Namangan shahridagi Prezident maktabi
1.63K subscribers
10.6K photos
806 videos
31 files
3.29K links
Namangan shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari

nampm.uz
fb.com/nampmuz
instagram.com/nampmuz
twitter.com/nampmuz
YouTube: bit.ly/nampmuz
Download Telegram
#Agentlik_fan_olimpiadasi
#Namangan_viloyati

🔴 LIVE

⚡️Ayni damda Namangan shahridagi Prezident maktabida Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktab o‘quvchilari o'rtasida o‘tkazilayotgan Fan olimpiadasining Agentlik bosqichi jarayonlari bo'lib o'tmoqda,

🔸 Mazkur sinov jarayonlaridan fotolavha.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube
#Agentlik_fan_olimpiadasi

⚡️Agentlik fan olimpiadasining hududiy bosqichlari boshlandi

Ixtisoslashtirilgan talim muassasalari agentligi tizimidagi maktablar o‘rtasida shu yilning 23-24-fevral kunlari STEM fanlari hamda qizlar o‘rtasida matematika fani bo‘yicha Agentlik fan olimpiadasining hududiy bosqichlari bo‘lib o‘tishi haqida xabar bergan edik.

Bugun, Fargʻona shahridagi Prezident maktabida tashkil etilgan Agentlik fan olimpiadasining Farg‘ona viloyati bosqichini Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi direktori Alisher Ubbiyev ochib berdi.

Takidlanganidek, mamlakatimizda yoshlar ta'limiga yuksak e'tibor berilmoqda. Iqtidorli o‘gil-qizlar zamonaviy bilimlarni egallashlari uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan. Hududlarda tashkil etilgan Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlari bunga misol.

Moddiy-texnik bazasi mustahkam, kuchli bilim va malakali pedagog  kadrlarga ega, xalqaro tajriba va zamonaviy talim standartlariga asoslangan bunday ta'lim maskanlari o‘quvchilari kelajagimiz umidlaridir.

- Shunday ekan, barcha ishtirokchilarga omad tilayman, bu olimpiada bilimlaringizni sinash uchun o‘ziga xos maydon bo‘lish bilan birga, mamlakatimiz taraqqiyoti, ilm-fan yo‘lida yangi marralarni zabt etishga ham undaydi, - dedi Agentlik direktori A.Ubbiyev.

Malumot o‘rnida, Agentlik fan olimpiadasi viloyat bosqichlarida  joriy yil yanvar oyida o‘tkazilgan maktab bosqichi g‘oliblari,  shuningdek, 2023-2024-o‘quv yilidagi asosiy fan olimpiadalarining hududiy bosqichi g‘oliblari ishtirok etadi. Shu bilan birga  2022-2023-o‘quv yilida tegishli tartibda tasdiqlangan xalqaro va mintaqaviy olimpiada g‘oliblari ham  to‘g‘ridan-to‘g‘ri ishtirok etish huquqiga ega.

Olimpiada matematika, fizika, kimyo, biologiya, informatika va axborot texnologiyalari, science fanlari bo‘yicha o‘tkazilmoqda.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube