Namangan shahridagi Prezident maktabi
1.65K subscribers
10.5K photos
799 videos
30 files
3.26K links
Namangan shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari

nampm.uz
fb.com/nampmuz
instagram.com/nampmuz
twitter.com/nampmuz
YouTube: bit.ly/nampmuz
Download Telegram
⚡️Prezident taʼlim muassasalari agentligi va Britaniya Kengashining Toshkentdagi vakolatxonasi rahbarlari uchrashishdi

✔️Bugun Prezident taʼlim muassasalari Agentligi direktori Hilola Umarova va Britaniya Kengashining (British Council) Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Deniz Voddingxem bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

✔️Uchrashuv boshida mehmonlarga Agentlik tasarrufidagi Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabda “kampus-tur” tashkil etildi. Mehmonlar maktabdagi o‘quv jarayonini va yaratilgan sharoitlarni yuqori baholashdi.

✔️Shu bilan birga Agentlik faoliyati va uning tizimidagi taʼlim muassasalari haqida qisqacha taqdimot qilindi.

✔️D.Voddingxem Britaniya Kengashi va Agentlik o‘rtasida hamkorlik o‘rnatish mumkin bo‘lgan sohalarni o‘rganib chiqishini va istiqboldagi qo‘shma loyihalarni birgalikda amalga oshirish rejasini bildirdi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
❇️ Namangan shahridagi Prezident maktabida tonggi "Speech time" Davlat madhiyasi bilan boshlandi.

❇️ Speech time vaqtida 10 - Green sinf o'quvchisi Ibrohimjonov Narzullo o'quvchilarga " Shaxs tarbiyasida oilaning roli " mavzusida o'z tavsiyalarini ulashdi. Shundan so'ng maktabimizning o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosari Yelena Mustayeva so'zga chiqib, bugundan boshlanadigan fan olimpiadalarining viloyat bosqichida ishtirok etadigan o'quvchilarimizga muvofaqqiyatlar tilab yuqori natijalarga erishishiga ishonch bildirdi. Speech time mavzusi o'quvchilar uchun qiziqarli bo'ldi.

⬇️Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy telegram kanali:
t.iss.one/nampmuz
#Antikorrupsiya

⚡️Prezident ta'lim muassasalari agentligi hamda tizimidagi ta'lim muassasalari va tashkilotlarda korrupsiya holatlariga duch keldingizmi? Bu haqda bizga xabar bering!

👉 Korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar va noqonuniy harakatlar to‘g‘risida t.iss.one/stopcorruption_bot maxsus telegram boti yoki (71) 207 40 48 ishonch telefoni orqali xabar berishingiz mumkin.

❗️Murojaatchining shaxsi sir saqlanishi kafolatlanadi.

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimiga quyidagilar kiradi:

🔹Respublikadagi 14 ta Prezident maktabi;
🔹9 ta ijod maktabi;
🔹3 ta ixtisoslashtirilgan maktab (Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab va Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab);
🔹"Yangi O'zbekiston" universiteti;
🔹Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
N.M.Mahmudov.Yuridik terminlarning ruscha-o'zbekcha lug'ati.

Mazkur lug'atda to'qqiz mingga yaqin ruscha- o'zbekcha yuridik terminlar berilgan.Ular huquqning deyarli barcha sohalariga tegishli bolib, ayniqsa, davlat va huquq nazariyasidan tortib barcha xalqaro huquq sohalariga oid terminlarga ham alohida e`tibor qaratildi..#Prezidentmaktabikutubxonasifondidamavjud #kitoblarYuridikterminlarningruschaozbekchalugati

⬇️Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy telegram kanali:
t.iss.one/nampmuz
NАMАNGАNDА FАN OLIMPIАDАSINING III VILOYAT BOSQICHIGА STАRT BERILDI

💹 Davlatobod tumanidagi 58-DIUMda fan olimpiadasining III viloyat bosqichi start oldi. 25 - 28-fevral kunlari davom etadigan mazkur bilimlar bahsi jami 9 ta fan yoʼnalishida oʼtkazilib, unda 9-11-sinf oʼquvchilari bellashadilar.
Jami 1388 nafar iqtidorli oʼquvchi ishtirok etayotgan fan olimpiadasining III viloyat bosqichi yakuni boʼyicha har bir fan va sinf kesimida gʼolib boʼlgan oʼquvchilarni bazaviy hisoblash miqdorining 6, 4, 3 baravari miqdorda bir martalik pul mukofotlari bilan taqdirlash belgilangan. Ushbu fan olimpiadalarida Namangan shahridagi Prezident maktabi o'quvchilari ham faol ishtirok etishmoqda.

⬇️Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy telegram kanali:
t.iss.one/nampmuz
#Tabriklaymiz

❇️ Namangan shahridagi Prezident maktabi 5-sinf o'quvchisi Dilnura Burhonjonovaning "Qo'shnimiz Omon" nomli she'ri "G''uncha" - Respublika bolalar jurnalining 2-sonida chop etildi.
❇️ Kelgusida yosh qalamkashning ijodiga yuksak parvozlar tilaymiz!

⬇️Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy telegram kanali:
t.iss.one/nampmuz
❇️ Namangan shahridagi Prezident maktabi o'quvchilari " Kasbim - kelajagim" oyligi doirasida "UZCHASYS" O'zbekiston-Koreya qo'shma korxonasiga tashrif buyurishdi. Dastlab korxona bosh direktori Qodirov Rustam Shuhratovich korxona faoliyati to'g'risida o'quvchilarga tushunchalar berib o'tdi. Korxona ishlab chiqarish bo'limi boshlig'i Nishanov Latifjon va xodimlardan Temirova Gulmira o'quvchilarni ishlab chiqarish jarayonlari bilan yaqindan tanishtirdilar. O'quvchilar korxonada ishlab chiqarish jarayonlarini juda qiziqish bilan o'rgandilar.
💹 Bunday sayohatlarni tashkil etishdan maqsad, o'quvchi yoshlarni tadbirkorlikka qiziqtirish, ularning tadbirkorlik sohasidagi bilimlarini shakllantirishdan iborat.

⬇️Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy telegram kanali:
t.iss.one/nampmuz