NamMTI | Rasmiy kanali
4.25K subscribers
30.9K photos
1.93K videos
79 files
7.66K links
Namangan muhandislik-texnologiya instituti rasmiy kanali

nammti.uz
fb.com/nammtiuz
instagram.com/nammtiuz
x.com/nammtiuz
youtube.com/c/nammtiuz

Bank rekvizitlari:
t.iss.one/nammtiuz/174
Download Telegram
📣📣📣  Zamonaviy IT kasblarini NamMTI IT Park’da o'rganing!

👨‍💻 👩‍💻 Dasturlash va kompyuter bilimlarini o'rganmoqchimisiz
?

Unda sizni NamMTI IT Parkidagi "Dasturiy mahsulotlar ishlab chiquvchi va zamonaviy o'quv kurslar markazi"ga taklif qilamiz.
Bizda kompyuter bilimlarini "0" dan o'rganishingiz mumkin.

Bizning kurslar :
  Kompyuter savodxonligi ( 1 oy )

Web dasturlash :
  Frontend  ( 7 oy )

  Backend ( 6 oy )


👨‍💻 Darslar IT kompaniyalarda faoliyat yurituvchi Mutaxassislar tomonidan olib boriladi.

💻 Bizda kurs uchun zamonaviy kompyuterlar, IT muhit, shinam va qulay xonalar mavjud.

⌛️Vaqtdan unumli foydalaning va kurslarimizga ro'yhatdan o'ting.

🏳️ Manzil: NamMTI 8-bino IT Park

📞 Murojaat uchun  +998970371417

🧑🏼‍💻 Admin: @it_nammti

Telegram  | Instagram
#Forum#xalqaro hamkorlik#

Forum davomida anglashuv memorandumlari imzolanmoqda

Belarus hamda Oʻzbekiston oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirokidagi forumda oʻzaro hamkorlik memorandumlari imzolanmoqda.

Xususan, Namangan muhandislik-texnologiya instituti bilan Belarusiya davlat informatika va radioelektronika universiteti oʻrtasida anglashuv memorandumlari imzolandi.

Unga koʻra,tomonlar mexatronika, robototexnika, sunʼiy intellekt, IT hamda virtual reallikka asoslangan 3 o'lchamli tizimli dasturiy taʼminot sohalarida o'zaro hamkorlikda ish olib boradilar. Sohalar kesimida, NamMTI hamda Belorus davlat informatika va radioelektronika universiteti o'rtasida qoʻshma loyihalar, uzoq va qisqa muddatli stajirovkalar amalga oshiriladi. Venchur korxonalar bilan hamkorlik qilishda mazkur universitet tajribasidan foydalanib yangi loyihalar yoziladi.

Forum doirasida hamkorlik kelishuvlari davom etmoqda.

©NamMTI Axborot xizmati
#LIVE
#FOTOREPORTAJ | #Forum

Belarus hamda Oʻzbekiston oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirokidagi forumdan fotoreportaj


Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori Odiljon Mamatkarimov Belarusiya oliy ta’lim muassasalari rektorlari bilan diplomatik uchrashuvda hamkorlik munosabatlarni yanada mustahkamladi.

©NamMTI Axborot xizmati
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Xalqaro_hamkorlik

Avval xabar qilganimizdek, ayni kunlarda Oʻzbekiston milliy universitetida Belorus-Oʻzbekiston OTMlararo hamkorlik aloqalarini rivojlantirishga  bagʻishlangan davra suhbati  hamda taʼlim forumi boʻlib oʻtmoqda.

Mazkur forumda institut rektori O.Mamatkarimov ham ishtirok etib, akademik mobillik hamda qo'shma taʼlim dasturlarini tashkil qilishdagi muammo va yechimlar, kelgusidagi taʼlim yo'nalishlarini belgilash borasidagi muhokamalarda qatnashdi va hamkorlar bilan bir qator kelishuvlarga erishildi.

Forum davomida NamMTI hamda Belorus davlat texnologiya universiteti bilan aniq yoʻnalishlar kesimida ahdlashuv protokoli imzolandi. Unga koʻra - Belarus OTMlari va ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlikda muhandislik, avtomatika va energetika sohalaridan yiliga 12 nafardan talabalarni ishlab chiqarish amaliyotlarini Belarusda tashkil qilish kabi bir qator muhim masalalar belgilab olindi.

©NamMTI Axborot xizmati