NamMTI | Rasmiy kanali
4.23K subscribers
31.1K photos
1.93K videos
79 files
7.71K links
Namangan muhandislik-texnologiya instituti rasmiy kanali

nammti.uz
fb.com/nammtiuz
instagram.com/nammtiuz
x.com/nammtiuz
youtube.com/c/nammtiuz

Bank rekvizitlari:
t.iss.one/nammtiuz/174
Download Telegram
NamMTI NEWS | Talabalar turar joyiga nuroniylar tashrif buyurishdi

Sir emaski bugungi kunda mamlakatimizda yoshlarga e'tibor davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan.
Bu borada barcha sohalar qatori oliy ta'lim tizmida ham izchil islohotlar amalga oshirilmoqda.

Bir guruh nuroniylar Namangan muhandislik-texnologiya instituti Talabalar turar joyida bo‘lishdi. 1-darajali davlat mukofoti sohibi, sobiq Namangan shahar hokimi va Oliy Majlis deputati sifatida ko‘p yillar samarali mehnat qilgan Muhammadjon Karimov, 1-darajali davlat mukofoti sohibi, ko‘p yillar qishloq xo‘jaligida mehnat qilgan Baxtiyor Mallabayev hamda Davlatobod tuman hokimi maslahatchisi, "Nuroniy" jamg‘armasi Davlatobod tuman bo‘limi raisi Ahmadjon Mavlyanov talabalar turar joyini koʻzdan kechirdilar.

Institutning birinchi prorektori Ma'rufjon Qayumov talabalar turar joyida yaratilgan qulayliklar va imkoniyatlar bilan yaqindan tanishtirdi. Nuroniylar institutda tashkil etilgan tizimli ishlarga yuqori baho berdilar.

Kanalga ulanish @nammtiuz
NamMTI NEWS | Institut rektori O.Mamatkarimov VI-xalqaro ilmiy-amaliy anjumanda ishtirok etdi

Fargʻona shahrida boʻlib oʻtgan VI-xalqaro ilmiy-amaliy anjuman “Yarim oʻtkazgichli mikro va nanostrukturalarda optik va fotoelektrik xodisalar” mavzusiga bagʻishlandi.

Unda respublika va xorijdan akademiklar, yetakchi olim va yosh tadqiqotchilar ishtirok etdi. Konferensiyada ishtirokchilar tomonidan yarim oʻtkazgichlar, optik va fotoelektrik sohalarda qoʻlga kiritilgan eng soʻnggi yangiliklar boʻyicha maʼruzalar qilindi.

©NamMTI Axborot xizmati
Kanalga ulanish
@nammtiuz
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#Fleshmob | #Xon_atlas_chellenj |#fotoreportaj
#Oʻzmaqsadlaringnibil

NamMTI NEWS | “Xon atlas” festivali institut akademik litseyida davom etdi

NamMTI akademik liseyida talaba qizlar hamda ayol o‘qituvchi-murabbiylar oʻrtasida "Xon atlas" festivali yuqori saviyada tashkil etildi.

Festivalda barcha xotin-qizlar milliy liboslarimiz bo‘lmish-xon atlas va adras, shoyi liboslarda jam boʻldilar.

Tadbir to‘rt bosqichda tashkil etildi:

▫️O‘quvchi va o‘qituvchilardan tuzilgan modalar kolleksiyasi namoyishi;

▫️Musiqiy chiqishlar, milliy kuy-qo‘shiqlar;

▫️O‘quvchi qizlar tomonidan ijro etiluvchi milliy raqslar;

▫️Eng yaxshi foto.

Tashkil etilgan tadbir barchaga xush kayfiyat, milliy iftixor tuyg‘ularini ulashdi. Ayniqsa, o‘z sohasida katta yutuqlarga erishayotgan ayol murabbiylar va oʻquvchi qizlarning taqdirlanishi barchaga katta motivatsiya berdi.

©NamMTI Axborot xizmati
Kanalga ulanish
@nammtiuz
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#TABRIK | TALABALAR VA YOSHLAR JAMOASI NOMIDAN

Namangan muhandislik-texnologiya instituti talabalari va yoshlar jamoasi nomidan barcha ustozlarimizni "1 oktyabr - o'qituvchi va murabbiylar kuni" bilan tabriklaymiz!

BAYRAMINGIZ QUTLUG' BO'LSIN AZIZ USTOZLAR!

Kanalga ulanish
@nammtiuz

Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#eʼtirof

Bir guruh soha vakillari “Oliy taʼlim aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining buyrugʻiga ko‘ra 1-oktabr – Oʻqituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan oliy taʼlim sohasida vijdonan faoliyat olib borib, yosh avlodning sifatli taʼlim olishida oʻzining fidokorona mehnati bilan namuna boʻlayotgan, tizim rivoji uchun oʻzining munosib hissasini qoʻshib kelayotgan bir guruh soha fidoyilari “Oliy taʼlim aʼlochisi” koʻkrak nishoni bilan taqdirlandi.

Ushbu koʻkrak nishoni bilan taqdirlanganlarning har biri bazaviy hisoblash miqdorining toʻrt baravaridagi pul mablagʻi bilan mukofotlanadi.

Taqdirlanganlar 👈

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Ilhomjon Hojiyev
NamMTI NEWS | 1-oktabr "Ustoz va murabbiylar kuni" munosabati bilan sportning futbol va voleybol turi bo'yicha musobaqalari yakuniga yetdi.

Xabaringiz bor institutda 1-oktabr "Ustoz va murabbiylar kuni" munosabati bilan institut ustoz va murabbiylar o'rtasida sportning mini futbol va voleybol turlari bo'yicha "Rektor kubogi" musobaqalariga start berilgan edi. Bugun mazkur musobaqaning yakuniy final bosqichlari bo'lib o'tdi.

Murosasiz va qizg'in baxslarga boy o'tgan musobaqaning yakuniy natijalari quyidagicha.

⚽️FUTBOL musobaqasi bo'yicha.
🥇1-o'rin Muhandislik texnologiyasi fakulteti jamoasi.
🥈2-o'rin Qishloq xo'jaligi maxsulotlari texnologiyasi fakulteti jamoasi.
🥉3-o'rin Iqtisodiyot fakulteti jamoasi.

🏐VOLEYBOL musobaqasi bo'yicha.
🥇1-o'rin Iqtisodiyot fakulteti jamoasi.
🥈2-o'rin Muhandislik texnologiyasi fakulteti jamoasi.
🥉3-o'rin Kimyo texnologiya fakulteti jamoasi.

©NamMTI Axborot xizmati
Kanalga ulanish
@nammtiuz
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube