Namangan shahridagi Prezident maktabi
1.83K subscribers
12.1K photos
857 videos
32 files
3.55K links
Namangan shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari

nampm.uz
fb.com/nampmuz
instagram.com/nampmuz
twitter.com/nampmuz
YouTube: bit.ly/nampmuz
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_forum
#Mahorat_darslari

⚡️Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan tashkil etilgan xalqaro ta'lim forumi doirasida Agentlik tizimidagi hamda umumta'lim maktablari o'qituvchilari uchun mahorat darslari tashkil etildi.

🎥 “Yangi O‘zbekiston ta’limi: islohotlar yo‘lida muvaffaqiyatli hamkorlik” ta’lim forumining amaliyotga bag’ishlangan qismi - mahorat darslarini yuqoridagi videorolikda tomosha qiling.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Ishtirokchilar_nima_deydi
#Mahorat_darslari

"Zamonaviy trener dasturi" 3-kun

▶️Toshkentdagi Xalqaro Vestminster universitetining
o‘qituvchisi, xalqaro trener Erkin Muhammedov

▶️ Agentlik tizimiga o'tishi ko'zda tutilgan Xorazm viloyati Xonqa tumanidagi ixtisoslashtirilgan maktab o'qituvchisi Guljahon Rajabova o'z taassurotlari bilan bo'lishishdi.

📲 Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazining rasmiy sahifasi: https://t.iss.one/pmm_uz

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#mahorat_darslari
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

" YANGI MAKTABLAR UCHUN MAHORAT DARSLARI"

⚡️ Prezident ta`lim muassasalari agentligi tizimidagi Norin tumani ixtisoslashgan maktabi ustozlari Namangan shahridagi Prezident maktabiga tashrif buyurishdi.

🔸 Tashrifdan ko'zlangan maqsad Prezident maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishish, mahalliy va xorijiy mutahassislarni dars o'tish metodlarini kuzatish va kerakli bo'lgan ko'nikma va malakalarni o'zlashtirishdir.

⬇️ Prezident ta`lim muassasalari agentligi Namangan viloyati hududiy bo'limi boshqarmasi rasmiy telegram kanali:
t.iss.one/piima_namangan
Germaniyaning Myunxen texnika universiteti delegatsiyasi “Yangi O‘zbekiston” universitetida

Myunxen texnika universiteti delegatsiyasi tashrifi doirasida “Yangi O‘zbekiston” universiteti talabalariga o'qish, tadqiqotlar olib borish hamda ma'lumotlar bazalaridan samarali foydalanish kabi ko'nikmalarini shakllantirishga qaratilgan mahorat darslari o'tkazilishi reja qilingan.

☑️ Shuningdek, tashrifda Myunxen texnika universiteti talabalari ham ishtirok etmoqda, bunda talabalar kengashi hamda talabalar klublari faoliyati haqida fikr almashilmoqda.

📌 Delegatsiya “Yangi O‘zbekiston” universitetida 3 kun muddatda bo‘lishi hamda talabalar uchun ko‘plab qiziqarli mashg‘ulotlar tashkil etishi rejalashtirilgan.

🔁 English

#TUM #Workshops #Mahorat_darslari

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | Facebook
#Mahorat_darslari
#Milliy_gvardiya

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident, ijod va tayanch ixtisoslashtirilgan maktablarining chaqiriqqa qadar boshlang‘ich tayyorgarlik fani o‘qituvchilari bilan o‘quv-amaliy yig‘ini o‘tkazildi.

Mazkur o'quv-amaliy yig'in O'zbekiston Respublikasi Milliy Gvardiyasi tomonidan tashkil etildi.

📍Tadbir O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida bo'lib o'tdi.

Yig‘in ishtirokchilari universitet o‘quv-moddiy bazalari, o‘quv jarayoni, otish mashg‘uloti, jismoniy tayyorgarlik mashg‘uloti, saf tayyorgarligi mashg‘uloti, kursantlar turar joylari va ularga yaratilgan shart-sharoitlar, axborot-resurs markazi, ma'naviyat va ma'rifat markazi, otxona hamda kamondan otish bazasi faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi.

🟣 Yig‘in yakunida ishtirokchilar bilan davra suhbati o‘tkazilib, ishtirokchilar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
👍1