A.N.Tolstoy. Tirilish.
«Tirilish» – ulug‘ mutafakkir adib Lev Tolstoyning eng «fosh qiluvchi» nodir durdonalaridan biridir. Asarda bosh qahramonlarning achchiq qismati misolida muallif nafaqat jamiyatdagi yolg‘on va qallobliklarni, qolaversa, inson ongi va qalbining eng quyi burchidagi yashirin sirlarni-da ochib tashlaydi. Lev Tolstoy inson ruhining beqiyos ulug‘vorligi, vijdon amri va rahmdillik kishi tarbiyasida juda katta ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi. Uning ushbu asari ham, sevimli adibimiz Abdulla Qahhor ta’biri bilan aytganda, «tarasha yoki payrahaning o‘tiga o‘xshab lovullab yonib, bir zumda o‘chmaydi, balki saksovulning cho‘g‘iga o‘xshab tutab, sust yonadi, lekin harorati zo‘r bo‘ladi, ancha fursat o‘chmay turadi».
#kitoblar #ANTolstoyTirilish
⬇️ Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy telegram kanali:
t.iss.one/nampmuz