Namangan shahridagi Prezident maktabi
1.63K subscribers
10.6K photos
801 videos
31 files
3.28K links
Namangan shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari

nampm.uz
fb.com/nampmuz
instagram.com/nampmuz
twitter.com/nampmuz
YouTube: bit.ly/nampmuz
Download Telegram
#Muqaddasdir_vatan_bayrogʻi
#Namangan_Prezident_maktabi

🇺🇿 Namangan shahridagi Prezident maktabining 10-sinf o'quvchilari 18-noyabr - O'zbekiston Respublikasi Davlat bayrog'i qabul qilingan sana munosabati bilan "Muqaddasdir vatan bayrog'i" shiori ostida ajoyib loyihaga qo'l urdilar.

🔸 O'quvchi yoshlar Namangan shahrining eng gavjum ko'chalaridan birida o'z qo'llari bilan tayyorlagan Davlat bayrog'i tarixi va ta'rifi aks etgan buklet va bayroqchalarni hamyurtlarimizga taqdim etdilar.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| twitter | youtube
#Muqaddasdir_vatan_bayrogʻi
#Namangan_Prezident_maktabi

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasi bayrog'i milliy g‘urur va iftixorimiz imsolidir. Tiniq osmonda, necha-necha ko‘ngilda muqaddas yurt bayrog‘i hilpiraydi, ongimizni esa tafakkur bayrog‘i nurlantiradi.

⚡️ Ozod va obod Vatanimiz — O‘zbekistonning bayrog‘i ham bizni ulug‘ maqsadlar tomon boshlovchi buyuk mash’aladir.

🌏 Yer yuzida ikki yuzdan ortiq davlat bor va albatta, har bir davlatning o‘z ramzlari, bayrog‘i bor. Har bir bayroq ayricha rang va timsollarga ega. Ular bilan yonma-yon balqib turgan bayrog‘imiz hech kimdan kam emasligimiz va kam bo‘lmasligimizning ifodachisidir.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| twitter | youtube
#Muqaddasdir_vatan_bayrogʻi🇺🇿

⚡️🗒Namangan shahridagi Prezident maktabi o‘quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan ''Davlat ramzi - faxrim g‘ururim'' ijodiy ishlar tanlovi yakunlandi.

🔥Ijodiy ishlarning barchasi o‘ziga xos novatorlik bilan tayyorlangan.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| twitter | youtube