Namangan shahridagi Prezident maktabi
1.62K subscribers
10.7K photos
810 videos
31 files
3.3K links
Namangan shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari

nampm.uz
fb.com/nampmuz
instagram.com/nampmuz
twitter.com/nampmuz
YouTube: bit.ly/nampmuz
Download Telegram
#Fakt
#A_Level_imtihoni

A-LEVEL IMTIHONI HAQIDA BILISHINGIZ KERAK BO'LGAN 7 FAKT

1️⃣ A-Level sertifikati dunyoning 95 mamlakatidagi 1750dan ortiq (jumladan, Times Higher Education tashkiloti tomonidan TOP 20 talikka kiritilgan, shuningdek Buyuk Britaniyada joylashgan) oliygohlarda tan olinadi.

2️⃣ 2021-2022-o‘quv yilidagi imtihonlarni Nukus, Xiva, Namangan va Toshkent shahridagi Prezident maktablari o‘tkazadi.
❗️2022/2023-o‘quv yilidan e'tiboran Respublikamiz hududidagi barcha Prezident maktablari mazkur imtihonlarni o‘tkazishi rejalashtirilgan.

3️⃣ Imtihonlar an’anaviy tarzda yilda 2️⃣ marta - oktabr-noyabr hamda may-iyun oylarida bo‘lib o‘tadi.
❗️Kuzgi imtihonlar uchun nomzodlar avgust-sentyabr oylarida, may-iyundagi imtihonlar uchun esa yanvar-fevral oylarida ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.

4️⃣ Cambridge Assessment imtihon uchun 5️⃣0️⃣ dan ortiq turdagi fanni taqdim etadi, talabgor esa3️⃣ tadan 5️⃣ tagacha fan tanlaydi❗️

5️⃣ Cambridge Assessment A-level'dan tashqari AS va IGCSE sertifikatlarini ham beradi.
Prezident maktablari o‘quvchilari:
- IGCSE imtihonini — 8-9-sinfda,
- AS imtihonini —10-sinfda,
- A-level'ni — 11-sinfda topshirishadi.
❗️Chetdan kelgan (Prezident maktablari o’quvchisi bo’lmagan) talabgorlar nechanchi sinfda o‘qishidan qat’i nazar, o‘z bilimi va xohishiga qarab, istalgan turdagi imtihonni topshirishi mumkin.

6️⃣ O‘zbekistonda talabgorlarni ro‘yxatga olish 2️⃣0️⃣- yanvardan keyin boshlanadi.

7️⃣ Imtihon javoblari avgust oyida pochta orqali yuboriladi.
#Fakt
#Hisobot

IJOD MAKTABLARI O'QUVCHILARINING IJODIY YUTUQLARI

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi 9 ta ijod maktabi o'quvchilaridan 59 nafarining ijodiy ishlari to‘plami o'tgan o'quv yilida alohida nashr etildi hamda xorijiy to‘plamlarda chop etildi.

Jumladan, Muhammad Rizo Ogahiy nomidagi ijod maktabining iqtidorli o'quvchilarining she'rlari jamlangan "Ogahiy izdoshlari" nomli to'plami 2000 nusxada, Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabi o'quvchilarining ijodiy ishlarini o'z ichiga olgan "Tong jilvasi" kitobi 1000 nusxada hamda Abdulla Oripov nomidagi ijod maktabi o'qituvchi va o'quvchilarining she'r va hikoyalari jamlangan "Mitti yulduz" to'plami chop etilgan.

❗️Shuningdek, o‘quvchilarning ijodiy ishlarini muntazam to‘plam sifatida nashr ettirish tizimi yo‘lga qo‘yilgan. Mazkur ijodiy ishlardan “Ijod bog‘idan guldasta-2” nomli to‘plam chop etildi.

#Ijod_maktablari


⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Hisobot
#Fakt
#Olimpiada_natijalari

⚡️PREZIDENT TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI TIZIMIDAGI MAKTABLAR O‘QUVCHILARINING 2021-2022-O‘QUV YILIDAGI XALQARO, MINTAQAVIY VA MAHALLIY FAN OLIMPIADALARIDAN ERISHGAN YUTUQLARI

2022-Mintaqaviy xalqaro olimpiada g‘oliblari 10 nafar
- 56-Xalqaro Mendeleyev olimpiadasi – 7 ta medal
- 18-IJSO olimpiadasi – 3 ta medal

Nufuzli xalqaro fan olimpiadalari g‘oliblari 3 nafar
- 54-Xalqaro kimyo olimpiadasi (IChO-2022) – 3 ta medal

Asosiy fan olimpiadasi IV (Respublika) bosqichi g‘oliblari 2 nafar
- Ona tili va adabiyoti – 1 ta medal
- Matematika – 1 ta medal

Onlayn olimpiadalar g'oliblari 237 nafar
- Xalqaro XVI Biologiya olimpiadasi
- MDH Biologiya Olimpiadasi
- AMC/AMO Amerika matematika musobqasi
- VANDA Xalqaro Science musobaqasi va boshqalar.

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Forwarded from Hilola Umarova
#Infografika
#Fakt
#Prezident_maktablari

2022-2023-o'quv yilida Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi 14 ta Prezident maktabiga o'qishga qabul qilingan o'quvchilarning oilaviy ijtimoiy kelib chiqishi haqida TAHLILIY MA'LUMOT.

❗️Yangi o'quv yilida Prezident maktablariga o'qishga qabul qilingan o'quvchilarning 27 foizi qizlar, 73 foizi esa o'g'il bolalardan iborat.
______________
🇬🇧 ANALYTICAL INFORMATION on the social backround of the pupils admitted to 14 Presidential schools under the Agency for Presidential Educational Institutions in the 2022-2023 academic year.

❗️In the new academic year, 27% of pupils admitted to Presidential schools are girls, and 73% are boys.

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#fakt
#imtihon_2023

❗️Prezident maktablarining imtihon savollari xalqaro tashkilot tomonidan tuziladi

Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari agentligi va Cambridge Assessment International Education xalqaro tashkiloti o‘rtasida hamkorlik shartnomasi tuzilgan.

Unga binoan Prezident maktablariga qabul imtihonlari savollari to‘liq mazkur tashkilot tomonidan O‘zbekistondagi umumta’lim maktablarida qo‘llaniladigan o‘quv dasturlari asosida tayyorlanadi hamda aynan shu tashkilot tomonidan imtihon natijalari baholanib, tashkilotning rasmiy veb-saytida e’lon qilinadi.

Agentlikning rasmiy sahifalariga ulanish:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube