Namangan shahridagi Prezident maktabi
1.76K subscribers
11.7K photos
839 videos
31 files
3.45K links
Namangan shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari

nampm.uz
fb.com/nampmuz
instagram.com/nampmuz
twitter.com/nampmuz
YouTube: bit.ly/nampmuz
Download Telegram
#bitiruvchilar_kuni
#alumni_day

An'anaga ko'ra Yangi yil munosabati bilan Namangan shahridagi Prezident maktabining 2021-2022-2023-yil bitiruvchilari uchun maxsus kunlar tashkil etildi.

1-kun bitiruvchilar maktabdagi ustozlari va do'stlari bilan suhbatlashdilar, o'zaro fikr almashdilar. Maktabning istiqbol rejalariga hissa qo'shish uchun o'z taklif va mulohazalarini bildirdilar.

Unga ko'ra endi maktab bitiruvchilari va o'quvchilarini doimiy bog'lab turadigan online platforma ishga tushirilib, unda yurtimizdagi va jahondagi nufuzli universitetlarida tahsil olayotgan bitiruvchilar, "El-yurt umidi" jamg'armasi stipendiantlari, xalqaro olimpiada va grantlar sohiblari o'z tajribalarini maktabdoshlari bilan bo'lishadilar.

♻️Bu bilan bitiruvchilarning mustaqil hayot hamda ta'limdagi yutuqlari va muammolarini o'rganish, jamoaviylik va birdamlikni rivojlantirish uchun tizimli imkoniyat yaratildi.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube
#alumni_day
#Zakovat_QUIZ

Namangan shahridagi Prezident maktabida 2021-2022-2023-yil bitiruvchilari va maktab o'quvchilari o'rtasida uchrashuv hamda "ZAKOVAT QUIZ" o'yini tashkil etildi.

♻️Uchrashuvda "Yangi O'zbekiston" va mahalliy OTMlar talabalari, "El-yurt umidi" jamg'armasi stipendiantlari, nufuzli xorij universitetlariga to'liq grant sohiblari qatnashdilar.

▶️"Yangi O'zbekiston" universiteti talabalari tomonidan bitiruvchilar va maktab aloqasini tizimlashtiradigan platforma va dasturlar tanishtirildi.
Talabalar turli mavzularda qiziqarli savollardan iborat QUIZ o'yinini tashkil etdilar.
🔥Uchrashuv jo'shqin lahzalarga boy bo'ldi.

⚡️Maktabimiz bitiruvchilariga ulkan maqsadlar yo'lida bardavomlik va yuksak muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube