Namangan shahridagi Prezident maktabi
1.64K subscribers
10.5K photos
801 videos
30 files
3.27K links
Namangan shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari

nampm.uz
fb.com/nampmuz
instagram.com/nampmuz
twitter.com/nampmuz
YouTube: bit.ly/nampmuz
Download Telegram
#Trening

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan UNESCO tashkiloti bilan hamkorlikda Agentlik huzuridagi maktablar o'qituvchilari malakasini oshirish maqsadida trening mashg'ulotlari o'tkazilmoqda. Mazkur treninglarning navbatdagi manzili Namangan shahridagi Prezident maktabi bo'ldi.

🔰Treningda Namangan shahridagi Prezident maktabi va Is'hoqhon Ibrat nomidagi ijod maktabi o'qituvchilari ishtirok etishdi. Mashg'ulotlardan ko'zlangan maqsad, ishtirokchilarni zamonaviy yondashuvlarni ta'lim jarayoniga tatbiq qilish va ta'limda baholash metodikasi bilan yaqindan tanishtirishdan iborat.

✔️Trening mashg'ulotlari xalqaro toifadagi o'qituvchi-trener Tomas Topham va mahalliy trener-o'qituvchilar boshchiligida o'tkazildi.

📌Bu kabi treninglarni muntazam ravishda gibrid shaklda (ham onlayn, ham offlayn tarzda) tashkil etish ko'zda tutilgan.

https://t.iss.one/nampmuz
#Trening

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan Cambridge Assessment tashkiloti bilan hamkorlikdagi Prezident maktablari va ixtisoslashtirilgan maktablar rahbar va pedagog xodimlarining kasbiy mahoratini rivojlantirishga qaratilgan treningga start berildi.

🔰Ushbu treningdan ko‘zlangan maqsad Prezident maktablarida Cambridge dasturi va qo'llanmalaridan samarali foydalanishlanishni tashkil etish va pedagoglarning kasbiy mahoratini oshirishdir.

🔹Treningni Agentlik rahbari Hilola Umarova ochib berdi:

"Bugun hammangizni bu yerda ko'rib turganimdan xursandman. Ishonamanki, sizlar bilan birgalikda maktablarimizdagi ta'lim sifatini eng yuqori darajaga ko'taramiz. Bunda barcha ishtirokchilarga omad tilayman".

🔸Cambridge tashkilotining ta'lim yo‘nalishi bo‘yicha bosh maslahatchisi Steve King:

"O‘qituvchilar malakasini oshirish maqsadida tashkil etilgan bunday tadbirlar tajriba almashinish maydonidir. Ular nafaqat o‘rganishadi, balki yangi g'oyalar olishadi".

📌Trening 13-sentabrga qadar davom etadi.
#Trening #Xalqaro_tajriba

Xabar berganimizdek, Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan Cambridge Assessment tashkiloti bilan hamkorlikda pedagog-kadrlar malakasini oshirishga qaratilgan trening-mashg'ulotlari bo'lib o'tdi.

🔸Hozirda mazkur treninglar doirasidagi ma'naviy -ma'rifiy tadbir boshlandi.

👉Bizni jonli efirda kuzating.
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Trening #xalqaro_hamkorlik

-Xalqaro tajriba
-Amaliyotga asoslangan bilim
-Interaktiv mashgʻulotlar
-Laboratoriya ishlari
-Oʻzaro fikr almashish imkoniyati...

🎥 Bularning barchasi Prezident taʼlim muassasalari agentligining pedagog kadrlari uchun Cambridge Assessment bilan hamkorlikda tashkil etilgan oʻquv-treningdan oʻrin oldi.
#Mahorat_markazi
#Trening

🔴 O'qituvchilarda trenerlik ko'nikmasini shakllantirishga qaratilgan "Zamonaviy trener dasturi"ning ochilishi va interaktiv mashg'ulotlardan fotoreportaj.

📲 Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazining rasmiy sahifasi: https://t.iss.one/pmm_uz
#Trening
#Nottingham_Trent

Nottingham Trent Universiteti professorlari o'qituvchilar uchun trening o'tkazadi

☑️Prezident taʼlim muassasalari agentligi huzuridagi pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi tomonidan seminar-trening tashkil etilmoqda.

✔️ 24-26-mart kunlari ingliz tili oʻqituvchilari uchun xalqaro seminar-trening boʻlib oʻtadi.

✔️Ushbu seminar Nottingham Trent Universitetining professorlari tomonidan oʻtkaziladi.

✔️3 kunlik seminar-treningda oʻqituvchilar ingliz tilini oʻqitish boʻyicha asosiy gʻoyalar va yondashuvlar bilan faol ishtirok etish imkoniyatiga ega boʻladi.

✔️Bu seminar uch bosqichli loyihaning birinchi bosqichidir.

👉Seminar-treningning keyingi bosqichlarida umumtaʼlim maktablarining ingliz tili oʻqituvchilari ham ishtirok etishi mumkin boʻladi.
#Qabul_2022
#Trening

🔴Qabul jarayonlariga bag'ishlangan seminar-treninglar bo'lib o'tmoqda

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tizimidagi maktablarga 2022-2023-o'quv yiliga o'quvchilar qabuliga tayyorgarlik jarayonlari yuzasidan Agentlik mas'ul xodimlari tomonidan seminar-treninglar tashkil etildi.

❗️Treninglar doirasida qabul jarayonini sifatli tashkillashtirish, talabgor-o‘quvchilarning onlayn topshirilgan hujjatlarini ko‘rib chiquvchi operatorlar uchun amaliy mashg'ulotlar olib borildi.

📍Mazkur treninglar hozirga qadar Agentlik tizimidagi barcha maktablarda bo'lib o'tdi.

⬇️
Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Seminar_trening
#Prezident_maktablari

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan Prezident maktablarining rahbar va pedagog-kadrlari uchun tashkil etilgan "Muvaffaqiyat strategiyalari" seminar-treninglarning 4-kunidan fotoreportaj.

#Trening #Fotoreportaj

✔️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Seminar_trening

⚡️ Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan UNESCO tashkilotining Toshkentdagi vakolatxonasi bilan hamkorlikda tashkil etilgan "Innovatsion pedagogika" treninglarining ochilish marosimidan video-lavha.

#1_kun #Trening #Қўлланма_тақдимоти

⬇️Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube