Namangan shahridagi Prezident maktabi
1.65K subscribers
10.5K photos
799 videos
30 files
3.26K links
Namangan shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari

nampm.uz
fb.com/nampmuz
instagram.com/nampmuz
twitter.com/nampmuz
YouTube: bit.ly/nampmuz
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Direktorlar_kengashi
#Seminar_trening
#Namangan_viloyati

📹
Namangan viloyati Direktorlar kengashi tomonidan umumta'lim maktablari direktorlari, ma'naviy-ma'rifiy hamda o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlari uchun tashkil etilgan seminar-trening jarayonlaridan videolavha
#direktorlar_kengashi
#seminar_trening
#Namangan_viloyati

⚡️ Namangan viloyati Direktorlar kengashining bu galgi manzili To'raqo'rg'on tumani bo'ldi.

Kengash a'zolari tomonidan tumandagi umumta'lim maktablarining direktor, ma'naviy-marifiy hamda o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlari uchun "Zamonaviy rahbar va maktab ta’limida samarali boshqaruv" shiori ostida seminar-trening o‘tkazildi.

Mazkur seminar-treninglardan asosiy maqsad, ta’lim va tarbiya sifatini oshirish, jamoada sog‘lom muhitni shakllantirish shuningdek, formativ va summativ baholash shakllarini tatbiq etish, liderlik qobiliyatlarini shakllantirishdan iborat.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Eco_school
#Namangan

🌱Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, “Zamin” xalqaro jamoat fondi tomonidan 2024-yil 6-maydan 17-may kunigacha respublikamizdagi barcha viloyatlarda “Iqlim o‘zgarishi muammolari haqida bolalarning xabardorligini yanada oshirish” mavzusida bir kunlik ta’lim oromgohlari tashkil etilmoqda.

🗓Namangan viloyati yoshlari uchun tashkil etilgan oromgohda Namangan shahridagi Prezident maktabi eko-faollari ham ishtirok etdilar va o'z tashabbus va takliflarini ilgari surdilar.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube
#STEM_olimpiadasi
#Namangan_viloyati

STEM OLIMPIADASINING AGENTLIK BOSQICHI

Namangan shahridagi Prezident maktabida Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilari o‘rtasida STEM fan olimpiadasining Agentlik bosqichi o‘tkazilmoqda.

Ayni paytda Fizika, Matematika, Informatika, Biologiya, Science hamda Kimyo fanlari bo‘yicha yozma ish jarayonlari davom etmoqda.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube
#imtihon_2024
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar
#Namangan_viloyati

⚡️Ayni paytda Namangan viloyatidagi 13 ta ixtisoslashtirilgan maktab va maktab internatlariga kirish imtihonlari "Barkamol avlod" sport majmuasi hamda Bilim va malaklarni baholash agentligi binosida yuqori saviyada, adolatli va shaffof tarzda o'tkazilmoqda.

📝 Imtihonlar
Aniq fanlar yo‘nalishi uchun (5-sinflar):
matematika fanidan 30 ta topshiriq (test shaklida)
ingliz tili fanidan 15 ta topshiriq (test shaklida)
tashkil etilgan.

Talabgorlarga topshiriqlarni bajarish uchun 90 daqiqa vaqt beriladi.

Imtihon jarayonlarini test2024.uz platformasi orqali onlayn kuzatishingiz mumkin.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube
#imtihon_2024
#Prezident_maktablari
#Namangan_viloyati

⚡️PREZIDENT MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARINING BIRINCHI BOSQICHI


⚡️ Ayni paytda Agentlik tizimidagi 14 ta Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

Imtihon jarayonlarini test2024.uz platformasi orqali onlayn kuzatishingiz mumkin.

📝 Ma’lumot uchun, Prezident maktablariga kirish imtihonlarining birinchi bosqichida matematika fanidan 30 ta topshiriq  (test shaklida) beriladi.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube
#imtihon_2024
#tayanch_ixtisoslashtirilgan_maktablar
#Namangan_viloyati

⚡️ TAYANCH IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLARIGA KIRISH IMTIHONLARINING 1-SMENASI BO‘LIB O‘TDI

Ma'lumot uchun:

📍Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga:
5-sinflar uchun matematikadan 30 ta topshiriq (shundan 10 tasi mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan), ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq test shaklida;

📍Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga:
7-sinflar uchun tabiiy (science) fandan 30 ta topshiriq va ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq test shaklida;

📍Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabiga:
7-sinflar uchun matematikadan 30 ta topshiriq (shundan 10 tasi mantiqiy fikrlashga yo‘naltirilgan), ingliz tilidan 15 ta topshiriq, jami 45 ta topshiriq test shaklida o‘tkaziladi.

Jarayonlarini test2024.uz platformasi orqali onlayn kuzatishingiz mumkin.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube
#imtihon_2024
#ijod_maktablar
#Namangan_viloyati

✔️ Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Is'hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabiga kirish imtihonlarining 3-bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Ma'lumot uchun, 3-bosqich imtihonlari chet tilidan 20 ta, ona-tili va adabiyoti fanidan 15 ta hamda intelektual qobiliyat darajasi (IQ) bo‘yicha 15 ta test topshiriqlari shaklida o‘tkazildi.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube
#Namangan_PM
#Al_Xorazmiy_avlodlari

Namanganda "Kibermadaniyatni yuksaltirish" oyligi o‘tkazildi.

“Cyber month Namangan” kompleks targ‘ibot – tashviqot tadbirlari doirasida umumta’lim maktablarining 7-11-sinf o’quvchilari o’rtasida "Al-Xorazmiy avlodlari" onlayn IT olimpiadasining 2-yakuniy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Unda Namangan shahridagi Prezident maktabi o‘quvchisi Nigina Abdubannoyeva 2-o‘rinni qo‘lga kiritib tashkilotchilar tomonidan taqdirlandi.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube
#SAT
#Namangan

⚡️Namangan shahridagi Prezident maktabida xalqaro SAT imtihoni boʻlib oʻtdi.

🗣Ma’lumot uchun, SAT sertifikati xalqaro miqyosda tan olingan bo‘lib, dunyoning nufuzli universitetlariga o‘qishga kirish va grantlar yutib olishning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi.

SAT (Scholastic Aptitude Test) akademik baholash testi bo‘lib, 1926-yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda. Baholash mezoni 400-1600 ball shkalasida bo‘ladi.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube
#ona_tilim_faxrim
#Namangan_Prezident_maktabi

⚡️ Namangan shahridagi Prezident maktabida 21-oktyabr - O'zbek tili bayrami munosabati bilan badiiy-ma'rifiy tadbir tashkil etildi.

Bayramda Prezident maktabi o'quvchilari o'zbek tili tarixi, uning jahon hamjamiyatidagi o'rni va nufuzini yuksaltirish, millat hayotida ona tilining ahamiyati va buyuk ajdodlarimizning tilimiz taraqqiyotiga qo'shgan ulkan hissasini she'riy, musiqiy va badiiy chiqishlar, sahna ko‘rinishlari orqali ifoda etdilar.

♻️Dasturda maktab jamoasi bilan birga xorijlik mehmonlar, hamkor tashkilotlar va ota-onalar ham ishtirok etdilar.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube
#SAT
#Namangan

⚡️Namangan shahridagi Prezident maktabida xalqaro SAT imtihoni boʻlib oʻtdi.

🗣Ma’lumot uchun, SAT sertifikati xalqaro miqyosda tan olingan bo‘lib, dunyoning nufuzli universitetlariga o‘qishga kirish va grantlar yutib olishning asosiy mezonlaridan biri hisoblanadi.

SAT (Scholastic Aptitude Test) akademik baholash testi bo‘lib, 1926-yildan buyon o‘tkazib kelinmoqda. Baholash mezoni 400-1600 ball shkalasida bo‘ladi.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube
#seminar_trening
#Namangan_viloyati

Namangan shahridagi Prezident maktabi hamda Namangan viloyati direktorlar kengashi hamkorligida "Zamonaviy maktablar boshqaruvi: Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablar misolida" mavzusida Chortoq tumanidagi umumta'lim maktablari direktorlari hamda ularning o‘rinbosarlari uchun seminar trening tashkil etildi.

♻️Trening Kengash a'zolari hamda Prezident maktabining mahalliy va xorijiy o‘qituvchilari tomonidan olib borildi.

📌Mazkur seminar-treningdan ko'zlangan asosiy maqsad - yuqori sifatli ta'limga erishish, ta’lim va tarbiya uyg'unligini kuchaytirish, jamoada sog‘lom muhitni shakllantirish, shuningdek, formativ va summativ baholash shakllarini tatbiq etish, liderlik qobiliyatlarini shakllantirishdan iborat.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube
#Saylov_SU
#vakillar_taqdimoti
#Namangan_PM

📌Namangan shahridagi Prezident maktabida SU - Student Union ("O'quvchilar ittifoqi") ning maktab Prezidentligi uchun saylov jarayonlari bo‘lib o‘tmoqda.

📋Dastlab nomzodlarning saylovoldi dasturlari va ularning shaxsiy yutuqlari aks etgan posterlar maktab jamoasiga havola etildi.

🎙Shundan so‘ng nomzodlarning maxsus vakillari- ambasadorlari tomonidan ularning shaxsiy fazilatlari, liderlik qobiliyati, maktab faoliyati va o‘quvchilar farovonligiga ta'siri yuzasidan nutq taqdimoti o‘tkazildi.

🗒Jarayonlar davom etmoqda.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube
#konstitutsiya_adolat_tantanasi
#Namangan_PM

🎊Namangan shahridagi Prezident maktabida 8-dekabr O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi munosabati bilan "Konstitutsiya - adolat tantanasi" shiori ostida badiiy-ma'rifiy tadbir o‘tkazildi.

⚡️Tadbirda o'quvchilar tomonidan vatanni madh etuvchi kuy-qo'shiqlar, musiqiy ijrolar, she'r va konstitutsiya moddalari yoritilgan sahna ko'rinishlari namoyish etildi.

Bayram munosabati bilan fan olimpiadalari va tanlovlarda munosib ishtiroki uchun maktabning bir guruh ustozlar va o'quvchilari maktab rahbariyati tomonidan taqdirlandi.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube
#ishchi_guruh
#Andijon
#Namangan

AGENTLIK DIREKTORINING TIZIMDAGI MAKTABLAR FAOLIYATINI JOYIGA BORIB OʻRGANISH ISHLARI DAVOM ETMOQDA

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev boshchiligidagi ishchi guruh Andijon va Namangan viloyatlarida boʻlib, tizimdagi maktablar faoliyatini tanqidiy-tahliliy oʻrgandi.

Agentlik direktori shuningdek, Namangan viloyatidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi, Mingbuloq, Namangan, Yangi Namangan, Andijon viloyatidagi Boʻston tuman ixtisoslashtirilgan maktablarida ham boʻlib, ularda oʻquvchilarning sifatli taʼlim-tarbiya olishlari uchun yaratilgan sharoitlari, oʻquv binolarini isitish holatini oʻrgandi.

Ishchi guruh tomonidan Andijon viloyatidagi Boʻston tumanidagi 14-umumtaʼlim maktabida II chorak yakuni boʻyicha oʻtkazilayotgan ChSB imtihonlari jarayonlari ham kuzatildi.

Shuningdek, bitiruvchilarni oliy taʼlim muassasalari, SAT, IELTS kabi xalqaro sertifikatlar imtihonlariga tayyorlash borasida olib borilayotgan ishlar samaradorligi tahlil qilinib, bu borada malakali pedagoglarning taklif va mulohazalari olindi.

Oʻrganishlar doirasida Agentlik direktorining oʻquvchilar va oʻqituvchilar bilan muloqoti tashkil etildi. Unda A.Ubbiyev Agentlik tomonidan ixtisoslashtirilgan maktablarda taʼlim sharoitlarini yangi bosqichga olib chiqish borasida rejalashtirilgan chora-tadbirlar haqida soʻz yuritdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube