NAMANGAN KADASTR
1.43K subscribers
10.7K photos
959 videos
9 files
4.45K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
Forwarded from Kadastr - Live
#Kadastr #aerogeodeziya #topografiya

◾️Республика аэрогеодезия маркази Жаҳон банки иштирокидаги “Кадастр ва кўчмас мулкни рўйхатга олиш тизимларини модернизация қилиш” инвестиция лойиҳасини бажармоқда.

Республикамиздаги ердан фойдаланувчиларнинг ер майдонларини хатловдан ўтказиш ишларини жадаллаштириш мақсадида DMCIII русумли аэрофотокамерадан фодаланилмоқда.

Олинган суратлардан Сирдарё, Жиззах, Фарғона, Наманган ва Андижон вилоятларида 1:10 000 ва 1:2000 масштабдаги ортофотопланларни яритиш мақсадида GPS қурулмаларидан фойдаланган ҳолда планли ва баландлик нуқталарини олиш ишлари олиб борилмоқда.

Telegram Instagram YouTube Facebook
#Kadastr #Aerogeodeziya #Topografiya

🇺🇿“Namangan, Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Navoiy va Buxoro" viloyatlari hududidagi geodeziya punktlari va nivelir belgilarini tekshirish bo‘yicha ishlar o‘tgan asrning 80-yillarida amalga oshirilgan.
🌍Hozirgi vaqtda geodeziya va nivelir tarmoqlarini davlat koordinatalar tizimidan WGS-84 butun jahon geodeziya koordinatalar tizimiga o‘tishida, 7-ta parametrlarni hisoblab chiqish va geodeziya punktlari hisobini aniq yuritish uchun ularning holatini aniqlash zarur.
🛬Shu maqsadda Respublika aerogeodeziya markazi Geodeziya va topografiya boʻlimi mutaxassislari tomonidan Namangan, Toshkent, Sirdaryo, Jizzax, Samarqand, Navoiy va Buxoro viloyatlarida geodezik punkt hamda nivelir belgilarini tekshirish ishlari olib borilmoqda.
#Kadastr #aerogeodeziya_seminar

⚡️Dala sharoitida “Master-klass”lar o‘tkazildi.

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 23-apreldagi 299-sonli qarori ijrosini ta’minlash maqsadida Respublika aerogeodeziya markazi tomonidan Yerdan foydalanuvchilarning yer maydonlarini deshifrovka qilish va xatlovdan o‘tkazish mavzusida yig'ilish va “Master-klass”lar o'tkazib kelinmoqda.

📌Bundan ko‘zlangan maqsad mutaxassislarni malakasini oshirish, kelgusida xato-kamchiliklarga yo‘l qo‘ymaslik, yer resurslaridan oqilona va samarali foydalanish, bajariladigan ishlarning sifatli bo‘lishini ta’minlashdan iborat.

💠Joriy haftada Kadastr agentligining hududiy boshqarmalari xodimlari uchun o'tkazilgan “Master-klass”lar tafsiloti bilan tanishing:

♦️Qoraqalpog'iston Respublikasi;
♦️Toshkent viloyati;
♦️Surxondaryo viloyati;

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt