Namangan shahridagi Prezident maktabi
1.65K subscribers
10.5K photos
799 videos
30 files
3.26K links
Namangan shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari

nampm.uz
fb.com/nampmuz
instagram.com/nampmuz
twitter.com/nampmuz
YouTube: bit.ly/nampmuz
Download Telegram
#Xalqaro_hamkorlik
#Koreya

Prezident ta’lim muassasalari agentligining Prezident maktablari bilan ishlash bo'limi boshlig'i To'raboy Shermatov ayni damda o'zaro tajriba almashish dasturi doirasida Koreya Respublikasining Seul shahrida bo’lib turibdi.

❗️Mazkur tajriba almashinuv dasturi Koreya Respublikasining Ta'lim vazirligi va Toshkent shahridagi Koreya ta'lim markazi bilan hamkorlikda tashkil etilgan.

Dasturi doirasida seminar-treninglar davomida:

▶️koreys tili o'qitiladigan ta'lim muassasalarida xorij tilini o'qitish tajribasi,
▶️ta'limda so'nggi texnologiyalardan foydalanish,
▶️istiqboldagi hamkorlik masalalari muhokama qilinishi rejalashtirilgan.

❗️Ushbu seminarlar O'zbekistondagi ta'lim tizimida faoliyat yuritayotgan rahbar kadrlar uchun tashkil etilgan.

📆Dastur 9-dekabrga qadar davom etadi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik

Bugun Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova O‘zbekistonning Yaponiyadagi Favqulodda va Muxtor elchisi Muhsinxo'ja Abdurahmonov bilan uchrashdi.

Unda Agentlik va elchixona o‘rtasidagi o'zaro hamkorlik natijasida bugungi kungacha amalga oshirilgan ishlar va istiqboldagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi.

❗️ Muhsinxo'ja Abdurahmonov, shuningdek Agentlik tizimidagi maktab o‘quvchilarining “Sakura Science High School Program” dasturida ishtiroki yuzasidan Yaponiya tomoni ijobiy fikr bildirganligini alohida ta'kidlab o‘tdi.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Hilola Umarova
#Xalqaro_hamkorlik
#UNICEF

Bugun vazirligimiz tomonidan UNICEF hamda Ta'lim bo‘yicha global hamkorlik tashkiloti (GPE) bilan birgalikda tashkil etilgan “Mahalliy ta'lim guruhi”ning navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

❗️Unda xalqaro va mahalliy mutaxassislar bilan birga 2023–2026-yillarga mo‘ljallangan O‘zbekiston Respublikasi ta'lim sohasini isloh qilishning Milliy yo‘l xaritasi (National Compact)ni ishlab chiqish jarayonlari haqida so‘z yuritdik.

Shuni alohida ta'kidlash kerakki, so‘nggi yillarda Davlatimiz rahbari boshchiligida mamlakatimizda ta'lim sohasini rivojlantirish maqsadida katta islohotlar amalga oshirilmoqda.

✔️Biz zamonaviy ko‘nikmalarga ega, kreativ fikrlaydigan, keng dunyoqarashli yangi avlodni tarbiyalashni maqsad qilib oldik va ushbu maqsadga erishish uchun barcha kuch, bilim, sharoit va imkoniyat safarbar etamiz.

⚡️Ta'lim sohasini isloh qilishning Milliy yo‘l xaritasini ishlab chiqish jarayoni xalqaro hamkorlar bilan birgalikda ta'lim islohoti dasturini amalga oshirish yo‘lidagi birinchi qadamdir.

Umid qilamanki, yurtimizdagi ta'lim tizimini yanada isloh etishda bu kabi ko'plab loyihalar ustida birgalikda ishlaymiz. Maqsadimiz bitta - yoshlarimizning jahon standartlariga mos ta'lim olishlarini ta'minlashdir.
_______
📌Ma'lumot o'rnida, bugun maktabgacha va maktab ta'limi tizimida salkam 40 mingta ta'lim tashkilotlarida 8,4 million nafar farzandlarimizga 700 ming nafarga yaqin pedagog xodimlar ta'lim va tarbiya berib kelmoqda.

👇Bizni kuzatishda davom eting:
Telegram| Instagram| Facebook| Twitter
#Xalqaro_hamkorlik
#Turkiya

TURKIYA NASHRIYOTLARI FAOLIYATI O‘RGANILMOQDA

🔴Ixtisoslashtirilgan ta'lim muassasalari agentligi delegatsiyasi ikki tomonlama hamkorlik va tajriba almashish maqsadida ayni damda Turkiyaning Anqara shahrida bo‘lib turishibdi.

Uchrashuvlar davomida darsliklarni chop etish, ularni ta'lim muassasalariga yetkazib berish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, dastur davomida:

▶️Turkiya Respublikasi Milliy ta'lim vazirligi mas'ul xodimlari bilan darsliklarni nashrga tayyorlash, chop etish masalalarini o‘rganish;

▶️davlat hamda xususiy nashriyotlari faoliyati bilan tanishish;

▶️Turkiya Respublikasi Milliy ta'lim vazirligi mas'ul xodimlari bilan darsliklarni (xususan, matematika, kimyo fanlari) ishlab chiqish bo‘yicha tajriba almashish ko‘zda tutilgan.

✔️Uchrashuvlar davom etmoqda.

👇Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik

Xalqaro hamkorlar bilan taʼlim sifatini oshirish imkoniyatlari muhokama etilmoqda

🔴 Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi tomonidan UNICEF, Ta'lim bo‘yicha global hamkorlik tashkiloti (GPE) hamda boshqa hamkor tashkilotlar bilan birgalikda 2023-2026-yillarda O‘zbekiston Respublikasida taʼlim islohotlarini muvofiqlashtiruvchi "Hamkorlik to‘g‘risidagi milliy kelishuv"ni ishlab chiqish yuzasidan davra suhbati o‘tkazildi.

Unda vazirning birinchi o'rinbosari Usmon Sharifxodjayev, UNICEFning Ta’lim sektori rahbari Alberto Biankoli, Taʼlim boʻyicha global hamkorlik tashkilotining mamlakat guruhi rahbari Lina Benet va boshqa bir qator tashkilotlar vakillari ishtirok etishmoqda.

Mazkur tadbirdan ko'zlangan maqsad:

▶️Taʼlim sifatini oshirish imkoniyatlarini va kamchiliklarni aniqlash orqali yakuniy xulosalar chiqarish;
▶️Hamkorlik toʻgʻrisidagi milliy kelishuv” hujjatida aks etuvchi tizimli islohotlar, ularni amalga oshirish mexanizmlari va investitsiyalarning ustuvor yoʻnalishlarini aniqlash;
▶️Hamkorlik toʻgʻrisidagi milliy kelishuv”ning tarkibiy tematik yoʻnalishlari boʻyicha indikatorlarni ishlab chiqishdan iborat.

📅Davra suhbati ikki kun davom etadi.


Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Xalqaro_hamkorlik
#UNESCO

Bugun Maktabgacha va maktab ta'limi vaziri Hilola Umarova UNESCO tashkilotining Toshkentdagi vakolatxonasi rahbari Sara Noshadi bilan uchrashdi.

Unda UNESCO bilan ta'lim sohasida yo'lga qo'yilgan hamkorlik masalalari hamda istiqboldagi rejalar haqida so'z bordi.

❗️Sara Noshadi O'zbekistonda sifatli ta'limni yo'lga qo'yishda amalga oshirilayotgan ishlarni alohida e'tirof etdi.

Shuningdek, tomonlar uchrashuv doirasida:

▶️ O'qituvchilar malakasini oshirish,
▶️ baholash tizimi,
▶️ inklyuziv ta'lim sohalarida hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilishdi.

✔️Muzokaralar natijasida UNESCO tomonidan yuqoridagi yo‘nalishlarda vazirlikning rivojlanish strategiyasi tamoyillari doirasida hamkorlik qilish bo‘yicha istak bildirildi.

Vazirlikning rasmiy sahifalariga ulanish
Telegram | Youtube | Facebook | Instagram
#Xalqaro_hamkorlik
#World_bank

Bugun Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida Jahon banki vakillari bilan uchrashuv bo’lib o’tdi.

Unda vazir Hilola Umarova, vazir o’rinbosari Uzoqboy Begimkulov, Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha yo‘nalishi global amaliyot boshqaruvchisi Rita Almeyda hamda Jahon bankining O‘zbekistondagi doimiy vakili Marco Mantovanelli ishtirok etishdi.

❗️ Uchrashuvda tomonlar:

professional ta’lim tizimini rivojlantirish,
o’qituvchilar malakasini oshirish sohasida birgalikda loyihalarni davom ettirish hamda
istiqboldagi hamkorlik masalalarini muhokama qilishdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik
#UNOPS

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligida UNOPS xizmatlar ofisi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Unda vazir Hilola Umarova, vazirning birinchi o'rinbosari Usmon Sharifxodjayev, UNOPSning Avstriyadagi ko‘p mamlakatli ofisi direktori Freyya Fon Groote, UNOPSning Toshkentdagi ofisi boshqaruvchisi Brendan Keyrnan ishtirok etishdi.

❗️Uchrashuv avvalida UNOPS vakillari tomonidan tashkilotning asosiy faoliyat yo‘nalishlari haqida ma'lumot berilib, vazirlik bilan samarali hamkorlik aloqalar olib borilayotgani alohida ta'kidlab o‘tildi.

Shuningdek, mehmonlar yurtimizda ta'lim sohasida olib borilayotgan islohotlar va "O'zbekiston - 2030" strategiyasini yuqori baholashdi.

⚡️UNOPS vazirlik bilan maktablar qurilishi, xalqaro investitsiya va grand mablag‘lari loyihalarini muvofiqlashtirish va ularni ishlab chiqishda hamkorlik qilishga tayyorligini ma'lum qildi.

✔️ Ma'lumot o‘rnida, UNOPS Birlashgan Millatlar Tashkilotining loyihalar ofisi bo‘lib, u BMT tomonidan olib boriladigan loyihalarga amaliy yordam ko‘rsatadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Xalqaro_hamkorlik
#Cambridge

⚡️Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi hamda Cambridge University Press & Assessment xalqaro taʼlim tashkiloti oʻrtasida kelgusida amalga oshiriladigan loyihalar, keng koʻlamli ishlar boʻyicha muzokaralar olib borildi.

Cambridge University Press & Assessment xalqaro taʼlim tashkilotining maxsus vakili Darren Perrett Agentlik tizimidagi maktablarda oʻquvchilarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi.

🗣Hamkorlik doirasida Ijod va Ixtisoslashtirilgan maktablarda ingliz tilini oʻqitish sifatini yanada takomillashtirish boʻyicha oʻz takliflarini bildirdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik
#new_Uzbekistan_university

⚡️“Times Higher Education“ tashkiloti bilan hamkorlik aloqalari mustahkamlanmoqda

📆 Bugun Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligida "Times Higher Education" tashkiloti vakillari bilan uchrashuv boʻlib o‘tdi.

❗️Uchrashuv avvalida mazkur reyting agentligi bilan hamkorlik aloqalarining yaxshilanib borayotgani, xususan bugungi kunda "Yangi Oʻzbekiston" universitetida oʻziga xos tadqiqot faoliyati yoʻlga qoʻyilgani taʼkidlab oʻtildi.

🗣Uchrashuv doirasida tomonlar 2024-yilda Oʻzbekistonda oʻtkazilishi rejalashtirilayotgan "Markaziy Osiyo universitetlari forumi"ga tayyorgarlik koʻrish yuzasidan fikr almashishdi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM