NamDTU | Yoshlar bilan ishlash
3.41K subscribers
33.7K photos
2.17K videos
83 files
8.2K links
Download Telegram
26-iyun "Giyohvandlikka qarshi kurash kuni!"

Namangan muhandislik-texnologiya institutida 26-iyun giyohvandlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan Namangan viloyati hokimligi, Namangan viloyati ichki ishlar boshqarmasi, Namangan viloyati sog‘likni saqlash boshqarmasi va soha mutaxassislari ishtirokida ''Yoshlar giyohvand va psixotrop moddalar iste'moliga qarshi'' mavzusi bo‘yicha profilaktik mazmundagi davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbati davomida mutaxassislar tomonidan talabalar o‘rtasida keng qamrovli profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi.

©Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati.
👍1
Xayrli tong!

Bugungi ob-havoning harorati kunduzi 32° va kechasi 21° bõlib õtadi.

Ayni paytdagi ob-havo harorati
22°

Shamol tezligi: 3 km/h, Northwest
Quyosh chiqishi: June 22, 2022 at 04:41AM
Quyosh botishi: June 22, 2022 at 07:49PM
Ultrabinafsha indeksi: 1
Havo namligi: 52 %

Kanalga ulanish @nammtiuz

Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Forwarded from Edu.uz
📢 ЭЪЛОН!

🔰 Аввал хабар берганимиздек, “Кимё”, “Биология”, “Физика” ва “Информатика ва ахборот технологиялари” фанларидан республика фан олимпиадасига ҳужжат қабул қилинди.

🗓 2022 йил 24 июнь куни олимпиада имтиҳонлари бўлиб ўтади.

📍Республика фан олимпиадалари бўлиб ўтадиган олий таълим муассасалари:

🏛 Ўзбекистон миллий университети — физика, биология;
🏛 Тошкент ахборот-технологиялар университети — информатика ва ахборот технологиялари;
🏛 Тошкент кимё-технология институти — кимё.

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
👍1
Audio
#OAV_BIZ_HAQIMIZDA
FM 103.6 "Oltin zamin" radiosining "Kun mavzusi" radioeshittirishida Namangan muhandislik-texnologiya instituti Qabul komissiyasi mas'ul kotibi Jamoliddin Ergashevning joriy yildagi qabul jarayonlari yuzasidan bergan intervyusi radiotinglovchilarga taqdim qilindi.

©Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati
👍1
👍1
⚡️Namangan muhandislik-texnologiya institutida OAV vakillari ishtirokida PRESS-TUR tashkil etildi

Bugun Namangan muhandislik-texnologiya institutining ilmiy, o‘quv va ma’naviy-ma’rifiy sohalarda erishayotgan yutuqlari bilan ommaviy axborot vositalarini yanada yaqinroq tanishtirish maqsadida institut bo‘ylab press-tur tashkil etildi.

Institutining 8-o‘quv binosida boshlangan tur davomida jurnalistlar “IT-PARK”, Qishloq xo‘jaligi mahsulotlari texnologiyasi, Manzarali bog‘dorchilik va ko‘kalamzorlashtirish ta’lim yo‘nalishlarining laboratoriyalari, “KO-WORKING” hamda “Kar’yera” markazlarida va institutning qo‘shma ta’lim bo‘limida bo‘lishdi. Unda ayni kunlarda talabalar va yosh tadqiqodchilar tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqod ishlari, amaliy, futdamental hamda Startap loyihalarining borishi bilan yaqindan tanishdilar. 9-o‘quv binosida esa texnologik yo‘nalishlar uchun tashkil etilgan zamonaviy laboratoriya jixozlari, Gidrogel ishlab chiqarish texnologiyasi ommaviy axborot vositalarida katta taassurotlarlar qoldirdi.

Namangan muhandislik-texnologiya institutitining markaziy o‘quv kompusida davom etgan tur davomida O‘zbekistonda yagona bo‘lgan talabalar ishlab chiqargan mahsulotlar sotiladigan do‘kon faoliyati ham ko‘pchilikning katta qiziqishiga sabab bo‘ldi. Jurnalistlar NamMTI talabalari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarini yuqori baholashdi.

Shundan so‘ng, Laboratoriyalar markazida tashkil etilgan “NAMMTI-KNITWEAR-INNOVATION” Unitar korxonasi faoliyati bilan tanishildi va talaba-yoshlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni tayyorlash jarayonlari kuzatildi. Oziq-ovqat texnologiyasi ta’lim yo‘nalishining yangi o‘quv laboratoriyasida esa yosh tadqiqodchilar o‘zlari ixtiro qilgan texnologiyalari asosida pishiriqlar tayyorlab mehmonlarga taqdim qildilar.

Sport sohasida talabalarimiz tomonidan qo‘lga kiritilayotgan yutuqlar ham ommaviy axborot vositalarining e’tiboridan chetda qolmadi. Yopiq sport markazida o‘tkazilgan muloqotlar davomida jurnalistlar sport sohasidagi natijalar yuzasidan ma’lumotlar olishdi.

©Namangan muhandislik-texnologiya instituti Axborot xizmati
👍7👏2🔥1