Namangan shahridagi Prezident maktabi
1.64K subscribers
10.5K photos
801 videos
30 files
3.27K links
Namangan shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari

nampm.uz
fb.com/nampmuz
instagram.com/nampmuz
twitter.com/nampmuz
YouTube: bit.ly/nampmuz
Download Telegram
D.I.Fonvizin. Dumbul boyvachcha.

Ushbu kitobdan rus adabiyoti namoyandalari D.I.Fonvizin­ning «Dulbul boyvachcha» komediyasi, I.A. Krilovning o‘quvchilar sevib o‘qiydigan masallari hamda A.S. Griboyedovning «Aqllilik balosi» komediyasi o‘rin olgan. Bu asarlar kitob javoningizdan munosib o‘rin egallaydi, degan umiddamiz.

#kitoblar #DIFonvizinDumbulboyvachcha

⬇️ Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy telegram kanali:
t.iss.one/nampmuz
З.М.Бобур. Бобурнома.

Заҳириддин Муҳаммад Бобурнинг ушбу шоҳ асарида бадиий тасвирга хос талқинлар, воқеа-ҳодисалар баён этилган. Асардаги воқеа-ҳодисалар муайян маънода унинг қисмат саргузаштларига чамбарчас туташиб кетади. Шу боис ҳам асарни бошдан-охиригача ўқиган китобхон ўсмир Бобурни, йигит-шаҳзода Бобурни, ошиқ Бобурни, умрбод жанговар лашкарбоши Бобурни, шаҳаншоҳ ва мутафаккир, меҳрибон ота Бобурни, барча зафару мағлубиятлари, фазилатларию нуқсонлари билан тўлиқ тасаввур эта олади.

#kitoblar #ЗМБобурБобурнома

⬇️ Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy telegram kanali:
t.iss.one/nampmuz
#Yoshlar_siyosati

Hokim, vazir va yoshlar uchrashuvi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining yoshlarga oid davlat siyosatini amalga tadbiq etish, mamlakatimizda yosh avlodni barkamol etib tarbiyalash, mustaqil hayotga qadam qo‘yishlari uchun zarur sharoit yaratishga qaratilgan keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

🎤 Jumladan, Namangan viloyat hokimi Shavkat Abdurazzoqov va bir qancha davlat idoralari mas’ullari yoshlar bilan muloqot qilishdi, ularning muammo va takliflarini o‘rganishdi. Uchrashuvda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi direktor o‘rinbosari Amirulla Abdullayev ham ishtirok etdi.

⚡️ Yoshlarning fikr, maqsad va muammolari tinglandi, turli sohalarda o‘z faoliyatini yo‘lga qo‘yishlari uchun imkoniyat yaratib berish ta’kidlandi. Jumladan, ularning bir nafariga sport komleksi ochish uchun kredit ajratilishi aytildi hamda o‘quv markazi ochishni reja qilgan 2 nafar universitet bitiruvchilari uzoq muddatlik arzon ijara joy bilan ta’minlanadigan bo‘ldi.
N.V.Gogol.Dikanka qishlog`i oqshomlari.

Qo‘lingizdagi kitobga yozuvchining «Dikanka qishlog‘i oqshomlari» hamda «Mirgorod» to‘plamlari kiritildi. Ushbu hikoya va povestlar to‘plamlari turli yillarda nashr etilganiga qaramay, bir biriga bog‘liq, izchil yaxlit siklni tashkil etadi. Bu qissalar o‘zining favqulodda dilgirligi, ko‘ngilga yaqinligi bilan ajralib turadi va sevib o‘qiladi.

#kitoblar #NVGogolDikankaqishlogioqshomlari

⬇️ Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy telegram kanali:
t.iss.one/nampmuz
#dars_offline

Bugungi kunda Agentlik tizimidagi maktablar o'quvchilari ota-onalaridan “bahorgi ta'til uzaytirildimi?”, degan mazmundagi savollar kelib tushmoqda.

👩‍🏫 Mazkur savolga javoban Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tizimidagi maktablarda ta'lim karantin qoidalariga qat'iy rioya qilingan holda, an'anaviy shaklda (offline) 29-mart kunidan boshlab tashkil etilishini ma'lum qiladi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#tashrif

Ulug' ustoz, atoqli olim, O'zR FA akademigi, fizika-matematika fanlari doktori, professor, O'zbekiston matematiklari jamiyati raisi, adabiyotshunos olim, dramaturg, aruz ilmining bilimdoni Abdulla A'zamov Namangan shahridagi Prezident maktabiga navbatdagi tashrifini amalga oshirdi. Eng quvonarlisi, ustoz bu gal kun davomida o'quvchilarga o'quv jarayonlarida hamrohlik qiladilar. Rejalashtirilgan qizg'in suhbatlar, ajoyib taqdimotlar, ilmiy salohiyatga to'la fikrlar ustozlar-u o'quvchilarga yanada kuch bag'ishlashiga ishonchimiz komil.
Mahorat darslari boshlandi!

⬇️ Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy telegram kanali:
t.iss.one/nampmuz
A.N.Tolstoy. Tirilish.

«Tirilish» – ulug‘ mutafakkir adib Lev Tolstoyning eng «fosh qiluvchi» nodir durdonalaridan biridir. Asarda bosh qahramonlarning achchiq qismati misolida muallif nafaqat jamiyatdagi yolg‘on va qallobliklarni, qolaversa, inson ongi va qalbining eng quyi burchidagi yashirin sirlarni-da ochib tashlaydi. Lev Tolstoy inson ruhining beqiyos ulug‘vorligi, vijdon amri va rahmdillik kishi tarbiyasida juda katta ahamiyatga ega ekanini ko‘rsatadi. Uning ushbu asari ham, sevimli adibimiz Abdulla Qahhor ta’biri bilan aytganda, «tarasha yoki payrahaning o‘tiga o‘xshab lovullab yonib, bir zumda o‘chmaydi, balki saksovulning cho‘g‘iga o‘xshab tutab, sust yonadi, lekin harorati zo‘r bo‘ladi, ancha fursat o‘chmay turadi».

#kitoblar #ANTolstoyTirilish
⬇️ Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy telegram kanali:
t.iss.one/nampmuz
#Media_trening

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tizimidagi maktablari OAV va jamoatchilik bilan ishlash xodimlarining malakasini oshirish maqsadida 3 kunlik o‘quv-treningi tashkil etildi.

👩‍💻 Treningning birinchi kunida O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti Xalqaro jumalistika fakulteti Audiovizual jumalistika va ommaviy kommunikatsiya kafedrasining dotsenti, “Oltin qalam” sohibasi Nargis Qosimova qatnashchilarga tashkilot imidjini shakllantirishda PRning ahamiyatini tushunitirib berdi.

🧑🏻‍💻 Shuningdek, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi vakili Nurali Oripov ham treningda ishtirok etib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlash hamda davlat organlari va tashkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantirish tog‘risida”gi qarorida axborot xizmati uchun belgilangan vazifalar xususida gapirib o‘tdi.

⚡️Online trening qizg'in, savol-javoblarga boy, interaktiv usulda o'tmoqda.
Qirgʼiziston Respublikasining Jalal-Аbad viloyati gubernatori Sirgabaev Аbsattar Toktogulovich boshchiligidagi delegatsiya Namangan shahridagi Prezident maktabiga tashrif buyurdi. Delegatsiya aʼzolariga oʼquvchilarning taʼlim olish jarayonlari, maktabda yaratilgan sharoitlar va maktabning yangi noodatiy uslubdagi arxitektura yechimlarining qulayliklari bilan tanishtirildi.

#tashrif #Kyrgyzstan #Namangan #Prezident_maktabi

⬇️ Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy telegram kanali:
t.iss.one/nampmuz