Namangan shahridagi Prezident maktabi
1.65K subscribers
10.5K photos
801 videos
30 files
3.27K links
Namangan shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari

nampm.uz
fb.com/nampmuz
instagram.com/nampmuz
twitter.com/nampmuz
YouTube: bit.ly/nampmuz
Download Telegram
#The_Ninja_IT_contest
#Namangan_PM

O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi, Innovatsion rivojlanish agentligi, Robotics Lab ta'lim markazi hamda Japan Digital University hamkorligida Dasturlash bo'yicha "The Ninja IT Contest" turniri bo'lib o'tdi.

💻Musobaqaning 1 va 2-saralash bosqichlari robocontest.uz platformasida onlayn o’tkazildi va eng yaxshi natija ko’rsatgan 60 nafar o’quvchi 2024-yilning 2-fevralida JDUda o’tkazilgan shiddatli finalda bellashdilar.

🔥 Turnir natijasiga ko'ra Namangan shahridagi Prezident maktabining 11-sinf o'quvchisi Mansuraliyev Husanboy 2-o'rinni egalladi, 9-sinf o'quvchisi Rahmatullayev Ulug'bek esa "Eng murakkab dastur" nominatsiyasida g'oliblikni qo'lga kiritdi va tashkilotchilar tomonidan qimmatbaho sovg'alar bilan taqdirlandilar.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube
#direktorlar_kengashi
#seminar_trening
#Namangan_viloyati

⚡️Bugun Namangan shahar 1-ixtisoslashtirilgan maktabida Direktorlar kengashi tomonidan umumta'lim maktablarining direktor, ma'naviy-marifiy hamda o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlari uchun "Zamonaviy rahbar va maktab ta’limida samarali boshqaruv" shiori ostida seminar-trening o‘tkazildi.

Mazkur seminar-treninglardan asosiy maqsad, ta’lim va tarbiya sifatini oshirish, jamoada sog‘lom muhitni shakllantirish shuningdek, formativ va summativ baholash shakllarini tatbiq etish, liderlik qobiliyatlarini shakllantirishdan iborat.

Namangan shahridagi Prezident maktabi matbuot xizmati
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Direktorlar_kengashi
#Seminar_trening
#Namangan_viloyati

📹
Namangan viloyati Direktorlar kengashi tomonidan umumta'lim maktablari direktorlari, ma'naviy-ma'rifiy hamda o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlari uchun tashkil etilgan seminar-trening jarayonlaridan videolavha
#direktorlar_kengashi
#seminar_trening
#Namangan_viloyati

⚡️ Namangan viloyati Direktorlar kengashining bu galgi manzili To'raqo'rg'on tumani bo'ldi.

Kengash a'zolari tomonidan tumandagi umumta'lim maktablarining direktor, ma'naviy-marifiy hamda o'quv ishlari bo'yicha direktor o'rinbosarlari uchun "Zamonaviy rahbar va maktab ta’limida samarali boshqaruv" shiori ostida seminar-trening o‘tkazildi.

Mazkur seminar-treninglardan asosiy maqsad, ta’lim va tarbiya sifatini oshirish, jamoada sog‘lom muhitni shakllantirish shuningdek, formativ va summativ baholash shakllarini tatbiq etish, liderlik qobiliyatlarini shakllantirishdan iborat.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Eco_school
#Namangan

🌱Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, “Zamin” xalqaro jamoat fondi tomonidan 2024-yil 6-maydan 17-may kunigacha respublikamizdagi barcha viloyatlarda “Iqlim o‘zgarishi muammolari haqida bolalarning xabardorligini yanada oshirish” mavzusida bir kunlik ta’lim oromgohlari tashkil etilmoqda.

🗓Namangan viloyati yoshlari uchun tashkil etilgan oromgohda Namangan shahridagi Prezident maktabi eko-faollari ham ishtirok etdilar va o'z tashabbus va takliflarini ilgari surdilar.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube
#STEM_olimpiadasi
#Namangan_viloyati

STEM OLIMPIADASINING AGENTLIK BOSQICHI

Namangan shahridagi Prezident maktabida Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar o‘quvchilari o‘rtasida STEM fan olimpiadasining Agentlik bosqichi o‘tkazilmoqda.

Ayni paytda Fizika, Matematika, Informatika, Biologiya, Science hamda Kimyo fanlari bo‘yicha yozma ish jarayonlari davom etmoqda.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube