NAMANGAN KADASTR
1.42K subscribers
10.7K photos
959 videos
9 files
4.45K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#Namangan #Kadastr #mamuriy_bolim

🔰Kadastr agentligining Namangan viloyati organlari tomonidan joriy yil fevral oyida yer va kadastr nazorati sohasida aniqlangan huquqbuzarliklar bo‘yicha jami 269 nafar shaxsga nisbatan ma’muriy jarimalar qo‘llanilgan.

Jumladan:

🔹ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazmaganlik uchun 161 nafar shaxs;

🔹yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olganlik uchun 23 nafar shaxs;

🔹o‘zboshimchalik bilan egallab olgan yer uchastkasida qurilish ishlarini amalga oshirganlik uchun 6 nafar shaxs;

🔹 Yer tuzish loyihalaridan o‘zboshimchalik bilan chetga chiqish, davlat yer kadastri yuritish qoidalarini buzganlik uchun 72 nafar shaxs;

🔹 Chegara belgilarini, geodezik punktlarni va cheklov belgilarini yo‘q qilish yoki shikastlantirganlik uchun 7 nafar shaxs ma’muriy jazoga tortilgan.

Hurmatli fuqaro va tadbirkorlar! Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqingizni o'z vaqtida davlat ro'yxatidan o'tkazing va o'z mulkingizni ishonchli himoya qiling!

Matbuot xizmati.
#Yer_va_kadastr_nazorati
#Davlatobod_tumani

🔹Kadastr agentligining Namangan shahar bo‘limi yer va kadastr nazorati inspektorlaridan iborat ishchi guruh tomonidan Davlatobod tumanidagi “Quyig‘irvon” MFYning To'raqo'rg'on ko‘chasida nazorat tadbirlari o'tkazilmoqda.

🔹Tadbirdan maqsad yerga oid huquqbuzarliklarni oldini olish, aniqlash va ularga qonunda belgilangan tartibda choralar ko‘rishdan iborat.

🔹Nazorat tadbirlari davomida 14 nafar shaxslarga aniqlangan huquqbuzarliklar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Maʼmuriy Javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 68-modda, birinchi qismi (yaʼni, Tasdiqlangan yer tuzish loyiha hujjatlaridan tegishli ruxsat bo‘lmay turib chetga chiqish, xuddi shuningdek tegishli organlar bilan kelishmay turib obyektlarni joylashtirish, loyihalashtirish, qurish va ularni foydalanishga topshirish, davlat yer kadastri yuritish qoidalarini buzish, axborotlarni berishdan bo‘yin tovlash yoki noto‘g‘ri axborot berish) bilan maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirildi.

Matbuot xizmati.
#Наманган

Президент ташаббуслари амалда.

🇺🇿“Наманган шаҳри аҳолисининг сони - миллион кишидан иборат шаҳарга айланади”- Шавкат Мирзиёев.

Муҳтарам Президентимиз Шавкат Мирзиёев ўтган йили Наманганлик сайловчилар билан учрашувида ўзининг сайлов олди дастури билан таништириб, вилоятда биринчи ўринда ҳал қилиниши керак бўлган масалалар ва ташаббусларни олға сурган эди.
Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев Покистон Бош вазири Имрон Хоннинг таклифига биноан 3-4 март кунлари давлат ташрифи билан ушбу мамлакатда бўлади.
Бўлажак олий даражадаги музокаралар кун тартибидан Ўзбекистон-Покистон стратегик шериклик ва кўп қиррали ҳамкорлик муносабатларини янада ривожлантириш масалалари ўрин олган.
Саммит якунида қўшма декларация ва қатор икки томонлама ҳужжатларни қабул қилиш режалаштирилган.

Президент Узбекистана Шавкат Мирзиёев по приглашению Премьер-министра Пакистана Имрана Хана 3-4 марта посетит эту страну с государственным визитом.
В повестку дня предстоящих переговоров на высшем уровне включены вопросы дальнейшего развития узбекско-пакистанских отношений стратегического партнерства и многопланового сотрудничества.
По итогам саммита планируется принятие совместной декларации и ряда двусторонних документов.

#Mirziyoyev #tashrif #Pokiston #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr

📌Kadastr obyektiga taqiqni qanday tekshirishni bilasizmi?

🎥Buni bilish uchun batafsil videoda

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
▫️Yerga oid munosabatlar▫️

🟫 Yer uchastkalarini ajratish va ulardan foydalanish tartibi

📖 O‘zbekiston Respublikasi O‘zbekiston Respublikasining 16.08.2021 yildagi 708-son Qonuni bo‘yicha ma’lumot.

#DavKadastrPalata #huquqiy_asos

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
Ўзбекистон Президенти Шавкат Мирзиёев давлат ташрифи билан Покистонга жўнаб кетди.
2021 йил июлда Тошкентда бўлиб ўтган музокараларда икки мамлакат ўртасидаги муносабатлар стратегик шериклик даражасига кўтарилган эди. Бу галги ташрифда ушбу стратегик шерикликни янада мустаҳкамлаш ва кенг кўламли ҳамкорликни ривожлантириш чоралари муҳокама қилинади.
Қўшма декларация ва қатор икки томонлама ҳужжатларни қабул қилиш кўзда тутилган.

Президент Узбекистана Шавкат Мирзиёев отбыл в Пакистан с государственным визитом.
По итогам прошедших в июле 2021 года переговоров на высшем уровне в Ташкенте узбекско-пакистанские отношения вышли на уровень стратегического партнерства. В ходе предстоящего визита будут обсуждены вопросы дальнейшего укрепления стратегического партнерства и развития многопланового сотрудничества.
Предусматривается принятие совместной декларации и ряда двусторонних документов.

#Mirziyoyev #tashrif #Pokiston #hamkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Namangan #Yer_nazorati

❗️O'ZBOSHIMCHA ISH - KELTIRAR TASHVISH

🔹Kadastr agentligining Namangan viloyati boshqarmasi Uychi tuman bo‘limi yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan tumandagi R.Raximov hududi 261k-konturiga Gulbog‘ MFYda yashovchi fuqaro A.Ubaydullayev tomonidan dala tomorqa yer maydonining 0.04 gektar qismiga o‘zboshimchalik bilan quyilgan beton poydevor aniqlandi va fuqaroning o‘z hisobidan buzilib, bartaraf etilishi taʼminlandi.

🔹O‘tgan fevral oyining o‘zida Uychi tumanida jami 4 ta holatda 0,38 gektar yer maydonida xuddi shunday huquqbuzarliklar aniqlangan.

🔹Shundan, 1 ta holatda 0.04 gektar uy-joy qurib olish, 2 ta holatda 0,16 gektar noturar joy qurib olish, 1 ta holatda 0,18 gektar yerdan boshqa maqsadlarda foydalanish holatlari aniqlangan. Barcha holatlar yuzasidan qonunda belgilangan tartibda choralar ko‘rildi.

🔹Tumanda bu kabi holatlarni oldini olish maqsadida nazorat tadbirlari davom etmoqda.

Matbuot xizmati.
▫️Tezkor zamondagi qulay afzalliklar▫️

🔷 Kadastr xizmatlarini elektron tarzda olishning ham qator afzalliklari va siz uchun foydali jihatlari ham talaygina.

🔷 Afzalliklar haqida batafsil ushbu foto.

#DavKadastrPalata #elektron_davlat_xizmatlari

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
▫️Yerga oid munosabatlar▫️

🟤 "Yer munosabatlarida tenglik va shaffoflikni ta’minlash, yerga bo‘lgan huquqlarni ishonchli himoya qilish va ularni bozor aktiviga aylantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 6243-sonli farmonidan

#DavKadastrPalata #yerga_oid_farmon

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |