Namangan shahridagi Prezident maktabi
1.64K subscribers
10.5K photos
801 videos
30 files
3.27K links
Namangan shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari

nampm.uz
fb.com/nampmuz
instagram.com/nampmuz
twitter.com/nampmuz
YouTube: bit.ly/nampmuz
Download Telegram
#Vatanparvarlik_oyligi
#hamkorlik

🔰Namangan shahridagi Prezident maktabida "Vatanparvarlik oyligi" doirasida  Milliy gvardiya Namangan viloyati bo'yicha boshqarmasi va Namangan viloyati Qo'riqlash boshqarmasi tomonidan kamondan o‘q otish bo‘yicha navbatdagi o‘quv mashg‘uloti hamda texnikalar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

📌Bu kabi hamkorlik mashg‘ulotlari vatan ozodligi yo‘lida mardona kurash olib borgan buyuk sarkarda Jaloliddin Manguberdining mardligi va jasorati, shonli hayotini targ‘ib qilish orqali o‘quvchilarda Vatanga sadoqat, shijoat va qat’iyat tuyg‘ularini mustahkamlash maqsadida muntazam tashkil etib kelinmoqda.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube
#Vatanparvarlik_oyligi
#Vatan_himoyachilari_kuni
#Uch_avlod_uchrashuvi

Namangan shahridagi Prezident maktabida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi munosabati bilan "Uch avlod" uchrashuvi tashkil etildi.

🎺 Tadbir 07648-sonli harbiy qismning orkestr jamoasi chiqishi bilan boshlandi.

♻️Uchrashuvda Namangan viloyati Mudofaa ishlari bo‘limi Faxriylar ishlari kengashi raisi, iste'fodagi polkovnik Xidirov Xasanjon Inomovich, Namangan viloyati Yoshlar Ittifoqi harbiy bo‘lim boshlig‘i mayor Sarvarbek Abdullayev, Namangan viloyati "Nuroniy" jamg‘armasi Davlatobod tumani boshlig‘i Ahmadjon Mavlanov hamda maorif faxriysi Tohirjon Dadaxanovlar ishtirok etdi.

📚 Tadbir o‘quvchilarda Vatanga muhabbat, yurtga sadoqat, kasbga mehr va mas’uliyat xislatlarini tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Vatanparvarlik_oyligi
#Vatan_himoyachilari_kuni
#Uch_avlod_uchrashuvi

Namangan shahridagi Prezident maktabida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi munosabati bilan "Uch avlod" uchrashuvi o‘tkazildi.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube
#Vatanparvarlik_oyligi
#Jasorat_muzeyi

🔰O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 33 yilligi munosabati bilan Namangan shahridagi Prezident maktabining 5- va 11-sinf o'quvchilari Ichki ishlar vazirligi Namangan akademik litseyida tashkil etilgan "Jasorat muzeyi" bilan tanishdilar hamda "Generallarni yetishtirgan diyor" nomli hujjatli filmni tomosha qildilar.

📌Bu taʼlim sayohatidan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilarning Davlatimiz Qurolli kuchlari haqidagi tasavvurlarini boyitish, harbiy sohaga qiziqishlarini yanada kuchaytirish, ularda vatanparvarlik va jasorat tuyg‘ularini rivojlantirishdan iboratdir.

Namangan shahridagi Prezident maktabi rasmiy sahifalari:
telegram | facebook | instagram| youtube