Namangan shahridagi Prezident maktabi
1.83K subscribers
12.1K photos
857 videos
32 files
3.55K links
Namangan shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari

nampm.uz
fb.com/nampmuz
instagram.com/nampmuz
twitter.com/nampmuz
YouTube: bit.ly/nampmuz
Download Telegram
#xalqaro_olimpiada

Matematika va informatika fanlaridan nufuzli Xalqaro olimpiadalarda O'zbekiston sharafini himoya qiladigan terma jamoa a'zolari saralab olindi

Joriy yilning 25 aprelidan 3 mayga qadar Toshkentda matematika, kimyo hamda informatika va axborot texnologiyalari fanlaridan nufuzli Xalqaro fan olimpiadalariga saralashning 2-bosqichida yuqori natijalarni qayd etgan jami 55 nafar o'quvchi bilan o'quv tayyorgalik
mashg'ulotlari olib borildi.

О'quvchilar orasidan nufuzli fan olimpiadalarida ishtirok etuvchi terma jamoa a'zolari saralab olindi.

19-25 iyun kunlari Singapurda bo'lib o'tadigan 33-Xalqaro Informatika olimpiadasi (IOI) da ishtirok etuvchi terma jamoa a'zolari orasida Agentlik tizimidagi maktabdan 2 nafar o'quvchi bor:

Azimjon Urinov — Namangan viloyati, Prezident maktabi 11-sinf;

Asliddin Ismoilov — Namangan viloyati, Prezident maktabi 9-sinf.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram |
#Xalqaro_olimpiada

🔴 Ayni paytda kimyo va biologiya fanlaridan nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etuvchi O‘zbekiston terma jamoasiga nomzodlarni saralashning II bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

✔️ Ushbu saralash bosqichida Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablardan 10 nafar o'quvchi ishtirok etmoqda.
#Xalqaro_olimpiada

Avvalroq, kimyo va biologiya fanlaridan nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etuvchi O‘zbekiston terma jamoasiga nomzodlarni saralashning II bosqichi bo‘lib o'tgani haqida xabar bergan edik.

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Abu Ali Ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning jami 7 nafar o'quvchisi:
Azizbek Nazarov
Axror Baxodirov
Shaxzoda Hakimova
Azimjon Jamolov
Ikromiddin Boymaxamadov
Maftuna Badalova hamda
Emirali Gafarovlar
KIMYO fanidan nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etuvchi O‘zbekiston terma jamoasiga nomzodlarni saralashning II bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib III bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.
#Xalqaro_olimpiada

🔴 Ayni paytda MATEMATIKA va FIZIKA fanlaridan nufuzli xalqaro olimpiadalarda ishtirok etuvchi O‘zbekiston terma jamoasiga nomzodlarni saralashning II bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

🏢 Unda Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Toshkent, Namangan, Nukus, Jizzax, Xiva, Samarqand, Qarshi, Buxoro va Guliston shahridagi Prezident maktablaridan 13 nafar, shuningdek, Muhammad al-Xorazmiy va Mirzo Ulug'bek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktablardan 3 nafar o'quvchi ishtirok etmoqda.

📌 Ma'lumot o'rnida, kimyo fani doirasida bo'lib o'tgan saralash bosqichida Ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning 7 nafar o'quvchisi III bosqichga yo'llanma olgan edi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Xalqaro_olimpiada

📣Xalqaro Mendeleyev olimpiadasi O‘zbekistonda!

🇸🇱Joriy yilning 9-16 may kunlari bo‘lib o‘tadigan 56-Xalqaro Mendeleyev kimyo olimpiadasiga O‘zbekiston mezbonlik qiladi.

🌏Prezident taʼlim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etiladigan ushbu nufuzli olimpidada Avstriya, BAA, Xitoy, Rossiya, Turkiya, Xorvatiya, Vengriya, Isroil, Latviya, Makedoniya, Ozarbayjon, Armaniston, Gruziya kabi 20dan ortiq davlatlarning o‘quvchilari ishtirok etishi kutilmoqda.

🔬Yangi O‘zbekistonning iqtidorli yoshlarini qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etilayotgan Xalqaro Mendeleyev olimpiadasi yangiliklarini biz bilan birga kuzatib boring.
👉https://imcho56.uz/

📌Maʼlumot uchun: Xalqaro Mendeleyev olimpiadasi 1948-yilda tashkil etilgan bo‘lib, dunyodagi nufuzli olimpiadalardan biri hisoblanadi. Ushbu olimpiada har yili 30 ga yaqin davlat ishtirokida dunyoning turli mamlakatlarida o‘tkaziladi.
#XalqaroMendeleyevolimpiadasi

📷56-Xalqaro Mendeleyev kimyo olimpiadasining taqdirlash marosimidan fotoreportaj.

#Xalqaro_olimpiada #Fotoreportaj

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Abu_Rayhon_Beruniy
#Xalqaro_olimpiada

📣 11-17-iyun kunlari Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan ilk marotaba Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasi Xiva shahrida tashkil etiladi!

❗️ Ushbu nufuzli olimpiadada Germaniya, Turkiya, Ozarbayjon, Hindiston, Vetnam, Jazoir, Braziliya, Belarus, Rossiya, Qozog‘iston, Oman sultonligi, Gruziya, Turkmaniston, Qirg‘iziston, Tojikiston, O‘zbekiston kabi mamlakat o‘quvchilari ishtirok etishadi.

📍 Shuningdek, olimpiadada faxriy mehmonlar, professorlar yosh bilimdonlar uchun mahorat darslari o‘tkazishi rejalashtirilgan.

👉 Yangi O‘zbekistonning iqtidorli yoshlarini aniqlash va qo‘llab –quvvatlash maqsadida tashkil etilayotgan Abu Rayhon Beruniy nomidagi xalqaro kimyo olimpiadasi yangiliklarini biz bilan birga kuzatib boring.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
👍1
#Xalqaro_olimpiada
#Fotoreportaj

🎉 20-XALQARO JAUTIKOV OLIMPIADASI ISHTIROKCHILARI KUTIB OLINDI

📆 Shu yilning 7-13-yanvar kunlari Qozog‘istonning Olmaota shahrida tashkil etilgan 20-Xalqaro Jautikov olimpiadasida 2 ta oltin, 3 kumush va 9 ta bronza medali qo‘lga kiritildi!

⚡️Mazkur 14 ta medalning 8 tasiga (1 ta oltin, 2 ta kumush va 5 ta bronza) Agentlik tizimidagi maktab o‘quvchilari ega chiqishdi.

Ushbu olimpiadada Informatikadan ilk marta qo‘lga kiritilgan oltin medal sohibi ham Agentligimiz tizimidagi Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining 10-sinf o‘quvchisi Asilbek Sunnatov bo‘ldi.

📝Gʻoliblikni qo‘lga kiritgan o‘quvchilar bilan bu yerda tanishishingiz mumkin.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8
#xalqaro_olimpiada
#taqdirlash

⚡️ Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligi tomonidan ilk marotaba oʻtkazilgan Abu Ali ibn Sino nomidagi xalqaro biologiya olimpiadasining taqdirlash marosimi bo’lib o’tdi.

🏆Unda Agentlik tizimidagi maktab o’quvchilari quyidagi natijalarni qayd etishdi.

🥇OLTIN MEDAL:
Mehrangiz Ahtamova, Navoiy shahridagi Prezident maktabi 11-sinf o‘quvchisi.

🥈KUMUSH MEDAL:
Sardor Qurbonboyev, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o‘quvchisi;
Abdurahmon Yokubjonov, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o‘quvchisi;
Mashhura Qudratova, Navoiy shahridagi Prezident maktabi 9-sinf o‘quvchisi.

🥉BRONZA MEDAL:
Rasul Nekkulov, Qarshi shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktabi 11-sinf o‘quvchisi;
Rayxona G‘ofurova, Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi 10-sinf o‘quvchisi;
Nursulton Ashiraliyev, Jizzax shahridagi Prezident maktabi 9-sinf o‘quvchisi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube | Portal
#Xalqaro_olimpiada

Bugun 36-Xalqaro Informatika olimpiadasida ishtirok etgan O‘zbekiston terma jamoasi vakillari Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali tarzda kutib olindi.

📍 Unda Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi hamda tizimdagi ta'lim muassasalari mas'ullari ishtirok etib, o‘quvchilarni samimiy tabriklashdi.

Eslatib o‘tamiz, mazkur olimpiada joriy yilning 1-8-sentabr kunlari Misrda bo‘lib o‘tdi. Unda terma jamoamiz bronza medalni qo‘lga kiritdi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👍3
#bizning_shunday_oʻquvchilarimiz_bor
#xalqaro_olimpiada_gʻolibi

⚡️Xalqaro olimpiadalar g'olibligi uchun shaxdam qadamlar!

🏫 Namangan shahridagi Prezident maktabi 10-sinf oʻquvchilari Asqaraliyev Muhammadali Alisher oʻgʻli va Lutfullaxonov Abrorxon Barotxon oʻgʻli Xalqaro iqtisod olimpiadasi (The international economics olympiad)ning hududiy bosqichida g'oliblikni qoʻlga kiritishdi.

📌 Xalqaro iqtisod olimpiadasi dunyodagi eng yirik va eng nufuzli xalqaro musobaqa bo‘lib, yoshlarga muhim iqtisodiy bilim va ko‘nikmalarni egallashga boʻlgan intilishlarini qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etiladi. Unga mikroiqtisodiyot, makroiqtisodiyot, xalqaro savdo va moliya haqidagi tushunchalarini kengaytirishga qiziqqan 14 yoshdan 20 yoshgacha bo‘lgan maktab o‘quvchilari qatnashishi mumkin. Ushbu olimpiada maktab, hududiy, milliy va xalqaro musobaqa bosqichlaridan iborat.


📍Oʻquvchilarimiz (ustozlar: Yo'ldoshev Boburjon va David Mwithiga)ga keyingi bosqichda gʻoliblik nasib etishini tilab qolamiz!
👍286🔥6👏3
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ARBICHO_2025
#xalqaro_olimpiada

Abu Rayhon Beruniy nomidagi Xalqaro kimyo olimpiadasi oʻtkaziladi

Olimpiada 28-may — 4-iyun kunlari poytaxtimizda bo‘lib o‘tadi.

📌 Unda Saudiya Arabistoni, Turkiya, Ozarbayjon, Mangoliya, Belarus, Vetnam, Rossiya, Gruziya, Hindiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston, Turkmaniston jamoalaridan 115 nafar ishtirokchi qatnashadi.

Ishtirokchilarimizga omad tilaymiz!

Olimpiada jarayonlarini rasmiy sahifalarimizda kuzatib boring:
🕊 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📺YouTUBE
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏31