Namangan shahridagi Prezident maktabi
1.68K subscribers
10.4K photos
796 videos
30 files
3.25K links
Namangan shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari

nampm.uz
fb.com/nampmuz
instagram.com/nampmuz
twitter.com/nampmuz
YouTube: bit.ly/nampmuz
Download Telegram
#Ochiq_muloqot

🔰 Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova Toshkent shahridagi 350 nafar maktab direktorlari hamda o‘qituvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazdi

⚡️- Oldimizda davlatimiz rahbari ishonib topshirgan ta’lim islohotlarini amalga oshirishdek mashaqqatli va sharafli vazifa turibdi. Bu vazifalarni amalga oshirishda barchamizdan fidoyilik, halollik talab etiladi, - dedi vazir.

Shuningdek,
muloqot davomida:

tizimda amalga oshirilayotgan islohotlar;
pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirish;
o‘quvchilarga sifatli ta’lim berish borasidagi muhim vazifalar haqida so‘z bordi.

❗️Tadbir davomida ishtirokchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga vazirdan javob ham olishdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Veb-sayt | Instagram | YouTube
#Ochiq_muloqot

Bugun O’zbekiston Respublikasi Prezidentining tadbirkorlar bilan Ochiq muloqotiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida xususiy ta’lim sohasidagi tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.

Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo’ng’irotboy Sharipov, Sog‘liqni saqlash vaziri Asilbek Xudoyorov, Savdo-sanoat palatasi rahbari Davron Vahobov, Biznes-ombudsman Dilmurod Kasimov, Soliq qo‘mitasi raisi o’rinbosari Jahongir Abdiyev ishtirok etishdi.

Tadbir davomida tadbirkorlar tomonidan:


taʼlim sohasida litsenziya berish va uni nazorat qilish vazifasi betaraf idoraga yuklatilishi,
litsenziya olishda professor-oʻqituvchilar bilan mehnat shartnomasi imzolash,
xususiy maktablarga xorijiy ustozlarni jalb qilish kabi takliflar ilgari surildi.

Ushbu takliflarni o’rganish yuzasidan mas’ullarga topshiriq berildi.

Uchrashuvda tadbirkorlar takliflari bilan bir qatorda muammolariga yechim topish masalalari ham ko‘rib chiqildi.

Muloqotda, shuningdek videoselektor orqali Respublikadagi sohaga doir faoliyat yuritadigan tadbirkorlar ham ishtirok etishdi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram 🌐 Facebook
🌐 Youtube 🌐 Instagram
🔎 Veb-sayt 😄 Linkedin
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM