalar sayqallangan uslubi, shaklan mukammalligi va muallif g‘oyasining nihoyatda aniq ifodalanishi bilan o‘quvchini hayratga soladi.#Prezidentmaktabikutubxonasifondamavjud #kitoblarGGMarkesUlugonaningjanozasi
📚 G‘aroyib taqdirlar: hikoyalar

Mazkur to‘plamda jahon adabiyoti vakillarining turli o‘tmishu taqdirlar, turfa feʼl-atvorli kishilar hayoti aks etgan ajoyib hikoyalari jamlangan.#Prezidentmaktabikutubxonasifondamavjud #kitoblarGaroyibtaqdirlar
A.P.Chexov. Oltinchi palata.
Adib ushbu kitobga muhabbat, oila muqaddasligi, yovuzlik va ezgulik tuyg`ulariga yo`g`rilgan qissalarida inson qalbining nozik tebranishlarini, qahramonlar hayotini zo`r mahorat bilan aks ettirgan. #Prezidentmaktabikutubxonasifondamavjud #kitoblarAPChexovOltinchipalata
Shavkat Mirziyoyev.Yangi O`zbekiston demokratik o`zgarishlar, keng imkoniyatlar va amaliy ishlar mamlakatiga aylanmoqda.
Ushbu kitobga Muhtaram Prezidentimizning Keyingi besh yil davomida mamlakatimizda keng miqyosda amalga oshirilgan ishlar haqida "Yangi O`zbekiston" gazetasi bosh muxarriri Salim Doniyorovning savollariga javoblari kiritilgan #Prezidentmaktabikutubxonasifondamavjud #kitoblarShMirziyoyevYangiOzbekiston
O`zbekiston Respublikasining Qizil Kitobi 1-qism O`simliklar, 2-qism Hayvonlar.
Ushbu 1-chi kitobda o`simliklar olamining kamyob, yo`qolib ketish xavfi bo`lgan turlari to`g`risida, 2-ch kitobda esa hayvonot olamining noyob turlari haqida ma`lumotlar berilgan. #Prezidentmaktabikutubxonasifondamavjud #kitoblarOzbekistonRespublikasiQizilkitobi12qismlar
📚 Dundar Alp: "Sharqning eng buyuk hukumdori Temur"

Insoniyat tarixida buyuk sarkarda va jahongir sifatida iz qoldirgan ajdodimiz Amir Temur haqida yozilgan har bir ilmiy yoki badiiy asar bugungi kishilar uchun ibratlidir. 1912 yilda Istanbulda nashr etilgan bu roman Temur mavzusida turkchada va umuman turkiy tillarda yaratilgan ilk romandir. Unda yosh Temurning jo‘shqinligi, insonparvarligi va bag‘rikengligi, har bir ishni aql tarozisida o‘lchab ish yuritgani bois o‘sha davrning eng suyukli va buyuk xoqoniga aylangani sodda va ravon usulda ko‘rsatib berilgan.#Prezidentmaktabikutubxonasifondamavjud #kitoblarDundarAlisharqningengbuyukhukmdori