Namangan shahridagi Prezident maktabi
1.67K subscribers
10.4K photos
796 videos
30 files
3.25K links
Namangan shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari

nampm.uz
fb.com/nampmuz
instagram.com/nampmuz
twitter.com/nampmuz
YouTube: bit.ly/nampmuz
Download Telegram
#Ikki_buyuk_siymo
#Namangan_Prezident_maktabi

IKKI BUYUK SIYMO

🔰 Namangan shahridagi Prezident maktabida buyuk ajdodlarimiz Alisher Navoiy hamda Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bag‘ishlangan ''Ikki buyuk siymo'' shiori ostida badiiy -musiqiy tadbir o‘tkazildi.

🔸 Unda buyuk ajdodlarimiz asarlarining milliy va umuminsoniy mohiyatini anglash, ilmiy va ijodiy merosini yanada chuqur o‘rganish va targ‘ib etish maqsad qilindi.

📚 Tadbir o‘quvchilarga o‘z qobiliyatlarini turli yo‘nalishlarda - raqs, musiqa , she'rxonlik va sahna ko‘rinishlarida namoyish etishlariga imkon berilgani bilan ham ahamiyatlidir.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| twitter | youtube
#Ikki_buyuk_siymo

🔰 Dushanba - yangi maqsadlar va diydor kuni. Namangan shahridagi Prezident maktabida "Speech time" Davlat madhiyasi bilan boshlandi.

📙 14-fevral - Shoh va shoir, benazir shaxsiyat egasi – Zahiriddin Muhammad Bobur tavvallud topgan buyuk tarixiy sana munosabati bilan Prezident maktabida Boburxonlik haftaligi boshlandi. "Speech time" lohiyasining bugungi dasturida Bobur ismli yigitlar va bu ismning ularning hayotiga ta'siri to'g'risidagi videorolik namoyish etildi.

🔸 Shundan so'ng maktab prezidenti Shohjahon Kukiboyev "Bobur avlodlari" shiori ostida tashkil etilgan ijodiy ishlar tanlovi shartlari bilan o'quvchilarni tanishtirdi. 10-sinf o'quvchisi Homidova Gavharshodbegim eko-faollar tashabbusi bilan boshlangan "ToFF" (Textile waste off) loyihasi maqsadi haqida ustozlar va o'quvchilarga batafsil ma'lumot berdi.

📚 An'anaga muvofiq "Mutolaa vaqti" loyihasi ham davom ettirildi. "Speech time" maktab jamoasi uchun foydali bilimlar va tavsiyalarga boy bo'ldi.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| twitter | youtube
#Speech_time
#Ikki_buyuk_siymo

🔰 Namangan shahridagi Prezident maktabida "Speech time" Davlat madhiyasi bilan boshlandi.
📙 14-fevral - Shoh va shoir, benazir shaxsiyat egasi – Zahiriddin Muhammad Bobur tavvallud topgan buyuk tarixiy sana munosabati bilan boburxonlik kunlari davom ettirildi. Ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi O.Shermatova rahbarligida 7-sinf o'quvchilari ijrosidagi Pirimqul Qodirovning "Yulduzli tunlar" romani asosida tayyorlangan sahna ko'rinishi namoyish etildi. O'quvchilar Bobur, Qutlug'nigorxonim, Xonzodabegim va Qosimbek kabi tarixiy shaxslar obrazlarini mahorat bilan ijro etdilar.
📚 An'anaga muvofiq "Mutolaa vaqti" loyihasi ham davom ettirildi. "Speech time" maktab jamoasi uchun foydali bilimlar va tavsiyalarga boy bo'ldi.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| twitter | youtube
#Ikki_buyuk_siymo

🔰 Alisher Navoiy tavalludining 582 yilligi va Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 540 yilligiga bag'ishlab Namangan shahridagi Prezident maktabi hamda Namangan ixtisoslashtirilgan madaniyat maktabi hamkorligida badiiy-musiqiy dastur tashkil etildi.

🎻 Tadbirda Madaniyat maktabining milliy cholg'ular, an'anaviy ijrochilik va raqs yo'nalishlarining o'qituvchilari va o'quvchilar jamoasi ishtirok etdilar.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| twitter | youtube