Namangan shahridagi Prezident maktabi
1.65K subscribers
10.5K photos
799 videos
30 files
3.26K links
Namangan shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari

nampm.uz
fb.com/nampmuz
instagram.com/nampmuz
twitter.com/nampmuz
YouTube: bit.ly/nampmuz
Download Telegram
ISHCHI GURUH 200ga YAQIN HUDUDDAGI IXTISOSLASHTIRILGAN MAKTABLAR FAOLIYATINI O‘RGANDI

Agentlik direktori Hilola Umarova boshchiligidagi Ishchi guruh 25-yanvardan ish faoliyatini boshladi va Respublikamizning barcha viloyatlarida bo‘lib, 200 ga yaqin shahar va tumanlardagi ixtisoslashtirilgan maktablarni o‘rganishdi.

Bugunga qadar Ishchi guruh tomonidan tuman va shaharlardan 190 ta ixtisoslashtirilgan maktablar saralab olindi.

Ayni damda Ishchi guruh Toshkent shahridagi ixtisoslashtirilgan maktablarning faoliyatini o‘rganmoqda.

Batafsil saytimizda

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Dastur_taqdimoti
#Ixtisoslashtirilgan_maktablar

Ixtisoslashtirilgan maktablar uchun biologiya fanidan ta'lim dasturi ishlab chiqildi

Prezident ta'lim muassasalari agentligi tomonidan ixtisoslashtirilgan maktablar uchun biologiya fanidan ishlab chiqilgan ta'lim dasturi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Ta'lim dasturi biologik obyekt, hodisa, jarayonlar tahlili va sintezi, biologik g‘oya, nazariya va fundamental qonuniyatlarni o‘rganish metodlarini amaliyotda qo‘llash;
- biologik obyekt, hodisalarni abstraksiyalash, loyihalashtirish, yangi g‘oyalarni ishlab chiqish kabi ko‘nikmalarini shakllantirishga qaratilgan:

Taqdimotda oliy ta'lim muassasalarining professor o‘qituvchilari, Respublika ta'lim markazining metodistlari hamda Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarning amaliyotchi o‘qituvchilari ishtirok etdi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#Xushxabar
#Халқаро_эътироф

PREZIDENT MAKTABLARI ANGLIYADA HAM EʼTIROF ETILDI

⚡️Cambridge Assessment International Education tashkilotining rasmiy veb-saytida Prezident taʼlim muassasalari agentligi tizimidagi Prezident maktablari hamda iqtidorli o‘quvchilar haqida maqola chop etildi.

⚡️Maqolada Prezident maktablarining O‘zbekiston taʼlim tizimini o‘zgartirish uchun cheksiz imkoniyatlari qayd etilgan. Unda Samarqand, Buxoro, Guliston va Toshkent shaharlaridagi Prezident maktablari haqida so‘z yuritiladi.

❗️O‘quvchilardan o‘zi o‘qiyotgan maktabni bir so‘z bilan taʼriflash so‘ralganda “Yorqin kelajak eshiklarini ochuvchi kalit”, “Orzu” deya javob berishgan...

⚡️Maqolada O‘zbekistonning buyuk tarixi, xususan, Temuriy hukmdor Mirzo Ulug‘bekning Samarqandni ilm-fan markaziga aylantirganligi, oradan qariyb 600 yil o‘tib O‘zbekistonning taraqqiyoti yo‘lida yana ana shunday ulkan ishlar amalga oshirayotganligi haqida so‘z yuritilgan.

👉Maqola bilan batafsil tanishishingiz mumkin.
💻 Namangan shahridagi Prezident maktabida Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhim tashabbus doirasida 3 - tashabbus "Aholi va yoshlar o'rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish" loyihasi doirasida maktabimizda "Kibersport" bo'yicha sinflar kesimida musobaqalar tashkil etib kelinmoqda.

⬇️Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy telegram kanali:
t.iss.one/nampmuz
❇️ Namangan shahridagi Prezident maktabida tonggi "Speech time" Davlat madhiyasi bilan boshlandi.

❇️ Speech time vaqtida maktabimizning 10 - Blue sinf o'quvchisi Akramov Javohir "Prezident maktabi o'quvchisining bir kuni" mavzusida ajoyib videolari bilan ma`lumotlar berib o'tdi. Shundan so'ng O'zbekiston yoshlar ittifoqi Namangan viloyat kengashi bilan hamkorlikda Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta muhIm tashabbus doirasida 3 - tashabbus "Aholi va yoshlar o'rtasida kompyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish" loyihasi doirasida "Kibersport" bo'yicha sinflar kesimida musobaqalar o'tkazilgan edi. Shu musobaqaning final bosqichida g'oliblikni qo'lga kiritgan jamoa o'quvchilari, viloyat yoshlar ittifoqi raisi Muhtarama Abdullaxanova Ravshanovna va maktabimiz direktori Oybek Ohundedayevich Zokirov tomonidan diplom va esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

⬇️Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy telegram kanali:
t.iss.one/nampmuz
A.Madvaliyev.
Ijtimoiy- siyosiy terminlarning qisqacha izohli lug`ati.

Muayyan tilning rivojlanishi jarayonida uning lig`aviy tarkibi, jumladan terminologiyasi boshqa sohalarga qaraganda tez, sezilarli, jiddiy o`zgarishlarga uchraydi.Ushbu lug`atga 4000 ga yaqin ijtimoiy-siyosiy termin va terminologik birikmalar jamlangan "Ijtimoiy- siyosiy terminlarning qisqacha izohli lug`ati" ushbu bo`shliqni bir qadar to`ldirish maqsadida tuzilgan. Lug`at keng kitobxonlar ommasiga mo`ljallangan

.#Prezidentmaktabikutubxonasifondidamavjud #kitoblarIjtimoiysiyosiyterminlarningqisqachaizohlilugati

⬇️Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy telegram kanali:
t.iss.one/nampmuz
⚡️Vengriya elchisi Dyula Kovach Prezident taʼlim muassasalari agentligida bo‘ldi

Mehmonlar uchun Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabida ekskursiya tashkil etildi. Maktab faoliyati, o‘quvchilarning loyihalari bilan tanishtirildi.

Vengriyaning O‘zbekiston Respublikasidagi Favqulodda va muxtor elchisi Muhammad Al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabidagi sharoitlarni yuqori baholab, Agentlik tizimidagi maktablarda zamonaviy bilimlar berilishi, yoshlarning intilishlari chuqur taassurot qoldirganini bildirdi.

Dyula Kovach Agentlik faoliyatiga muvaffaqiyatlar tilab, istiqbolda Vengriya elchixonasi Agentlik bilan hamkorlikda taʼlim sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga tayyorligini taʼkidlab o‘tdi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube