NAMANGAN KADASTR
1.41K subscribers
10.7K photos
961 videos
9 files
4.47K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#Namangan #Kadastr #siyosiy_marifat_soati

🔹Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyat boshqarmalari xodimlari bugungi "Siyosiy-maʼrifat soati"dagi muhim mavzular yuzasidan taqdimotlar bilan tanishdilar.

Telegram Instagram Facebook
#VM71

Xabaringiz bor 2022 yilning 14 fevralda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yer uchastkalarini xususiylashtirish to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasining Qonunini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 71-sonli qarori qabul qilingan.

Ushbu qaror bilan yer uchastkalarini xususiylashtirish, tadbirkorlik va uy-joy qurish uchun yer uchastkalarini elektron onlayn-auksion orqali realizatsiya qilish bo‘yicha 1 ta reglament hamda 2 ta nizom tasdiqlangan edi.

Bugun ana shu qaror ijrosi yuzasidan Kadastr agentligining Namangan viloyati boshqarmasi, tuman, shahar bo‘limlari va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi filiallarida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan boshqarma boshlig‘i S.Muxitdinov raisligida zoom platformasi orqali yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilishda boshqarma apparati xodimlari, barcha tuman bo‘lim va filial rahbarlari ishtirok etishdi.

👉BATAFSIL


Telegram Instagram Facebook
Forwarded from Huquqiy axborot
#Биласизми

Ер участкаларини хусусийлаштириш бўйича давлат хизматларини кўрсатиш тартиби белгиланди

Батафсил инфографикада👆

Каналга уланиш👇👇👇
https://t.iss.one/huquqiyaxborot
#bilasizmi #foydali

⚡️Uy-joy uchun subsidiya olish istagi bo‘lgan fuqarolarga quyidagilar tavsiya etiladi:

🏠Olinayotgan uy subsidiyaga sotiladigan bo‘lishi lozim;
(kadastri tayyor, yangi qurilgan uylardan bo‘lishi shart)

💳Uyning boshlang‘ich badalini to‘lash uchun yetarlicha mablag‘ning bo‘lishi;
(masalan uy narxi 300 mln so‘m, uning 15 foizi 45 mln so‘mni tashkil etadi, ushbu summaning 32 mln so‘mi davlat tomonidan to‘lansa, 13 mln so‘mi fuqaro tomonidan to‘lanishi kerak)

👨💼Uy narxining qolgan 85 foizi 20 yilga kredit shaklida beriladi va ushbu kreditni har oy to‘lash uchun yetarli oylik maoshi yoki kafilning bo‘lishi;

❗️Eng asosiysi fuqaro yoki uning turmush o‘rtog‘i nomida uy-joyning bo‘lmasligi.

☝️Yuqoridagi shartlarga mos keluvchi fuqarolar joylardagi DXMlar yoki my.gov.uz portali orqali ariza topshirishlari mumkin.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
⚜️O‘zbekiston Respublikasi hududiga kiruvchi yer toifalari nechta?

⚜️Yil davomida jamlanuvchi ma’lumotlar yer fondi hisobotlarida yangilanib boradimi?!

⚜️Qaysi hududlarda yer toifasi o‘zgardi?

⚜️Davlat kadastrlari palatasi Markaziy apparati axborot xizmati ana shularni tahlil etdi!

📹 To‘liq reportaj tez orada!

#DavKadastrPalata #yer_toifasi #anons

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #yer_nazorati

🇺🇿Yer umummilliy boyligimiz!

📌Uni asrab avaylash, har qachon to’g’ri maqsadda foydalanib kelajak avlodga bus-butun yetkazish har birimizning burchimizdir.

Ushbu videoda siz yer bilan bog’liq bir nechta muammoli vaziyatlarning kelib chiqish sababi va uni hal qilishdagi yangiliklar bilan yaqindan tanishasiz.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Namangan #Kadastr #Mamuriy_amaliyot

Kadastr agentligining Namangan viloyati boshqarmasi va tuman, shahar bo‘limlari tomonidan joriy yilning birinchi choragida davlat yer kadastri va geodeziya nazorati sohasidagi qonunchilik hujjatlarini buzganlik uchun ko‘rilgan charalar to‘g‘risida ma’lumot.

Telegram Instagram Facebook
e-auksion.uz 83,8 mingdan ortiq dehqon xo'jaligi yerlarini ijaraga oling

Tanlovda qatnashish tartibini o'rganish (video)

▪️ Andijon viloyatidan 4780 ta (ko'rish)
▪️ Buxoro viloyatidan 9209 ta (ko'rish)
▪️ Jizzax viloyatidan 4474 ta (ko'rish)
▪️ Qashqadaryo viloyatidan 8891 ta (ko'rish)
▪️ Navoiy viloyatidan 4197 ta (ko'rish)
▪️ Namangan viloyatidan 9559 ta (ko'rish)
▪️ Samarqand viloyatidan 5738 ta (ko'rish)
▪️ Surxondaryo viloyatidan 8399 ta (ko'rish)
▪️ Sirdaryo viloyatidan 2431 ta (ko'rish)
▪️ Toshkent viloyatidan 4691 ta (ko'rish)
▪️ Farg'ona viloyatidan 5856 ta (ko'rish)
▪️ Xorazm viloyatidan 2642 ta (ko'rish)
▪️ Qoraqalpog'iston Respublikasidan 13095 ta (ko'rish)
🇺🇿Prezident qarori. Yerga oid yangiliklar.

“Iqtisodiyotda davlat ishtirokini yanada qisqartirish va xususiylashtirishni jadallashtirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–168-son, 18.03.2022 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, 2022 yil 1 apreldan mahalladagi hokim yordamchilari tomonidan bo‘sh turgan davlat obyekti yoki yerlar aniqlanib:

2 000 kvadrat metrgacha obyektlar – hokim yordamchilarining onlayn-buyurtmanomasiga asosan to‘g‘ridan-to‘g‘ri elektron onlayn-auksionga chiqariladi;

Qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallanmagan yerlar – “Yerelektron” tizimi orqali yuborilgan onlayn-buyurtmanoma 3 kunda tegishli idoralar tomonidan ko‘rib chiqiladi va ijobiy xulosa bo‘lganda, 2 haftada onlayn-auksionga chiqariladi;

Vazirlik va idoralar, hokimliklarning, 3 oydan ko‘p foydalanilmasdan bo‘sh turgan obyektlari ularning roziligisiz ijaraga berish yoki sotish uchun savdoga chiqariladi.

Matbuot xizmati.
Telegram Instagram Facebook
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёев Қозоғистон Республикаси Президенти Қасим-Жомарт Тоқаев билан телефон орқали мулоқот қилди.
Давлат раҳбарлари муқаддас Рамазон ойи бошлангани билан бир-бирларини самимий қутлаб, биродар Ўзбекистон ва Қозоғистон халқларига фаровонлик ва равнақ тиладилар.
Олий даражада эришилган келишувларни амалга ошириш масалалари кўриб чиқилди.

Президент Республики Узбекистан Шавкат Мирзиёев провел телефонный разговор с Президентом Республики Казахстан Касым-Жомартом Токаевым.
Главы государств обменялись искренними поздравлениями
в связи с началом священного месяца Рамадан, пожелав братским народам Узбекистана и Казахстана благополучия и процветания.
Были рассмотрены вопросы практической реализации договоренностей, достигнутых на высшем уровне.

#Mirziyoyev #muloqot #Qozogiston #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
Мактаб таълимини ислоҳ қилиш бўйича йил бошида белгиланган топшириқлар ижроси, йил якунига қадар устувор вазифаларга бағишланган йиғилиш бошланди.

“Январь ойида мактаб таълимини ривожлантириш бўйича 5 та устувор йўналишда аниқ вазифаларни белгилаб, барча масалалар ҳал қилиб берилган эди.

Лекин бирорта ислоҳот осон бўлмайди.

2022 йилни ҳокимларнинг мактабга эътибори йили деб эълон қилганимиз ва туман ҳокими “РайОНО” мудири бўлади, деган вазифаларни, афсуски, ҳамма ҳокимлар ҳам ҳали тўлиқ тушуниб етгани йўқ”, деди давлатимиз раҳбари.

Президент соҳадаги ишлар аҳволи қониқарсизлиги учун вилоят ва туман ҳокимларини кескин танқид қилди.

Жумладан, икки ойда барча ҳудудларда ўтказилган ўрганишлар натижасида республикадаги 852 та мактабда таълим сифати, муаллимлар салоҳияти ва ўқувчиларнинг олийгоҳларга кириш даражаси анча пастлиги аниқланган.

Бу борада энг оғир аҳвол Қашқадарё, Сурхондарё, Тошкент вилояти ва Қорақалпоғистонда экани кўрсатиб ўтилди.
#Kadastr #Korrupsiyaga_qarshi_kurash


🔵Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi komplayens-nazorat xizmatining 2022-yil mart oyida sohada korrupsiyaga qarshi kurashish siyosatini izchil davom ettirish bo'yicha faoliyati haqida ma'lumotlar Infografikasi.

Matbuot xizmati.
Telegram Instagram Facebook