Namangan shahridagi Prezident maktabi
1.64K subscribers
10.5K photos
801 videos
30 files
3.27K links
Namangan shahridagi Prezident maktabining rasmiy sahifalari

nampm.uz
fb.com/nampmuz
instagram.com/nampmuz
twitter.com/nampmuz
YouTube: bit.ly/nampmuz
Download Telegram
#Yil_sarhisobi

Bugun Prezident ta'lim muassasalari agentligi direktori Hilola Umarova boshchiligida 2022-yil davomida Agentlik va tizimidagi ta'lim muassasalari faoliyati sarhisobiga bag'ishlangan yig'ilish bo'lib o'tdi.

Unda Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar hamda hududiy bo'limlar rahbarlari ZOOM platformasi orqali onlayn ishtirok etishdi.

Yig'ilish davomida 2022-yil davomida qo'lga kiritilgan yutuqlar hamda istiqboldagi rejalar haqida so'z yuritildi.

📍Unda shuningdek ixtisoslashtirilgan maktablarda o'tkazilgan choraklik summativ baholash natijalari, 1-2-choraklarda erishilgan natijalar haqida ma'lumot berildi.

⬇️ Biz ijtimoiy tarmoqlarda:
Veb-sayt | Telegram | Instagram | YouTube
#yil_sarhisobi
#yanvar_2024

⚡️2024-YIL YANVAR OYIDA AGENTLIK HAYOTIDAGI MUHIM VOQEA-HODISALAR DAYJESTI

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchisi Asilbek Sunnatov 20-Xalqaro Jautikov olimpiadasida Informatikadan oltin medalni qoʻlga kiritgan ilk oʻzbekistonlik bo‘ldi.

Agentlik hamda Amerika Qo‘shma Shtatlarining Cognia xalqaro ta’lim tashkiloti oʻrtasida memorandum imzolandi.

"Robo-Coding" olimpiadasining Agentlik bosqichi oʻtkazilib, gʻolib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.

Namangan shahridagi Prezident maktabida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari qoʻmondoni, general-mayor Oybek Saidov bilan uchrashuv tashkil etildi.

“Lider o‘qituvchilar” olimpiadasining Agentlik bosqichi oʻtkazilib, gʻolib va sovrindorlar munosib taqdirlandi.

“Yangi O‘zbekiston armiyasi — mamlakat qudrati, yuksak gʻurur va sadoqat timsolidir!” shiori ostida “Vatanparvarlik oyligi” doirasida Agentlik tizimidagi Prezident, ijod, ixtisoslashtirilgan maktab va maktab-internatlarida bayram tadbirlari oʻtkazildi.

Agentlik tizimidagi barcha maktablarda STEM fanlar olimpiadasining maktab bosqichi oʻtkazildi.

Agentlik tizimidagi “Yangi O‘zbekiston” universitetiga 2024/2025-oʻquv yili uchun oʻqishga hujjatlar qabuli yuzasidan matbuot anjumani tashkil etildi.

Andijon shahridagi Prezident maktabida “Andijon yoshlar forumi” doirasida “Hokim va sardorlar” uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yil_sarhisobi
#sentabr_2024

⚡️2024-YIL SENTABR OYIDA AGENTLIK HAYOTIDAGI MUHIM VOQEA-HODISALAR DAYJESTI

Prezident , ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktablarda 2024/2025-oʻquv yili boshlanishi munosabati bilan "Bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – Vatanmiz!" shiori ostida bayram tadbirlari tashkil etildi.

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining Nukus filiali, Pop tuman ixtisoslashtirilgan maktabi, Oqdaryo tuman 2-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati oʻz faoliyati boshladi.

Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi hamda Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabi uchun o‘tkazilgan kirish imtihonlari natijalari e’lon qilindi.

Bahodir Jalolov nomidagi boksga ixtisoslashtirilgan sport maktabi, Oksana Chusovitina nomidagi gimnastikaga ixtisoslashtirilgan sport maktabida yangi oʻquv yili boshlandi.

Kembrij universitetining Yevropa va Oʻrta Osiyodagi taʼlim islohotlari boʻyicha rahbari Steve King Nukus shahridagi 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internatida boʻlib, ta'lim maskanida oʻquvchilarga yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Boks boʻyichaOsiyo chempionatida Sportchi-oʻquvchilarimiz sovrindor boʻldi.

36-Xalqaro Informatika Olimpiadasida Navoiy shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktab-internati bitiruvchisi, "Yangi Oʻzbekiston" universiteti talabasi Mardon Hazratov bronza medalini qoʻlga kiritdi.

Fargʻona shahridagi Prezident maktabi, Namangan shahar 1-son ixtisoslashtirilgan maktabi oʻquvchilari IELTS imtihonidan 8,5 ballga ega boʻldi.

“Xon atlas” festivali doirasida Agentligimiz tizimidagi taʼlim muassasalarida maʼnaviy-maʻrifiy tadbirlar, koʻrgazmalar, modalar namoyishi, chellenjlar tashkil etildi.

Xiva, Nukus, Qarshi shahridagi Prezident maktabi oʻquvchilari SAT imtihonida yuqori natija koʻrsatdi.

Agentlik direktori Alisher Ubbiyev "Yangi Oʻzbekiston" universiteti talabalar turar joyida yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishib, talabalar bilan muloqot qildi.

“Yangi Oʻzbekiston” universitetida tayanch doktorantura va doktorantura ixtisosliklari tashkil etildi.

Fargʻona shahridagi Prezident maktabi tomonidan Soʻx tumanidagi 3-IDUMda taʼlim jarayonlarini yangicha baholash tizimi boʻyicha oʻquv-seminari oʻtkazildi.

Namangan shahridagi Prezident maktabi hamda Sharqiy harbiy okrug qoʻshinlari bilan hamkorlikda oʻquvchi-yoshlar ishtirokida “Harbiy qismda bir kun” loyihasi amalga oshirildi.

“Zakovat” intellektual turnirining hududiy bosqichi boʻlib oʻtdi.

3-Xalqaro ochiq astronomiya olimpiadasida oʻquvchilarimiz gʻolib va sovrindor boʻldi.

Andijon, Fargʻona, Namangan viloyatlaridagi ixtisoslashtirilgan maktablar ChQBT fani oʻqituvchilari oʻquv-uslubiy yigʻinda qatnashdi.

Agentlik delegatsiyasi Letovo xalqaro maktabida tajriba almashinuv jarayonida qatnashdi.

“Vatan tayanchi” ko‘krak nishoni va guvohnomalarini tantanali topshirish marosimi oʻtkazildi.

"Yangi Oʻzbekiston" universitetida oliy taʼlim muassasalarining Talabalar kengashi prezidentlari uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, general-mayor Hamdam Qarshiyev bilan muloqot tashkil etildi.

 
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#yil_sarhisobi
#oktabr_2024

⚡️2024-YIL OKTABR OYIDA AGENTLIK HAYOTIDAGI MUHIM VOQEA-HODISALAR DAYJESTI

Agentlik direktori Alisher Ubbiyev Sirdaryo viloyatidagi maktablarda oʻrganish olib bordi.

Qoraqalpogʻiston Respublikasi, Sirdaryo , Fargʻona, Andijon, Namangan, Jizzax, Samarqand, Xorazm, Buxoro, Navoiy, Surxondaryo, Qashqadaryo viloyatlarida joylashgan Prezident, ijod hamda ixtisoslashtirilgan maktab oʻquvchilariga “Vatan tayanchi” koʻkrak nishoni va guvohnomalari topshirildi.

"Ixtirochilikka qadam" Respublika tanlovi eʼlon qilindi.

Agentlik direktori Alisher Ubbiyev Turkiya Respublikasi Prezidenti administratsiyasi vakillari bilan uchrashdi.

Namangan shahridagi Prezident maktabi, Jizzax shahar 2-son ixtisoslashtirilgan maktabi hamda Beruniy, Shayxontohur tuman ixtisoslashtirilgan maktablarida O‘zFA akademiklari ishtirokida mahorat darslari tashkil etildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Milliy gvardiyasi rahbariyati bilan yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash boʻyicha hamkorlik loyihalari kelishib olindi.

Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi rahbariyati Halima Xudoyberdiyeva nomidagi ijod maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Erkin Vohidov nomidagi ijod maktabida Fargʻona viloyati hokimi Xayrullo Bozorov bilan muloqot tashkil etildi.

Agentlik huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi mutaxassislari Buyuk Britaniyada malaka oshirdi.

Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari Sharqiy harbiy okrug qo‘shinlari qo‘mondoni bilan uchrashuv tashkil qilindi.

“Zakovat” turnirining respublika bosqichi oʻtkazildi.

Nobel mukofoti sovrindori Jan Tirolning maxsus ma’ruzasi tashkil etildi.

Oʻquvchimiz toʻliq grant asosida Turkiyadagi nufuzli universiteti talabasi boʻldi.

Xalifa universiteti Prezidenti Ibrahim Al-Hajri Toshkent shahridagi Prezident maktabi faoliyati bilan yaqindan tanishdi.

Massachusets texnologiyalari instituti professori bilan muloqot boʻlib oʻtdi.

Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktabining oʻquvchisi IELTSdan 8 ballni qo‘lga kiritdi.

 
“Xalqaro STEAM Ozarbayjon" festivalida oʻquvchilarimiz gʻolib va sovrindorlar safidan joy oldi.

Agentlik ishchi guruhi tomonidan Qashqadaryo viloyatidagi maktablar faoliyati oʻrganildi.

Agentlik delegatsiyasi Koreya Respublikasida boʻlib, tegishli yoʻnalishlarda tajriba almashdi.

 
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM