NamMTI | Rasmiy kanali
4.23K subscribers
31.3K photos
1.95K videos
79 files
7.75K links
Namangan muhandislik-texnologiya instituti rasmiy kanali

nammti.uz
fb.com/nammtiuz
instagram.com/nammtiuz
x.com/nammtiuz
youtube.com/c/nammtiuz

Bank rekvizitlari:
t.iss.one/nammtiuz/174
Download Telegram
#LIVE

Bir necha daqiqalardan so'ng Pekin shahrida O‘zbekiston-Xitoy ta’lim forumi o‘z ishini boshlaydi

Xabar berganimizdek, mazkur forumda institutimiz rektori Odiljon Mamatkarimov hamda Xalqaro aloqalar boʻlim boshligʻi Ahror Tursunov ishtirok etmoqda.

Oʻzbekiston-Xitoy taʼlim Forumi doirasida Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori O.Mamatkarimovning “Fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasida xalqaro hamkorlik” mavzusida maruza bilan chiqishi rejalashtirilmoqda.

Shuningdek, bugungi forumda Xitoy oliy ta’lim muassasalari bilan kelishilgan ikki tomonlama hujjatlar - bayonnoma, anglashuv memorandumlari va bitimlar izmolanishi koʻzda tutilgan.

©NamMTI Axborot xizmati
Kanalga ulanish
@nammtiuz
#FORUM | NamMTI rektori Pekinda O‘zbekiston-Xitoy ta’lim forumida ma'ruza o'qidi

Xabaringiz bor, Pekinda O‘zbekiston-Xitoy ta’lim forumi bo‘lib o‘tyapti. Ayni chog’da Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori Odiljon Mamatkarimov forumda “Fan, ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasida xalqaro hamkorlik” mavzusida ko’rgazmali prezentatsiya orqali ma’ruza o’qidi.

Odiljon Mamatkarimov ma’ruzasida Namangan viloyati O‘zbekiston Respublikasining sanoat va madaniy rivojlanishida yetakchi o‘rinlardan birini egallashi, mintaqadagi asosiy sanoat tarmoqlari: mashinasozlik, elektrotexnika, kimyo sanoati va qishloq xoʻjaligi rivojlangani hamda Viloyatdagi xorijiy qo‘shma korxonalarning asosiy foizini Xitoy korxonalari tashkil etshi haqida so’z yuritdi.

Institut ushbu yirik ishlab chiqarish korxonalari bilan hamkorlik qilib, talabalarning amaliyot o’tashi uchun sharoitlar yaratilgani va bu yuqori natija berayotgani xususida alohida to'xtalib o'tdi.

©NamMTI Axborot xizmati
#FORUM | O‘zbekiston-Xitoy ta’lim forumida NamMTI rektori O.Mamatkarimov dolzabr takliflarni ilgari surdi

Institut rektori O.Mamatkarimov o’z ma’ruzasi davomida Xitoy OTMlari bilan hamkorlikning dolzarb yo‘nalishlari bo‘yicha takliflarini bildirdi.

Unda Xitoy universitetlari bilan talabalar uchun yozgi va qishki maktablarni tashkil etish, energetika, kimyo texnologiyasi yo‘nalishlari bo‘yicha maqsadli magistrlar tayyorlashni yoʻlga qoʻyish, NamMTIga yiliga 2 nafar professor-o‘qituvchilarni "Visiting professor” va “Bir makon – bir yo‘l” dasturlari asosida uzoq va qisqa muddatlarga taklif qilish, shuningdek, institut talabalari va bitiruvchilarini Jiyansu provinsiyasi tomonidan tashkil etiladigan qisqa muddatli o‘quv kurslariga va amaliy mashg‘ulotlarga yuborish uchun Xitoyning “Jacquart Weaving Expert” ishlab chiqarish kompaniyasi bilan hamkorlik qilish va boshqa shu kabi takliflar bayon etildi.

Institut rektorining bergan takliflari hamkorlar tomonidan yuqori baholandi.

Forum oʻz ishini davom ettirmoqda
"Yangi O'zbekiston" gazetasining rasmiy saytida Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori Odiljon Mamatkarimovning "Oʻzbekiston – Xitoy: taʼlim sohasidagi hamkorlikning yangi sahifalari ochilmoqda" sarlavhali maqolasi nashr etildi.

Batafsil:https://yuz.uz/news/ozbekiston--xitoy-talim-sohasidagi-hamkorlikning-yangi-sahifalari-ochilmoqda-

©NamMTI Axborot xizmati
🟥🟥🟥 NamMTIda "Yil talabasi-2023" tanlovining institut bosqichi g'oliblari taqdirlandi.

Xabaringiz bor "Yil talabasi-2023" tanlovining institut bosqichi o'tkazilgan edi. Bugun institutimizda ana shu tanlovda g'olib bo'lgan ishtirokchilarni taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi.

😀 Iste'dodli talaba-yoshlarni institutimiz rektori maslahatchisi M.Xodjayev taqdirlab, yoshlarga kelgusida qilinishi kerak bo'lgan ishlarni aytgan holda kelajakdagi faoliyat uchun ulkan zafarlar tiladi.

Barcha g'olib ishtirokchilar diplom bilan taqdirlandi va pul mukofotlari talaba-yoshlarga o'tkazib berildi.

©NamMTI Axborot xizmati
Kanalga ulanish
@nammtiuz
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Manaviyat.edu.uz
Jadidlar.uz platformasi ishga tushdi.

💠 250 ga yaqin jadidlar turmushi, ishi va merosiga oid qimmatli maʼlumotlar, hujjatlar, asarlarni o‘zida jamlagan Jadidlar.uz platformasi ishga tushdi.

🔹Jadidlar.uz platformasi 2021–2023-yillar davomida Vazirlar Mahkamasi qoshidagi O‘zbek tilini rivojlantirish jamg‘armasi buyurtmasiga ko‘ra Tarix instituti xodimlari tomonidan tayyorlangan.

🔰Ushbu platformaga hozirga qadar jadidlarga tegishli bo‘lgan 174 ta asar, 1000 dan ortiq maqola, 120 ga yaqin sheʼrlar hamda 500 ga yaqin hikmatli so‘zlar kiritilgan bo‘lib, portal jadidlarga oid yangi maʼlumotlar bilan doimiy to‘ldirib boriladi. Bundan tashqari, ushbu platformaga jadidchilikni o‘rganuvchi manbalar sifatida 200 ga yaqin suratlar, 38 ta eshituvlar, 20 ga yaqin ko‘ruvlar va 73 ta arxiv yig‘ma jildlari kiritilgan. Shuningdek, jadidchilikga oid tadqiqotlar sifatida 95 ta asar, 223 ta maqola, 37 ta dissertatsiya va 9 ta xotira asarlari yuklangan.

Siz ham ushbu platformaga kirib ko‘ring va o‘z fiklaringizni izohlarda qoldiring.

👉 Rasmiy sahifalarimiz
: Telegram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Forum2024
#LIVE

O‘zbekiston-Xitoy ta’lim forumi ishtirokchilari Xitoy xorijiy tillar almashinuvi va hamkorlik markaziga tashrif buyurdilar

Markaz faoliyati to‘g‘risidagi  taqdimotdan so‘ng xitoy tilini o‘qitishga ixtisoslashtirilgan Namangan muhandislik-texnologiya instituti rektori sohada amalga oshirilayotgan hamkorlik ishlar haqida batafsil ma’lumot berdilar.

Shuningdek, O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari rahbarlari qatorida NamMTI rektori O.Mamatkarimov ham markaz huzurida tashkil etilgan badiiy-texnologik ko‘rgazma bilan tanishdi.

NamMTI Axborot xizmati
Kanalga ulanish
@nammtiuz