NAMANGAN KADASTR
1.41K subscribers
11K photos
976 videos
9 files
4.57K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Xatlov jarayonlari jadal olib borilmoqda


🇺🇿 Muntazam xabar berganimizdek, kadastr muxandislari tomonidan respublikamiz miqyosida belgilangan reja-jadval asosida mahallalarda xatlov ishlari olib borilmoqda.

🌟 Davlat kadastrlari palatasi hamda Kadastr agentligi rahbariyati va mas'ul xodimlari hududlarda O'zbekiston Respublikasining 937-sonli Qonuni ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlarni doimiy ravishda nazorat qilib bormoqdalar.

◼️Xususan, hududiy boshqarmalar hamda filiallar tomonidan xatlovlarning sifatli va o'z vaqtida olib borilayotganligi o'rganilib, xodimlarga jarayonlarni yanada samarali tashkil etish bo'yicha tegishli topshiriq va ko'rsatmalar berilmoqda.

➡️ Qoraqalpog'iston Respublikasi 1, 2
➡️ Jizzax viloyati 1, 2
➡️ Namangan viloyati
➡️ Sirdaryo viloyati
➡️ Samarqand viloyati
➡️ Navoiy viloyati

#DavKadastrPalata #xatlov2025

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonun_937 #xatlov #korrupsiyaga_qarshi_kurashish

🇺🇿O‘RQ-937-sonli Qonun ijrosi bo‘yicha xatlov.
Reja, ijro va nazorat
.

🔹Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi tizimida Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlangan reja-jadvalga asosida olib borilayotgan xatlov ishlarini Uslubiy qo'llanmada belgilangan tartibda va bosqichlarda o'tkazishni ta'minlash uchun viloyat Ishchi guruhi tomonidan muntazam o'rganish hamda tushuntirish ishlari olib borilmoqda.

🔹Bugun ana shunday tadbir Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari R.Raximov, boshqarmaning korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha bosh mutaxassisi A.Obidovlar ishtirokida Norin tuman filiallarida o'tkazildi.

🔹
Tadbirda R.Raximov olib borilayotgan xatlov ishlarining tahliliy ma'lumotlari asosida har bir obyekt bo'yicha va har bir kadastr muhandisi kesimida so'rov o'tkazdi. Xatlov yo'li bilan texnik inventarizatsiyadan o'tkazilgan va elektron yig'majildlari shakllantirilgan ko'chmas mulklarni "E'tirof" axborot tizimiga olib o'tish bosqichlari haqida yana bir bor tushuntirishlar berdi. Amaliyotda uchrayotgan holatlar bo'yicha kadastr muhandislarning savollariga javob berib, jarayonlarni yanada samarali tashkil etish bo'yicha tegishli topshiriq va ko'rsatmalar berdi.

🔹Tadbirda so'z olgan A.Obidov fuqarolar va tadbirkorlar bilan muloqotda axloq-odob qoidalariga rioya qilish va xushmuomala bo‘lish, o‘z vazifalariga vijdonan yondashgan holda ishlash, korrupsiyani oldini olish, xizmat vazifasini suiisteʼmol qilmaslik yuzasidan kerakli ko‘rsatmalar berildi.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🌎🌎🌎🌎

Yer nazorati inspektorlari ish ustida

🔺Xabaringiz bor 🌟Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi tizimida yer nazorati va yer uchastkalarini talon-taroj qilishni oldini olishga qaratilgan tadbirlar, boshqarma rahbarlari ishtirokida va viloyatning barcha shahar tumanlarida, bo‘lim boshliqlari rahbarligida tuzilgan jami 16 ta Ishchi guruhlar tomonidan muntazam ravishda olib borilmoqda. 

🔺Ishchi guruhlar asosiy eʼtiborni qishloq xo‘jaligi yerlaridagi, magistral yo‘llar atrofidagi va aholi punktlaridagi o‘zboshimchalik bilan qurilgan har xil bino inshootlarga qaratmoqdalar.

🔺Masalan, bugun Kadastr agentligi Namangan shahar inspektorlari “Chorsu” MFY hududida fuqarolar tomonidan huquqiy hujjatlarsiz 280 kv. metr yer maydonini o‘zboshimchalik bilan egallab, uni atrofini o‘rab savdo shaxobchasi tashkil qilganliklari aniqlandi.

🔺Ushbu holat yuzasidan fuqarolarga nisbatan MJtKninig 60-modda 2-qismi bilan maʼmuriy jazo jarima qo‘llanildi.

🔺Inspektorlar tomonidan fuqarolarga o‘zboshimchalik oqibatlari tushuntirildi va yozma ogohlantirish berildi.  O‘ziga tegishli xulosa chiqargan fuqarolar T.U. I.U. X.D. va N.A lar o‘z hisobidan noqonuniy qurilishni bartaraf etib, yer maydoni asl holiga qaytarilishini taʼminladi.

🔺Yer nazorati va yer uchastkalarini talon-taroj qilinishini oldini olishga qaratilgan tadbirlar barcha tumanlarida davom etmoqda.

#yer_nazorati

Matbuot xizmati.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️Turar va noturar joy obyektlarini ulush kiritish asosida qurish jarayoni yanada tartibga solinadi

“Uy-joy qurilishi sohasini yanada rivojlantirish, turar va noturar joy obʼektlarini ulush kiritish asosida qurish jarayonini tartibga solish mexanizmlarini takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi Prezident Farmoni (PF-11-son, 27.01.2025 y.) qabul qilindi

➡️Farmonga koʼra, quyidagilarni nazarda tutuvchi “Uy-joyning yagona hayotiy sikli” tamoyili joriy etiladi:

🔹turar va noturar joy obyektlarini ulush kiritish asosida qurish jarayonida jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari himoya qilinishini taʼminlash;

🔹mavjud yer resurslaridan samarali (intensiv) foydalangan holda uy-joylar qurilishini tashkil qilish;

🔹uy-joy qurilishi sohasida investitsiya loyihalarini amalga oshirish muddatlarini qisqartirish;

🔹uy-joylarni ulush kiritish va ipoteka krediti asosida sotib olishning ishonchli va samarali imkoniyatini yaratish;

🔹uy-joylar qurilishida energiya samarador qurilish materiallaridan foydalanishni ommalashtirish.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев иштирокида 2025 йилнинг январь ойида ўтган асосий тадбир ва воқеалар

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🌎🌎🌎🌎

⚡️Nazorat tadbirlari olib borilmoqda

🌟Kadastr agentligining Namangan viloyati boshqarmasi Pop tumani bo‘limi yer va kadastr nazorati inspektorlari tomonidan tumanning Qo'shminor MFY xududidan o'tuvchi A 373-sonli "Toshkent-O'sh" avtomobil yo'lining ikki chetidagi noqonuniy qurilishlar va qurilmalar yuzasidan nazorat tadbirlari olib borilmoqda. 

🔹O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-fevraldagi “Yer uchastkalaridan foydalanishda davlat nazorati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 138-sonli qarori ijrosini taʼminlash bo‘yicha 70 dan ortiq noqonuniy qurilma egalariga yozma ogohlantirish berildi.  

🔹Hozirda yer nazorati inspektorlari tomonidan olib borilgan tushuntirish va huquqiy targ‘ibot ishlari natijasida fuqarlardan 15 nafari o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer maydonlarini o‘z holiga keltirdi.

❗️Nazorat tadbirladi davom etmoqda.

🔹Shu o‘rinda tadbirkorlardan avtomobil yo‘l yoqalariga noqonuniy qurilmalar o‘rnatish va qurilish ishlarini amalga oshirmasliklarini so‘rab qolamiz.

#Yer_nazorati

Matbuot xizmati.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM