Namangan shahridagi Prezident maktabi
1.63K subscribers
10.6K photos
801 videos
31 files
3.28K links
Namangan shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari

nampm.uz
fb.com/nampmuz
instagram.com/nampmuz
twitter.com/nampmuz
YouTube: bit.ly/nampmuz
Download Telegram
#Ustozlar_kuni

⚡️ O'zbekiston Respublikasi Prezidenti "O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta'lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida"gi Farmonni imzoladi.

Quvonarlisi, ular orasida Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimida faoliyat yuritayotgan ustozlarimiz ham bor:

▶️Abilkasimov Akmal Bekturdiyevich - Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabning kimyo fani o’qituvchisi “Shuhrat” medali bilan,

▶️Ataboyeva Sevara Mamasoliyevna - Toshkent shahridagi Prezident maktabi ingliz tili o’qituvchisi “Shuhrat” medali bilan,

▶️Haitov Husniddin Hasanovich - Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi “Shuhrat” medali bilan,

▶️ Jumaniyozova Muhabbat Boltayevna - Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabining ona tili va adabiyot fani o’qituvchisi “II darajali sog’lom avlod uchun” ordeni bilan taqdirlanishdi.

Ustozlarimizni mukofot bilan yana bir bor tabriklab, ularning zahmatli va sharafli mehnatlarida ulkan zafarlar tilaymiz.

❗️Yuksak e’tirof muborak bo’lsin, aziz ustozlar!

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Ustozlar_kuni

“1-oktabr - O’qituvchi va murabbiylar
kuni”munosabati bilan tashkil etilgan bayram tadbiri jarayonlaridan videolavha.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ustozlar_kuni
#ehtirom

Hayotimizda qanday yutuqqa erishgan bo‘lsak, qaysi marralarni zabt etgan bo’lsak unda qadrdon o‘qituvchi va ustozlarning beqiyos hissasi bor.

⚡️ Yangi O‘zbekistonning ertasi sanalgan yosh avlodning qalbiga ilm-fan ziyosini singdirib, hayot sabog‘ini o’rgatishdagi zahmati, ularni zamonaviy ko‘nikmalarni egasi, axborot texnologiyalarini puxta o‘zlashtirgan, kreativ fikrlaydigan, mustaqil qaror qabul qila oladigan, dunyoqarashi keng shaxs, el-yurtga munosib insonlar etib tarbiyalashdek vazifani mas’uliyat bilan ado etib kelayotganingiz uchun tashakkur!

🌐 Agentligimiz tizimidagi maktablarni tamomlab, bugungi kunda xorijiy OTMlarda tahsil olayotgan talabalarimiz ustozlariga bayram tabrigini yo'llashdi.

🟢Behruz Erkinov,
New York University Abu Dhabi talabasi

🟢Begdulla Tursınbayev,
Vengriya davlatidagi Debretcen universiteti talabasi

🟢Asadbek Reymbergenov,
Vengriya davlatidagi Debretcen universiteti talabasi

🟢Go‘zalxon Haydarova,
Amerikadagi Garvard universiteti talabasi

🟢Azizbek Nazarov,
Toshkent tibbiyot akademiyasi talabasi

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#ustozlar_kuni

Jovid AKROM: Ustoz e’zozlanayotgan O‘zbekistonda ishlash ham sharaf, ham mas’uliyat!

Ulug‘ kasb egalari – O‘zbekiston muallimlari safida mamlakatimizdagi turli o‘quv muassasalarida faoliyat ko‘rsatayotgan yuzlab chet ellik ustozlar ham borki, ular ham bor kuch-quvvati, aql-zakovati, malaka-yu mahorati va eng muhimi, iliq mehrini jannatmonand yurtimiz rivoji uchun bag‘ishlagan. Ular mehnatini e’tirof etish bugun biz uchun ham qarz, ham farz.

O‘zA muxbiri yurtimizdagi ta’lim muassasalarida turli fanlardan saboq berayotgan chet ellik muallimlarning O‘zbekiston haqidagi fikri, taassurotlari, shuningdek, Prezident maktabi tizimiga ixtisoslashgan ta’lim va islohotlarga munosabati bilan qiziqdi.

🎥 https://youtu.be/kz67f30wpxQ

Batafsil: https://uza.uz/posts/524967

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#bizning_shunday_oʻqituvchilarimiz_bor
#ijod_maktabi
#ustozlar_kuni

⚡️ Agentligimiz tizimidagi Is’hoqxon Ibrat nomidagi ijod maktabi oliy toifali ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi, 42 yillik mehnat faoliyatiga ega pedagog, "Xalq ta’limi a’lochisi"- Rohila Vohidovaning mehnat faoliyati haqida quyida tanishishingiz mumkin:

“Ijodkor o’qituvchi -2022” anjumanida faol ishtirok etib, Yozuvchilar uyushmasi sertifikati bilan taqdirlangan;
“Ustoz-2022“ milliy mukofoti tanlovining 1 va 2-bosqichlarida muvaffaqiyatli ishtiroki uchun “Tashakkurnoma” bilan taqdirlangan;
10 dan ziyod turli mavzudagi dars ishlanmalari ommalashtirilgan;
20 dan ortiq maqola va metodik tavsiyalari gazeta va jurnallarda bosib chiqarilgan;
10 dan ortiq ilmiy maqolalari bilan mintaqaviy konferensiyalarda ishtirok etgan.

Uning o‘quvchilari qator muvaffaqiyatlarga erishib kelmoqda:

2022-2023 yillarda o’quvchisi Olimjonova Iforaning bir qator nazm yo‘nalishidagi kitoblari nashr qilindi hamda maqolalari xorijiy va milliy jurnallarda chop etildi;
2022-2023 yillarda oʻquvchisi Rustamjonova Odinaning birinchi “Oy shulasi” nomli ilk to’plami nashr qilindi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM