NAMANGAN KADASTR
1.42K subscribers
10.8K photos
969 videos
9 files
4.52K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
Namangan viloyati bo'yicha e-auksion.uz platformasi orqali 2 000 dan ko'p ko'chma savdo joylarini 3 yilga ijaraga oling

🟢
Mingbuloq tumanidan 209 ta (koʼrish)
🟢 Kosonsoy tumanidan 212 ta (ko'rish)
🟢 Namangan tumanidan 191 ta (koʼrish)
🟢 Norin tumandan 111 ta (koʼrish)
🟢 Pop tumandan 193 ta (koʼrish)
🟢To'raqo'rg'on tumanidan 171 ta (ko'rish)
🟢Uychi tumanidan 175 ta (ko'rish)
🟢Uchqo'rg'on tumanidan 110 ta (ko'rish)
🟢Chortoq tumanidan 127 ta (ko'rish)
🟢Chust tumanidan 57 ta (ko'rish)
🟢Yangiqo'rg'on tumanidan 89 ta (ko'rish)
🟢Namangan shahar 145 ta (ko'rish)
🟢Davlatobod tumanidan 105 ta (ko'rish)
🟢YangiNamangan tumanidan 116 ta (ko'rish)

Ushbu obyektlar Vazirlar Mahkamasining 2021-yil
3-avgustdagi 485-son qaroriga ko'ra savdoga chiqarilmoqda.

📞 Murojaat uchun telefon: 99-207-26-12 (soat 09:00 dan 18:00 gacha )
#ma_naviy_ma_rifiy_ishlar

Yangi O‘zbekiston ravnaqi – bilimda!

📚Bugun bolajonlarimiz va yigit qizlarimiz uchun bayram, yangi o‘quv yilining birinchi kuni. Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi tizimida mehnat qilayotgan 35 nafar xodimlarning farzandlari ham maktabga xursandchilik bilan bormoqdalar, chunki ularning ota-onalari ishlaydigan kadastr idorasi ularga chiroyli sumkachalar va o‘quv qurollari sovg‘a qildi.

📚Aziz ustozlar! Quvnoq bolajonlar! Talabalik maqomiga ega bo‘lgan yoshlar! Barchangizni bugungi “Bilimlar kuni” bayrami bilan samimiy tabriklaymiz! Sizlarga sihat salomatlik, baxt va omad tilaymiz! Aʼlo baholarga o‘qib kelajakda Yangi O‘zbekistonning ravnaqiga xizmat qilishlaringizga ishonamiz. Yangi o‘quv yili muborak bo‘lsin!

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_xalq_xizmatida

Namanganlik yosh kadastrchilar ish jarayonidan lavhalar

🔹Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi Topografik ishlar sho‘basi bosh mutaxassisi Zoxidov Obidxon Sobit o‘g‘li sohaning yosh iqtidorli mutaxassislaridan. Bu bo‘lim tomonidan joriy yilning yetti oyi davomida 1700 dan ziyod obyektlarda topoxarita ishlari bajarildi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_agentligi #ishonch_raqami #1097

🌟 Kadastr xizmatiga murojaat qilmoqchisiz, lekin vaqtingiz yo'qmi?

📞 Bu muammo emas!

📱1097 ishonch raqamiga qo'ng'iroq qiling va o'z murojaatingizni qoldiring.
Sizning murojaatingiz yozma murojaat bilan bir xil kuchga ega.

☎️ 1097 ish vaqti Dushanbadan Jumagacha. Soat 9:00 dan 18:00 gacha.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️ Kadastr agentligi - Davlat tashkilotlarining raqamli transformatsiya holati reyting natijalari bo'yicha yuqori ko'rsatkichda.

🔷 BMTning Elektron hukumatni rivojlantirish indeksining 2022-yilgi reytingi natijasiga ko‘ra O‘zbekiston o‘tgan davr natijasidan 18 pog‘ona yuqorilab, 195 ta mamlakat ichida 69-oringa koʻtarilib, eng tez suratlarda o‘sayotgan davlatlar qatoriga kirdi.

🔷2023-yil I yarim yillik yakuni bo‘yicha raqamli transformatsiya holatini reyting baholash jarayonida 43 ta davlat organi, 38 ta xo‘jalik organi va 14 ta mahalliy hokimliklar: jami 95 ta davlat tashkilotlari qamrab olindi.

📊 Reytingda 43 ta davlat organlari ichida - Kadastr agentligi 16 - o'rinni egallab, ilg'orlar qatorida yuqori natijalarga erishgani quvonarli holdir.

👉 Batafsil: https://nis.egov.uz/login

#DavKadastrPalata #info

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram Instagram YouTube Facebook Twitter
#korrupsiyaga_qarshi_kurash #huquqiy_targibot

⚡️AZIZ YURTDOSHLAR! HURMATLI TADBIRKORLAR!

🟢So'nggi vaqtlarda Yer uchastkalarini olish va foydalanish hamda kadastr hujjatlarini soxtalashtirish bilan bog'liq firibgarlik holatlari ko'p uchrab turgani barchamizga ayon.
🟢Shu sababli Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari siz azizlarni ogohlikka chaqiradi.

❗️FUQAROLARIMIZ HAMDA KADASTR XODIMLARI TOMONIDAN PORAXO'RLIK, TAMAGIRLIK VA FIRIBGARLIK KABI KORRUPSIYAVIY HUQUQBUZARLIKLARGA DUCH KELSANGIZ KADASTR IDORALARINING KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO'LIMINING QUYIDAGI ISHONCH TELEFONLARIGA QO'NG'IROQ QILING!

+998999796043
+998939257000

EHTIYOT BO'LING! ALDANIB QOLMANG!
KORRUPSIYANI BIRGALIKDA YO'Q QILAMIZ!

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#huquqiy_targibot #Korrupsiyaga_qarshi_kurash

Fuqarolar normativ-huquqiy hujjatlarning korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazishda ishtirok etishi mumkin

🇺🇿 “Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra, Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazuvchi subyektlar quyidagilardan iborat:

🔹Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi;
🔹Adliya vazirligi va uning hududiy bo‘linmalari;
🔹normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarining ishlab chiquvchilari bo‘lgan davlat organlari va tashkilotlarining yuridik xizmatlari;
🔹tegishli normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini taʼminlash o‘z zimmasiga yuklatilgan davlat organlari va tashkilotlari.
🔹Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi quyidagi hollarda normativ-huquqiy hujjatlarning korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazadi:
🔹o‘z tashabbusiga ko‘ra – har qanday normativ-huquqiy hujjatlarni, shu jumladan o‘rganish va tekshirishlar natijalari bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatning qo‘llanilishi chog‘ida korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar fakti aniqlangan hollarda;
🔹O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining va ular organlarining, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining topshiriqlariga ko‘ra.
Adliya vazirligi:
🔹O‘zbekiston Respublikasining qonunlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalarining;
🔹vazirliklar, davlat qo‘mitalari va idoralarning davlat ro‘yxatidan o‘tkaziladigan buyruqlari hamda qarorlarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazadi.
O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari, nodavlat notijorat tashkilotlari, ommaviy axborot vositalari davlat organlari hamda tashkilotlari tomonidan o‘tkaziladigan normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish jarayonida ishtirok etishi mumkin.

🔷 Normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasini o‘tkazish bo‘yicha ekspertlar reyestri Adliya vazirligi tomonidan yuritiladi.

🔷 Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi davlat organlari va tashkilotlari tomonidan normativ-huquqiy hujjatlarning va ular loyihalarining korrupsiyaga qarshi ekspertizasi o‘tkazilishi chog‘ida ularga Adliya vazirligi bilan birgalikda uslubiy yordam ko‘rsatadi.

Manba: O'RQ–860-son, 08.08.2023-y.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#ma_naviy_ma_rifiy_ishlar #vatan_ichra_sayohat

Jonajon Vatanimiz boʻylab sayohat

🔹Xabaringiz bor Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyat boshqarmasida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish va sohani rivojlantirish boʻyicha  2023-yil uchun yoʻl xaritasi tasdiqlangan.

🔹Unda kadastr xodimlarning madaniy dam olishlari uchun “Vatan ichra sayohat” loyihasi doirasida  mamlakatimizdagi tarixiy obidalarga tashriflar uyushtirish rejalashtirilgan.

🔹Shu loyiha doirasida Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyat boshqarmasida tizimida faoliyat olib borayotgan bir guruh xodimlar boshqarmaning kasaba uyushmasi raisi I.Sarimsaqov boshchiligida koʻhna Qoʻqoni latif shahriga sayohatga chiqdilar. Shaharning diqqatga sazovor qadamjolari bilan tanishdilar.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
🏢Tadbirkorlik qilish uchun bino kerakmi?

E-auksion.uz platformasi orqali Namangan
viloyatidan 38 ta ko'chmas mulk binolarni sotib oling va o'z biznesingizni boshlang!

♻️ Kosonsoy tumanidan 2 ta (ko'rish)
♻️ Namangan tumanidan 3 ta (ko'rish)
♻️ Norin tumanidan 1 ta (ko'rish)
♻️ Pop tumanidan 3 ta (ko'rish)
♻️ To'raqo'rg'on tumanidan 3 ta (ko'rish)
♻️ Uchqo'rg'on tumanidan 3 ta (ko'rish)
♻️ Chortoq tumanidan 3 ta (ko'rish)
♻️ Chust tumanidan 10 ta (ko'rish)
♻️ Yangiqo'rg'on tumanidan 7 ta (ko'rish)
♻️ Davlatobod tumanidan 3 ta (ko'rish)


📌 "E-AUKSION" vakil telefon +99899-207-26-12 (Soat 09:00 dan 18:00 gacha)
📣Dehqon xo'jaligi yerlarini e-auksion.uz orqali ijraga oling!

Ayni paytda Namangan viloyatida 1 376 ta yer maydonlari ochiq tanlovlarga chiqarilgan bo'lib, ochiq elektron tanlovlarda ishtirok eting!

➡️ Mingbuloq tumanidan 232 ta (ko'rish)
➡️ Kosonsoy tumanidan 257 ta (ko'rish)
➡️ Namangan tumanidan 4 ta (ko'rish)
➡️ Pop tumanidan 161 ta (ko'rish)
➡️ To'raqo'rg'on tumanida 7 ta (ko'rish)
➡️ Uychi tumanidan 15 ta (ko'rish)
➡️ Uchqo'rg'on tumanidan 58 ta (ko'rish)
➡️ Chortoq tumanidan 138 ta (ko'rish)
➡️ Chust tumanidan 424 ta (ko'rish)
➡️ Yangiqo'rg'on tumanidan 80 ta (ko'rish)

Eslatma!!! Dehqon xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2023-yil 3-apreldagi 137-sonli qarori asosida yangi tartibda ochiq elektron tanlovga qo'yilgan.

📞 Murojaat uchun telefon: 99-207-26-12 (soat 09:00 dan 18:00 gacha )