Namangan shahridagi Prezident maktabi
1.64K subscribers
10.5K photos
801 videos
30 files
3.27K links
Namangan shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari

nampm.uz
fb.com/nampmuz
instagram.com/nampmuz
twitter.com/nampmuz
YouTube: bit.ly/nampmuz
Download Telegram
Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limi sifatini yaxshilash chora-tadbirlariga oid taqdimot bilan tanishdi.

Bugungi kunda hududlardagi 500 ta maktabda Prezident va ixtisoslashgan maktablarning baholash tizimi joriy etilgan. Natijada ilg‘or xorijiy tajriba asosida vaziyatni tahlil qilish, muammoni yechish, jamoada ishlash kabi amaliy mashg‘ulotlar ulushi 60 foizga yetkazilgan.

Kelgusi o‘quv yiliga qadar ushbu baholash tizimini xalqaro testologiya mezonlariga moslashtirish zarurligi aytildi. Maktablarning o‘zi ham akkreditatsiyadan o‘tkaziladi. Bu xalqaro baholash mezonlarini milliy tizimga joriy qilish, maktablarni boshqarish va ta’lim sifatini oshirishga xizmat qiladi.


#Mirziyoyev #taqdimot #talim #maktablar

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube