NAMANGAN KADASTR
1.45K subscribers
10.6K photos
954 videos
9 files
4.44K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#sayyor_qabul

❗️Muammolarni birgalikda hal qilamiz 

Bugun ayni daqiqalarda, 🌟Kadastr agentligining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘ining o‘rinbosari F.Mirzaboyev boshchiligida Mingbuloq tumani aholisi va tadbirkorlari uchun “SAYYOR QABULI” bo‘lib o‘tmoqda.

Tumanning “Oybek” mahalla fuqarolari yig‘inida joylashgan Bolalar musiqa va sanʼat maktabi binosida kadastr xizmatiga oid masalalar bilan murojaat qilayotgan fuqarolar va tadbirkorlarga amaliy yordam berish uchun boshqarmaning malakali mutaxassislari ham jalb qilingan.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌇🌇🌇🌇

O'zboshimchalik bilan qurib olingan hamda huquqiy hujjatlarga ega bo'lmagan ko'chmas mulk obyektlariga mulk huquqini e'tirof etish uchun qo'yiladigan 8 ta talab bilan infografika orqali tanishib oling.

Asos: 🇺🇿O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi O'RQ-937-sonli Qonuni

#Kadastr_agentligi #O_RQ_937

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Geodezik_punkt #javobgarlik

GEODEZIK PUNKTLARDAN VA ULARNING AHAMIYATI

✔️Geodeziya punkti – yer yuzasiga (yerga, bino yoki boshqa sunʼiy inshootga) maxsus tarzda o‘rnatiladigan va geodezik usullar bilan aniqlangan koordinatalari aniq bo‘lgan nuqta.

🌐 Geodeziya punkti geodeziya tarmog‘ining elementi bo‘lib, u yer relefini topografik suratga olish va bir qator boshqa geodeziya ishlari uchun geodezik asos bo‘lib xizmat qiladi va maqsadiga ko‘ra rejali, balandli va gravimetrik usullarga bo‘linadi.

⚡️Qonunchilikka ko'ra, egalikdagi, foydalanishdagi yerlarning chegara belgilarini, geodezik punktlarni va o‘rmonlardagi cheklov belgilarini yo‘q qilish yoki shikastlantirish, – fuqarolarga BHMning 3 baravaridan 5 baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa 5 baravaridan 10 baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#sayyor_qabul

Muammolarni birgalikda hal qilamiz 


Bugun Namangan viloyati Mingbuloq tumani, “Oybek” mahalla fuqarolari yig‘inida joylashgan Bolalar musiqa va sanʼat maktabi binosida 🌟Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig'ining o'rinbosari F.Mirzaboyev boshchiligida boshqarma hamda tuman mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul bo'lib o'tdi.

Sayyor qabulga yig'ilgan jismoniy va yuridik shaxslarning muammolari birma-bir ko'rib chiqilib, yechimi yuzasidan kerakli topshiriqlar berildi hamda ijrosi viloyat boshqarmasi nazoratiga olindi.

✔️ Jumladan, qabulda kadastr masalalari bo‘yicha murojaat bilan kelgan jami 14 nafar fuqaro va tadbirkorlarning 7 nafarining masalalariga shu joyining o‘zida yechim topildi, 4 nafar murojaatchilarga hujjatlari o‘rganilib, huquqiy tushunchalar berildi, 3 nafar fuqarolarning kadastr hujjatlari joyiga chiqqan holda o‘rganilib, tegishli o‘zgartirishlar kiritilishi rahbariyat tomonidan nazoratga olindi.

✔️ Sayyor qabul davomida murojaatlari ijobiy hal bo‘lgan otaxonlar xursandchilikdan tashkilotchilar xaqqiga duo qildilar.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Qonun mohiyati OAV nigohida

«O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida»gi Qonun aholiga qanday imkoniyatlar beradi?

Qonun mazmun-mohiyati "Studiya 24" tok shousida.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastrda yangi tayinlovlar

⭐️🌟Kadastr agentligi direktorining tegishli buyrug'iga binoan, Davlat kadastrlari palatasining bir qator tuman filiallariga yangi rahbarlar tayinlandi:

🇺🇿Risbayev Shaxislam Abatbayevich - Davlat kadastrlari palatasi Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi Xo'jayli tuman filiali boshlig'i lavozimiga;

🇺🇿Otabayev Mardonbek Qadamboy o'g'li - Davlat kadastrlari palatasi Xorazm viloyati boshqarmasi Urganch tuman filiali boshlig'i lavozimiga;

🇺🇿Mirzaqosimov Farxodjon Boxodirovich - Davlat kadastrlari palatasi Andijon viloyati boshqarmasi Izboskan tuman filiali boshlig'i lavozimiga;

🇺🇿Shavkiddinov Shaxzod Baxtiyor o'g'li - Davlat kadastrlari palatasi Navoiy viloyati boshqarmasi Navoiy shahar filiali boshlig'i lavozimiga;

🇺🇿Axmadjonov Furqatjon Shuxratjon o'g'li - Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmasi To'raqo'rg'on tuman filiali boshlig'i lavozimiga tayinlandi.

#DavKadastrPalata #tayinlov

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🌇🌇🌇🌇

Qonunchilikka ko'ra ko'chmas mulk obyektlariga tatbiq etiladigan huquq turlari hamda muddatlari bilan infografika orqali tanishib oling.

Asos: 🇺🇿O'zbekiston Respublikasining 05.08.2024-yildagi O'RQ-937-sonli Qonuni

#Kadastr_agentligi #O_RQ_937

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#tayinlov

TAYINLOV

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi 🌟Kadastr agentligi direktorining tegishli buyrug‘i bilan Axmadjonov Furqatjon Shuxratjon o'g'li - Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmasi To'raqo'rg'on tuman filiali boshlig'i lavozimiga tayinlandi.

👍Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i M.Tursunbaev filial xodimlariga direktorning buyrug'ini o‘qib eshittirdi.

Boshqarma boshlig'i yangi tayinlangan F.Ahmadjonovga ishlarida muvaffaqiyatlar tilab, jamoa bilan ahillikda ishlab, tuman filiali oldida turgan muhim vazifalar, "O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida"gi Qonun ijrosiga tayyorgarlik ishlari, ko'chmas mulkka va yer uchastkalariga bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazish ishlarini jadallashtirish hamda korrupsion holatlarga yo'l qo'ymaslik va shu kabi dolzarb masalalar bo‘yicha tegishli topshiriqlar berdi.

Furqatjon Axmadjonov 1994-yilda Namangan viloyati Mingbuloq tumanida tug‘ilgan. 2024-yilda Cherkess shahridagi shimoliy Kavkaz davlat akademiyasi tamomlagan.

Tayinlovga qadar Kadastr agentligi Davlat kadastrlar palatasining Namangan viloyat boshqarmasi Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘limi bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.

Furqatjon Axmadjonovga yangi lavozimdagi faoliyatida omadlar va muvaffaqiyatlar tilaymiz.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM