NAMANGAN KADASTR
1.45K subscribers
10.6K photos
954 videos
9 files
4.44K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
Конституция - эзгу мақсадларимизнинг ҳуқуқий замини.

Бугун Кадастр агентлиги ва Давлат кадастлари палатасининг Наманган вилояти бошқармалари ходимлари иштирокида Ўзбекистон Республикаси Конституцияси қабул қилинган куннинг 29 йиллигига бағишланган тантанали йиғилиш бўлиб ўтди.

Йиғилишни Кадастр агентлигининг Наманган вилояти бошқармаси бошлиғи С. Мухитдинов очиб, иштирокчиларни Конституция куни билан самимий табриклади.
Шундан сўнг бошқарма юристи М. Нишанова “Конституция - бош қомусимиз” мавзусида маъруза қилди.
У асосий қонунимизнинг давлат, жамият ва фуқаролар ҳаётидаги аҳамияти ҳақида атрофлича тушунтиришлар берди.

Муҳокамада бошқарма комплаенс-назорат хизмати бош мутахассиси М.Нурматов, бош мутахассис Б.Валиев ва матбуот хизмати раҳбари Ш.Тоштемировлар Конституциямизнинг яратилиш тарихи ва унинг халқчиллиги ва ўзига хос жиҳатларини кенг ёритиб ўтишди.

Матбуот хизмати.
Ер ислоҳоти: 7,5 миллионта кўчмас мулк объектларининг архив ҳужжатлари рақамлаштирилди

👉 БАТАФСИЛ

Facebook | Telegram | YouTube| Instagram
🔊Hurmatli yurtimiz aholisi!

🔷Davlat kadastrlari palatasi sizning kadastr sohasi bo‘yicha murojaatlaringizni uzluksiz ravishda qabul qilish va javob berib borish maqsadida o‘z telegram botini yaratdi.

👉 @Dkpuz_bot 👈

🔷Barcha savollaringizni mazkur botga yo‘llab, mutaxassislarimizdan javob olishingiz mumkin.

☝️Bundan tashqari, kadastr tizimi xodimlarining xatti-xarakatlaridan norozi bo‘lgan taqdiringizda ham ushbu botga murojaat qilishingiz mumkin.

🔷Botga yo’llangan murojaatlar Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati rahbariyati nazoratida!


Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
Forwarded from Kadastr - Live
#kadastr #yer_va_kadastr_nazorati

🏢 Kadastr agentligi organlari tomonidan joriy yilning 11 oyi davomida yer va kadastr nazorati sohasida aniqlangan huquqbuzarliklar bo‘yicha jami 26 267 nafar shaxsga nisbatan maʼmuriy jarimalar qo‘llanilgan.

Xususan:

📝 ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazmaganlik uchun 25 676 nafar shaxs;

📍yer uchastkalarini o‘zboshimchalik bilan egallab olganlik uchun 239 nafar shaxs;

🏗 o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkasida qurilish ishlarini amalga oshirganlik uchun 85 nafar shaxs;

sug‘oriladigan yerlarni o‘zboshimchalik bilan egallab olishga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha chora ko‘rmaganligi, shu jumladan yer uchastkasi o‘zboshimchalik bilan egallab olinganligi fakti to‘g‘risida vakolatli organlarni xabardor etmaganligi uchun 12 nafar shaxs;

🏘 Tegishli ruxsat bo‘lmay, shuningdek tegishli organlar bilan kelishmasdan turib obyektlar qurganlik uchun 237 nafar shaxs maʼmuriy jazoga tortilgan.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
💠Oliy Majlis Qonunchilik palatasi Agrar va suv xo‘jaligi masalalari qo‘mitasi tomonidan yurtimizda yer munosabatlari sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar natijalarini keng jamoatchilikka tanishtirish hamda Butunjahon tuproq kuni munosabati bilan “Yer islohotlarining ilk natijalari va istiqbollari” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya o‘tkazildi. Unda, Qishloq xo‘jaligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambag‘allikni qisqartirish vazirliklari, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi mutaxassislari va tizimga oid qator tashkilotlardan vakillar qatnashdilar.

💠Sohani raqamlashtirish borasida qator amaliy ishlar bajarganligi yig‘ilishda qayd etildi. Hususan, Jahon banki bilan hamkorlikda axborot tizimlari hamda 7,5 mln.ta ko‘chmas mulk ob’ektlarining arxiv hujjatlari raqamlashtirildi. Yer va bino inshootlarini hisobga olish bo‘yicha 2021 yil 1 noyabr holatida 7954,8 ming ob’ekt hisobga olindi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
Ўзбекистон халқига байрам табриги

Праздничное поздравление народу Узбекистана

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
🇺🇿Qomusimiz erkin va farovon hayotimiz kafolati!

🇺🇿8-dekabr - O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun!

#Konstitutsiya #DavKadastrPalata

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |
Forwarded from Kadastr - Live
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #konstitutsiya

🇺🇿O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi huzuridagi Kadastr agentligi jamoasi Respublikamizning Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi bilan butun O'zbekiston xalqini tabriklaydi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿Tinch va farovon hayotimizning muhim kafolati hamda mustahkam huquqiy poydevori bo‘lgan Bosh qomusimiz – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma to‘qqiz yilligi barchamizga muborak bo‘lsin!

🇺🇿Go‘zal yurtimizni tinchlik-osoyishtalik, xonadonlarimizni fayzu baraka aslo tark etmasin! Sohalar ravnaqi yo‘lida olib borayotgan ishlaringizda ulkan zafarlar yor bo‘lsin!

DAVLAT KADASTRLARI PALATASI

#DavKadastrPalata #tabrik #qomusim

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |