NAMANGAN KADASTR
1.53K subscribers
12.8K photos
1.07K videos
9 files
5.08K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Kadastr xizmatiga ham tegishli yana bir qaror qabul qilindi.

🇺🇿 “Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik sohasida davlat siyosatini takomillashtirish va samaradorlikni oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-347-son, 04.10.2024 y.) qabul qilindi

Qarorga ko‘ra,

🔷 2025 yil 1 dekabrgacha:

🔹 50 ta tumanda, 2026 yilda qolgan tumanlarda 50–100 gektardan ijara asosida ajratilgan qishloq xo‘jaligi yer maydonlarida sanoatlashgan plantatsiya, bog‘ va uzumzorlar tashkil etiladi;

🔹 ijara asosida yer maydonlari ajratilgan tumanlarda kamida 40 gektar maydonda “bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida yuqori daromadli va eksportbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bo‘yicha namunaviy loyihalar amalga oshiriladi.

 
Matbuot xizmati.
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflik taʼminlanadi

🇺🇿Prezident tomonidan imzolangan Qonun (O‘RQ-973-son, 09.10.2024 y.) bilan ayrim qonun hujjatlarga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

Qonunga ko‘ra, Yer kodeksiga va boshqa qonunlarga ijaraga oluvchi tomonidan ijaraga olingan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalariga bo‘lgan o‘z huquqlari va majburiyatlari yer uchastkasidan foydalanish maqsadlari o‘zgartirilmagan holda boshqa shaxsga o‘tkazilishi (qayta ijaraga berilishi) mumkinligini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.

Shuningdek, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ijaraga berishda ochiq elektron tanlov o‘rniga elektron onlayn-auksionlar joriy etilishi belgilanmoqda.

Bundan tashqari, eng yaxshi taklifni tanlab olish yo‘li bilan aniqlanadigan yirik investitsiya loyihasini amalga oshruvchi jismoniy va yuridik shaxslarga yer uchastkalarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri ijaraga berishda ijaraga oluvchi tomonidan Davlat byudjetiga mablag‘lar to‘lanishi nazarda tutilmoqda.

⚠️Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

🆕 Yer qonun buzilish holatlari uchun javobgarliklar kuchaytirildi. (15.11.2024 yildagi O‘RQ-997-son)

😎Keyingi yillarda mamlakatimizda yerga oid munosabatlarda tenglik va shaffoflikni, yer resurslaridan oqilona va maqsadli foydalanilishini ta’minlashga hamda yer uchastkalari o‘zboshimchalik bilan egallab olinishining oldini olishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

😎Shu bilan birga yerga oid huquqiy munosabatlarda barqarorlikni ta’minlash, yerlarni muhofaza qilish, yer egalarining mulkiy huquqlari himoyasi kafolatlarini kuchaytirish hamda mazkur sohadagi huquqbuzarliklarning o‘z vaqtida oldini olish zaruriyati yuzaga kelmoqda.

😎Ushbu Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksiga, Jinoyat-protsessual kodeksiga va Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksiga yerdan foydalanish haqidagi qonunchilik hujjatlari talablarini buzganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytirilishini nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.

📖 Jumladan, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksi 60-moddasi 3-qismi bilan, O‘zboshimchalik bilan egallab olingan, ajratilgan yer uchastkasiga tutash bo‘lgan va tutash bo‘lmagan yer uchastkalarida qurilish ishlarini amalga oshirish:


⭕️ Fuqarolarga bazaviy hisoblash miqdorining ikki yuz baravari;

⭕️ Mansabdor shaxslarga esato‘rt yuz baravari miqdorida jarima solishga sabab bo‘lishi belgilandi.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Davlat organlari va tashkilotlarining ochiqligi monitoring qilinadi

Hukumat qarori (910-son, 30.12.2024 y.) bilan “Davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlikni taʼminlash sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan majburiyatlarga rioya etilishini masofadan monitoring qilish tartibi to‘g‘risida”gi Nizom tasdiqlandi.

Nizom quyidagilarni nazarda tutadi:

 masofadan monitoring qilish asoslari;

 masofadan monitoring qilish tartibi va muddatlari;

 masofadan monitoring qilish natijalarini rasmiylashtirish va ko‘rib chiqish;

 masofadan monitoring qilish yakuni bo‘yicha aniqlangan holatlar yuzasidan taʼsir choralarini qo‘llash.

Davlat organlari va tashkilotlarining ochiqlikni taʼminlash sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlarda belgilangan majburiyatlarga rioya etilishi Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan masofadan monitoring qilinadi.

Masofadan monitoring qilish rejali va rejadan tashqari asoslarda o‘tkaziladi.

❗️ Agentlik davlat organlari va tashkilotlarini masofadan monitoring qilish boshlanganligi yoki o‘tkazilayotganligi haqida oldindan ogohlantirmaydi (xabardor qilmaydi).

Masofadan monitoring qilish yakuni (natijasi) bo‘yicha qonunchilik hujjatlarining buzilishi aniqlangan holatlar yuzasidan maʼlumotnoma rasmiylashtiriladi.

Maʼlumotnomada qayd etilgan qonunchilik hujjatlarining buzilishi Agentlikning huquqiy taʼsir hujjati shaklida monitoring qilingan davlat organi va tashkilotiga yuboriladi.

Huquqiy taʼsir hujjati davlat organi va tashkilotiga kelib tushgan sanadan eʼtiboran 10 kun muddatda ko‘rib chiqilishi va natijasi bo‘yicha Agentlikka yozma axborot berilishi shart.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan oqilona foydalanish tartibi belgilandi

Hukumat qarori (914-son, 30.12.2024 y.) bilan “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan oqilona foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.


📃 Nizom qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan (shu jumladan, yaylovlardan) oqilona foydalanish tartibini belgilaydi.

✍️ U quyidagilarni nazarda tutadi:

➡️tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, almashlab ekishni suvdan foydalanish manbalarini hisobga olgan holda tashkil etish orqali qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan oqilona foydalanish;

➡️tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, suvdan foydalanish manbalarini hisobga olgan holda yaylovlar almashinishini yo‘lga qo‘yish orqali yaylovlardan oqilona foydalanish;

➡️qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlardan oqilona foydalanish holatini baholash va uning natijasi bo‘yicha xulosani shakllantirish.

Yaylovlardan oqilona foydalanish quyidagi tadbirlarni o‘z ichiga oladi:

➡️yaylovlar almashinishi va suvdan foydalanish manbalarini hisobga olgan holda yaylovlardan foydalanish;

➡️yaylovlarda chorva mollarini o‘tlatishda eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan foydalanish normalarini belgilash, yaylovlar almashinishini taʼminlash va yuritish tartibi to‘g‘risida nizomga muvofiq umumiy yaylov maydoni bo‘yicha aniqlangan eng ko‘p yo‘l qo‘yiladigan foydalanish meʼyorini taʼminlash;

➡️yaylovlar almashinishi rejasiga muvofiq yaylovlardan foydalanish;

➡️yaylovlarning qishloq xo‘jaligida foydalanishdan chiqib ketishining oldini olish bo‘yicha tadbirlarni amalga oshirish, shu jumladan, yerlarni begona o‘tlar va butasimon daraxtlar qoplashiga hamda maishiy va ishlab chiqarish chiqindilari bilan ifloslanishiga yo‘l qo‘ymaslik.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar #huquqiy_targibot

❗️Ko‘p kvartirali uylar yerto‘lasidan foydalanganlik uchun ijara to‘lovi “Mening uyim” billing tizimida to‘lanadi


Hukumat qarori (17-son, 17.01.2025 y.) bilan “Ko‘p kvartirali uyning yerto‘lasidan foydalanish tartibi to‘g‘risida”gi nizomga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

⬇️Unga ko‘ra:

🔹ko‘p kvartirali uylarning yerto‘lalari jismoniy va yuridik shaxslarga foydalanishga berilganda, ijara uchun to‘lovlar hisobi “Mening uyim” billing tizimida yuritiladi;

🔹ko‘p kvartirali uyning yerto‘lasini ijaraga berishda ko‘p kvartirali uydagi umumiy mol-mulkka bo‘lgan huquqlar ushbu joylar mulkdorlarining nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladi.

⬇️ Shuningdek, quyidagi maʼlumotlarning almashinuvi yo‘lga qo‘yiladi:

🔹“UZCAD” va “Mening uyim” tizimlarini integratsiya qilgan holda, ko‘p kvartirali uylardagi joylar mulkdorlarining nomiga davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan umumiy mol-mulk va har bir ko‘p kvartirali uy joylashgan va unga tutash yer uchastkalari haqidagi maʼlumotlar;

🔹Soliq qo‘mitasining tegishli elektron tizimini “Mening uyim” billing tizimiga integratsiya qilish orqali boshqarish organlarining umumiy mol-mulkdan foydalanuvchilari bilan ijaraga yoki tekin foydalanishga berish to‘g‘risida tuzilgan shartnomalar bo‘yicha maʼlumotlar.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Turar va noturar joy obyektlarini ulush kiritish asosida qurish jarayoni yanada tartibga solinadi

“Uy-joy qurilishi sohasini yanada rivojlantirish, turar va noturar joy obʼektlarini ulush kiritish asosida qurish jarayonini tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Prezident Farmoni (PF-11-son, 27.01.2025 y.) qabul qilindi

➡️Farmonga koʼra, quyidagilarni nazarda tutuvchi “Uy-joyning yagona hayotiy sikli” tamoyili joriy etiladi:

🔹turar va noturar joy obyektlarini ulush kiritish asosida qurish jarayonida jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari himoya qilinishini taʼminlash;

🔹mavjud yer resurslaridan samarali (intensiv) foydalangan holda uy-joylar qurilishini tashkil qilish;

🔹uy-joy qurilishi sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish muddatlarini qisqartirish;

🔹uy-joylarni ulush kiritish va ipoteka krediti asosida sotib olishning ishonchli va samarali imkoniyatini yaratish;

🔹uy-joylar qurilishida energiya samarador qurilish materiallaridan foydalanishni ommalashtirish.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

🆕 3 dan 50 gektargacha yer “E-auksion”da savdolarga chiqariladi

❗️Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari unumdorligi oshiriladi


“Qishloq xo‘jaligi ekin maydonlari unumdorligini oshirish, tarmoqqa investitsiyalar jalb qilish uchun qulay shart-sharoit yaratish bo‘yicha navbatdagi chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF-18-son, 03.02.2025 y.) qabul qilindi.

⬇️ Farmonga ko‘ra, qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yer uchastkalarini ajratishda, tajriba-sinov tariqasida, ijaraga oluvchilarning mustaqilligi va yuqori qo‘shilgan qiymatga ega ekinlar yetishtirishga asoslangan yangi tizim yaratiladi.

Yangi tizim doirasida:

🔹yer uchastkalari konturlar yaxlitligi va sug‘orish tizimini buzmagan holda 3 gektardan 50 gektargacha bo‘lgan o‘lchamlarda “E-auksion”da savdolarga chiqariladi;

🔹elektron onlayn auksion savdolarida yashash joyidan, tashkiliy-huquqiy shaklidan, boshqa yer uchastkasi bor yoki yo‘qligidan qatʼiy nazar, barcha jismoniy va yuridik shaxslar (rezidentlar), shu jumladan, chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar ishtirok etishi mumkin.

⚠️ Yangi tizim doirasida elektron onlayn auksion g‘olibi – ijaraga oluvchi Yer kodeksida belgilangan huquqlar va majburiyatlar bilan birga quyidagi huquqlarga ega bo‘ladi, jumladan:

🔹yer uchastkasidan 49 yil ijara huquqi asosida foydalanish;

🔹qishloq xo‘jaligi ekinlarining turlari, navlari va hajmlarini mustaqil ravishda belgilash;

🔹yer uchastkasini ikkilamchi ijaraga berish;

🔹dala chetida 20 sotixdan ko‘p bo‘lmagan, qishloq xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi obyektlarni joylashtirish.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Qishloq xo‘jaligida yer islohotlarini amalga oshirish loyiha ofisi tashkil etiladi


⚡️ Farmonga ko‘ra, yer uchastkalarini ajratish ishlari 2025-yil 1 martgacha to‘liq yakunlanadi.

🗓 Yangi tizim birinchi bosqichda 2025-yil bahorgi ekish mavsumigacha belgilangan hududlarda tuman hokimliklari tasarrufida turgan, 2025-yil va undan keyingi yillar hosili uchun paxta va g‘alla ekinlarini yetishtirish nazarda tutilmagan bo‘sh turgan yer uchastkalarida joriy etiladi.

✍️ Yangi tizim samaradorligini muntazam ravishda tahlil qilgan holda, zaruratga ko‘ra, uni 2025-yilgi kuzgi ekish mavsumi va undan keyingi davrlarda boshqa hududlarga ham tatbiq etish bo‘yicha taklif kiritib boriladi.

⬇️ Quyidagilar tashkil etiladi:

🔹“Qishloq xo‘jaligida yer islohotlarini amalga oshirish loyiha ofisi”;

🔹belgilangan hokimliklar huzurida “Ijaraga berilgan qishloq xo‘jaligi yerlariga xizmat ko‘rsatish direksiyasi” davlat korxonalari.

🔹 Organik mahsulotlar yetishtirish uchun Global G.A.P, GMP, FSCC, HACCP, Halal, Organic va boshqa xalqaro darajada tan olinadigan sertifikatlarni olgan dehqon, fermer xo‘jaliklari va qishloq xo‘jaligi korxonalariga ijaraga berilgan yer uchastkalari uchun 2028-yil 1-yanvargacha yer solig‘i 50 foiz miqdorida to‘lanadi.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Namangan davlat texnika universiteti tashkil etiladi

Prezidentning “Namangan davlat texnika universitetini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori (PQ-23-son, 24.01.2025 y.) qabul qilindi.

✔️ Qarorga ko‘ra, Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Namangan muhandislik-qurilish instituti va Namangan to‘qimachilik sanoati instituti negizida Namangan davlat texnika universiteti tashkil etiladi.

✔️ Muhandislik, qurilish, to‘qimachilik, axborot texnologiyalari va dasturlash, ishlab chiqarish, qayta ishlash hamda xizmat ko‘rsatish sohalari bo‘yicha, shuningdek, hududning yuqori malakali kadrlarga bo‘lgan ehtiyojiga muvofiq oliy maʼlumotli mutaxassislar hamda ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash Universitetning asosiy vazifalaridan biri etib belgilandi.

✔️ Universitetda yuridik shaxs maqomisiz Ilg‘or muhandislik maktabi faoliyati tashkil etiladi.

✔️ 2025/2026 o‘quv yilidan ish beruvchi korxona va tashkilotlarning real muammolari asosida bitiruv malakaviy ishlari hamda magistrlik dissertatsiyalari mavzulari bankini shakllantirish va talabalarning bitiruv malakaviy ishi hamda magistrlik dissertatsiya himoyalarini ish beruvchi korxona va tashkilotlarda tashkil etish choralari ko‘riladi.

✔️ 2026/2027 o‘quv yiligacha Universitetning kamida ikkita bakalavriat taʼlim yo‘nalishi va uchta magistratura mutaxassisligining xalqaro tan olingan tashkilotlar akkreditatsiyasidan o‘tkazilishi taʼminlanadi.

✔️ 2025-yildan yirik ishlab chiqarish korxonalarini Universitetga sanoat hamkori sifatida biriktiriladi.

✔️ Namangan muhandislik-texnologiya instituti, Namangan muhandislik-qurilish instituti hamda Namangan to‘qimachilik sanoati institutida tahsil olayotgan barcha talabalar o‘qishini Universitetda davom ettiradi va 2024/2025 o‘quv yilidan boshlab bitiruvchilarga belgilangan tartibda Universitet diplomi beriladi.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yiliga mo‘ljallangan davlat dasturi qabul qilindi

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Atrof-muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi to‘g‘risida"gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

⬇️Farmonga muvofiq, Qishloq xo‘jaligi yerlaridan samarali foydalanish va aholini doimiy daromad manbalari bilan taʼminlash maqsadida:

🔘2025-yil 1-martga qadar tajriba-sinov tariqasida tanlab olingan yer uchastkalari konturlar yaxlitligi va sug‘orish tizimini buzmagan holda, 3 gektardan 50 gektargacha bo‘lgan o‘lchamlarda, ijarachilarning mustaqilligi va yuqori qo‘shilgan qiymatga ega ekinlar yetishtirishga asoslangan yangi tizim bo‘yicha auksion savdolari orqali ajratiladi.

⬇️Keng jamoatchilik, xalqaro va mahalliy ekofaollar, ekologiya sohasi ilmiy hamjamiyati takliflarini inobatga olgan holda tuproqning unumdor qatlamini saqlab qolish va yashil hududlarni asrash maqsadida:

🔘2025-yil 1-iyuldan boshlab ko‘p qavatli uylar massivlaridagi tuproq va yashil qoplamali umumiy foydalanishdagi hududlarni o‘zboshimchalik bilan betonlashtirganlik, qurilma va konstruksiyalarni o‘rnatganlik uchun javobgarlik choralari kuchaytiriladi;

🔘2025-yil 1-avgustdan boshlab pishgan g‘isht ishlab chiqarishdan muqobil texnologiyalardan keng foydalanishga o‘tish maqsadida devorbop materiallardan (penoblok, gazoblok) keng foydalanuvchi qurilish tashkilotlariga “Shaffof qurilish” platformasida ustuvorlik beriladi;

🔘2026-yil 1-yanvardan boshlab pishgan va xom g‘isht ishlab chiqarishda yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq stavkasi 2025-yil uchun belgilangan stavkaga nisbatan 2 baravarga oshirilgan holda qo‘llanadi hamda 2027-yildan bosqichma-bosqich qo‘shimcha ravishda oshiriladi;

🔘2027-yil 1-yanvardan boshlab yer resurslarini muhofaza qilish va tuproqning unumdor qatlami yo‘qolib ketishining oldini olish maqsadida qishloq xo‘jaligiga, tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar, tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar, o‘rmon va suv fondi yerlarida tuproq karyerlari faoliyati taqiqlanadi;

🔘ko‘p qavatli turar joylarni loyihalash, qurish va foydalanishga qabul qilishda oqova, yomg‘ir va texnik suvlardan sug‘orishda foydalanish tizimlarini tashkil etish majburiy etib belgilanadi.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Yerni ko'p kvartirali uy-joy qurish uchun ijaraga olgan yuridik shaxslar yеr solig'ini to'lashdan ozod qilinadi


⬇️Farmonga muvofiq, 2025-yil 1-maydan “Yangi O'zbеkiston” massivlarini barpo etish doirasida quyidagilarni nazarda tutuvchi tartib o'rnatiladi:

🔹yеr uchastkalarini ko'p kvartirali uy-joylar qurish uchun ijaraga bеrish bo'yicha auksion savdolarida qatnashish, ko'p kvartirali uy-joylarni qurish va ularni rеalizatsiya qilishga faqat QQSni to'lovchi yuridik shaxslarga ruxsat etiladi;

🔹 yеr uchastkalarini ko'p kvartirali uy-joylar qurish uchun ijaraga bеrish bo'yicha auksion savdolari ofеrtasida loyiha oldi hujjatlari tayyorlashga 15 kunlik, loyiha ishlarini bajarishga 2 oylik va qurilish ishlarini boshlashga 3 oylik muddat bеlgilanadi, shuningdеk, unda qurilishni yakunlash va obyеktni foydalanishga qabul qilish muddatlari ko'rsatiladi;

🔹 auksion savdolarida yеr uchastkasini ko'p kvartirali uy-joy qurish uchun ijaraga olgan yuridik shaxslar ijaraga olgan paytdan boshlab 12 oy davomida ushbu yеr uchastkasi bo'yicha yеr solig'ini to'lashdan ozod qilinadi;

🔹 2025-yil 1-martdan “Yangi O'zbеkiston” massivlarida ko'p kvartirali uy-joylar qurilishini amalga oshiruvchi qurilish tashkilotlariga aylanma mablag'larini to'ldirish uchun 12 oylik imtiyozli davr bilan 24 oy muddatga Markaziy bankning asosiy stavkasidan ko'pi bilan 2 foiz bandga yuqori stavkada krеditlar ajratiladi.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Buzilayotgan turar va noturar joy obyеktining bozor qiymati to'liq qoplab bеriladi


⬇️Farmonga ko'ra, 2025-yil 1-maydan:

🔹 qurilishni boshlashdan foydalanishga ruxsatnoma bеrishga qadar bo'lgan jarayonlar to'liq onlayn rеjimida “Shaffof qurilish” tizimida amalga oshiriladi;

🔹 qurilishi tugallangan ko'p kvartirali uy-joydan foydalanishga ruxsatnoma bеrishda faqat Qurilish va uy-joy kommunal xo'jaligi sohasida nazorat qilish inspеksiyasi, hamda davlat yong'in nazorati organlaridan xulosa olinadi.

🔹Inspеksiyada ro'yxatdan o'tgan va u tomonidan nazorat qilinadigan ko'p kvartirali uy-joylarni foydalanishga ruxsatnoma bеrishdan oldin instrumеntal-tеxnik tеkshiruvdan o'tkazish amaliyoti bеkor qilinadi.

✔️ 2025-yil 1-martdan rеnovasiya asosida ko'p kvartirali uy-joylarni barpo etishning quyidagi tartibi joriy etiladi:

🔸rеnovasiya loyihasini boshlashga barcha mulkdorlar bilan notarial tasdiqlangan kеlishuv bitimi imzolanganidan so'ng ruxsat bеriladi;

🔸 mulkdorlarga, ularning xohishiga ko'ra, quyidagi kompеnsatsiya turlaridan biri taqdim etiladi:

buzilayotgan turar-joy obyеktlari o'rniga ularning maydonidan kam bo'lmagan rеnovasiya dasturiga muvofiq yangi quriladigan turar-joylardan yashash uchun tayyor holdagi kvartiralarni mulk huquqi asosida bеrish hamda qurilish davrida ko'chish, shu jumladan, boshqa turarjoy obyеktini vaqtinchalik ijaraga olish bilan bog'liq xarajatlarni to'liq qoplash;

buzilayotgan turar va noturar joy obyеktining bozor qiymatini to'liq qoplab bеrish;

rеnovasiya loyihasi tashabbuskori bilan kеlishilgan holda boshqa turdagi kompеnsatsiyani taqdim etish.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Qadriyatlaring boqiy bo'lsin, Navro'z!


“2025-yilgi Navro'z umumxalq bayramiga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish to'g'risida”gi Prеzidеnt qarori (PQ-68-son, 21.02.2025 y.) qabul qilindi.

⬇️ Qarorga ko'ra, 2025-yilgi Navro'z umumxalq bayrami mamlakatimizda “Qadriyatlaring boqiy bo'lsin, Navro'z!” dеgan bosh g'oya asosida umumxalq sayillari shaklida yuqori saviyada kеng nishonlanadi.

🔹 2025-yilgi Navro'z umumxalq bayramining g'oyaviy-badiiy konsеpsiyasi ma'qullandi hamda bayramga tayyorgarlik ko'rish va uni o'tkazish bo'yicha tashkiliy qo'mita tasdiqlandi.

✔️ Bu yilgi Navro'z bayrami muqaddas Ramazon oyida nishonlanishini inobatga olib, kеksa avlod vakillarini, xususan, Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari va mеhnat fronti faxriylarini har tomonlama e'zozlash, “Mеhribonlik”, “Saxovat” va “Muruvvat” uylarida yashayotgan shaxslar, ijtimoiy himoya daftarlariga kiritilgan va ko'makka muhtoj insonlarning holidan xabar olish maqsadida, ular uchun bayram dasturxoni yoziladi hamda turli xayriya tadbirlari o'tkaziladi.

✔️ “Yashil makon” umummilliy loyihasida bеlgilangan tadbirlarni amalga oshirish, bayram arafasida barcha hududlarda, ko'cha, mahalla, tuman va shaharlarda obodonlashtirish va ko'kalamzorlashtirish aksiyalarini, umumxalq hasharlarini o'tkazishga alohida e'tibor qaratiladi.

✔️ Toshkеnt shahridagi “Yangi O'zbеkiston” majmuasida alohida dastur asosida xalq sayillari tashkil etiladi.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Qishloq xo‘jaligida yerdan foydalanish samaradorligi oshiriladi

“Qishloq xo‘jaligida yerdan foydalanish samaradorligini oshirish va mahsulot yetishtirish hajmini ko‘paytirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ-131-son, 28.03.2025 y.) qabul qilindi


⬇️Qarorga ko‘ra, barcha turdagi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarni ijaraga berishda 2025-yil 11-martdan quyidagi tartiblar joriy etiladi:

🔺elektron onlayn auksion savdosini o‘tkazish to‘g‘risidagi xabarnomani eʼlon qilish muddati 15 kundan 5 kunga, takroriy savdolarda – 5 kundan 1 kunga qisqartiriladi;

🔺takroriy savdolarda faqat bir nafar talabgordan ariza kelib tushgan taqdirda, unga ushbu savdoda eʼlon qilingan narxda lotni ixtiyoriy sotib olish taklif etiladi;

🔺har takroriy savdoda lot narxi 10 foizdan bosqichma-bosqich boshlang‘ich narxning 20 foiziga tushganiga qadar pasaytiriladi.

🗓 2025-yil 1-apreldan auksion savdolarida yer uchastkasiga ijara huquqini olish uchun to‘lovlarni bo‘lib-bo‘lib to‘lash va to‘lov to‘liq to‘langanda chegirma berish tartibi bekor qilinadi, ushbu to‘lovlar 15 ish kuni ichida to‘liq to‘lanishi shartligi belgilandi.

💠 2025–2026 yillarda auksion savdolariga chiqariladigan qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar jami maydonining o‘rtacha 10–20 foizi chorva uchun ozuqa ekinlarini ekish sharti bilan savdoga chiqariladi.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Aholi tomorqalari va yer maydonlaridan samarali foydalanish tashkil etiladi

“Aholi tomorqalari va dehqon xo‘jaliklari yer maydonlaridan samarali foydalanishning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi Hukumat qarori (191-son, 28.03.2025 y.) qabul qilindi.

✍️Qarorga ko‘ra, “Online mahalla” platformasida dehqon xo‘jaliklari va aholi tomorqasidagi mavjud yer maydonlari to‘g‘risidagi maʼlumotlar onlayn rejimda shakllantiriladi.

🔹2025-yil 1-iyungacha aholi tomorqalarining yer maydonlari to‘liq xatlovdan o‘tkazilishi yakunlanib, ularning alohida hisobi yuritiladi.

🔹Shuningdek, namunali mahallalar joylashadigan tuman (shahar)lardagi aholi tomorqalari va ijaraga berilgan yer maydonlarining 75 foizi bosqichma-bosqich bir xil turdagi yuqori daromadli mahsulotlar yetishtirish uchun qamrab olinadi.

🔹2025-yil 10-aprelgacha ekiladigan ekin turlari va mahsulotlarni yetishtirish reja grafigi tasdiqlanadi.

🔹2025-yil 20-aprelgacha aholi tomorqasi va ijara asosida ajratilgan yer maydonlarida yetakchi tadbirkorlar yordamida yuqori daromadli, sifatli urug‘ va ko‘chatlarni tizimli yetkazib berish, ekish va har bir tomorqadan samarali foydalanish tashkil etiladi.

🔹2025-yil 1-maygacha mahallalarda amalga oshiriladigan “yashil” va resurs tejamkor loyihalarning manzilli ro‘yxati shakllantiriladi.

🔹Bundan tashqari, “bir kontur – bir mahsulot” tamoyili asosida yengil konstruksiyali issiqxona, intensiv bog‘, tokzor, anorzor, gulchilik va ko‘chatchilik plantatsiyalarini yaratish hamda rezavor meva yetishtirish bo‘yicha yuqori daromadli va eksportbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish yo‘lga qo‘yiladi.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ Aholining dam olishi uchun foydalaniladigan yerlarni xususiylashtirish taqiqlanadi


Qonun (O‘RQ-1061-son, 05.05.2025 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi

⛔️ Qonun bilan kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, davlat mulki bo‘lgan, aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam olishi uchun foydalaniladigan yerlarni xususiylashtirish yoxud boshqacha tarzda begonalashtirish taqiqlandi.

✔️ Ushbu yerlarda binolar va inshootlarni qurish yoki mavjud bino va inshootlarning qurilish maydonlarini kengaytirish, ushbu yerlarning hududini qisqartirishni taqiqlash belgilandi.

✔️ Jinoyat kodeksiga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra, mazkur cheklovlarga rioya etmagan holda yer berish tartibini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirilmoqda.

✔️ Shuningdek, yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari joriy etilib, ularning asosiy, shartli ruxsat etilgan va yordamchi turlarga bo‘linishi ko‘zda tutildi.

❇️ Bundan tashqari, botanika bog‘larini xususiylashtirish va ularning hududlarida qurilishni amalga oshirish taqiqlangan holda ularni muhofaza etiladigan tabiiy hududlar ro‘yxatiga kiritish nazarda tutildi.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Aholining dam olishi uchun foydalaniladigan yerlarni xususiylashtirish taqiqlanadi
.

✍️ Qonun bilan kiritilgan qo'shimchalarga ko'ra, davlat mulki bo'lgan, aholining madaniy-maishiy ehtiyojlarini qondirish va dam olishi uchun foydalaniladigan yerlarni xususiylashtirish yoxud boshqacha tarzda begonalashtirish taqiqlandi.

Ushbu yerlarda binolar va inshootlarni qurish yoki mavjud bino va inshootlarning qurilish maydonlarini kengaytirish, ushbu yerlarning hududini qisqartirishni taqiqlash belgilandi.

Jinoyat kodeksiga kiritilgan qo'shimchaga ko'ra, mazkur cheklovlarga rioya etmagan holda yer berish tartibini buzganlik uchun jinoiy javobgarlik kuchaytirilmoqda.

Shuningdek, yer uchastkalaridan ruxsat etilgan foydalanish turlari joriy etilib, ularning asosiy, shartli ruxsat etilgan va yordamchi turlarga bo'linishi ko'zda tutildi.

👎 Bundan tashqari, botanika bog'lari muhofaza etiladigan tabiiy hududlarga kiritildi va ularning hududida o'simlik dunyosining saqlanib qolishiga tahdid soluvchi har qanday faoliyat taqiqlandi.

Qonun (O'RQ-1061-son, 05.05.2025 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.


Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

Yerlarni muhofaza qilish va yer uchastkalaridan foydalanish samaradorligi oshiriladi
.

⚖️Qonun hujjatlariga kiritilgan qo'shimchalarga ko'ra, yer osti suvlariga quduqni qonunga xilof ravishda burg'ilash ma'muriy javobgarlikka sabab bo'lishi belgilandi.

Shuningdek, yer uchastkasini olganlik uchun haq belgilangan muddatlarda to'lanmaganda – muddati o'tgan qarzdorlik uning mavjudligi to'g'risida vakolatli organlar tomonidan ogohlantirish berilgan sanadan boshlab 6 oy ichida bartaraf etilmaganda yer uchastkalariga bo'lgan huquq bekor qilinishi belgilandi.

Bundan tashqari, sug'oriladigan yerlarni yer fondining boshqa toifasiga yoki sug'orilmaydigan yerlar toifasiga o'tkazish bo'yicha aniq talablar belgilanmoqda,

Soliq kodeksiga kiritilgan qo'shimchaga ko'ra, yer osti suv manbalaridan suv o'lchash uskunalarisiz suv olinganda soliq stavkasi belgilangan soliq stavkalarining 5 baravari miqdorida belgilanadi.

⛔️Bunda mazkur qoida jismoniy shaxslar tomonidan shaxsiy va xo'jalik ehtiyojlari uchun sutkasiga 5 metr kubgacha bo'lgan hajmda yer osti suvlarini yakka tartibda olish hollariga nisbatan tatbiq etilmaydi.

Qonun (O'RQ-1062-son, 05.05.2025 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga o'zgartirish va qo'shimchalar kiritildi.


Matbuot xizmati.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Bugun 1-iyul.
Qonunchilikda nimalar o‘zgardi?


➡️ 2028-yil 1-yanvargacha kichik va o'rta biznes subyektlari zimmasiga yangi majburiyatlar yuklatadigan normativ-huquqiy hujjatlarni qabul qilishga moratoriy e'lon qilinadi.

➡️ Fuqarolarga davlat pensiyalari va kompensatsiyalarni tayinlashning soddalashtirilgan tartibi joriy etiladi.

➡️ 2030-yil 1-yanvargacha yuridik shaxslar, shuningdek, Bolalar kontentini rivojlantirish markazining bolalar uchun kontentlar yaratishdan olgan daromadi jami yillik daromadining kamida 80 foizini tashkil etganda ularga imtiyozlar beriladi.

➡️ Pensiya va nafaqalar hamda kam ta'minlangan oilalarga bolalar nafaqalari va moddiy yordam to'lovlari 10 foizga oshiriladi.

➡️ Yangi tashkil etiladigan ta'lim tashkilotlari faoliyati 2 bosqichda yo'lga qo'yiladi.

➡️ Respublikaning 15 ta tuman (shahar)larida, tajriba-sinov tariqasida sog'liqni saqlash tizimini tashkil etishning yangi modeli joriy etiladi.

➡️ “Ijtimoiy himoya yagona reestri” hamda "Kambag'al oilalar reyestri"ga kiritilgan shaxslarga belgilangan tovarlar (xizmatlar)ni xarid qilishda to'langan QQS summasi 1 ish kunida qaytariladi.

➡️ Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasi davlat organlari va tashkilotlari tomonidan davlat xizmatchilari malakasini oshirish va qayta tayyorlash xodimlarning kasbiy rivojlanish ehtiyojlariga asoslangan holda tashkil etiladi.

➡️ “Ekofaol fuqaro” platformasiga o'zi ekkan daraxti to'g'risida ma'lumotlar kiritgan kambag'al oilalar a'zolariga o'rmon fondi yerlarida ekilgan har 100 ta daraxt uchun BHMning 1 baravari miqdorida subsidiya ajratiladi.

#DavKadastrPalata #Qonunchilikdagi_yangiliklar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM