NAMANGAN KADASTR
1.41K subscribers
10.7K photos
961 videos
9 files
4.47K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#seminar #huquqiy_targibot

Yer va kadastr nazorati inspektorlari uchun seminar

Bugun 🌟Kadastr agentligining Namangan viloyati boshqarmasida boshqarma xodimlari hamda tuman, shahar bo‘limi boshliqlari, yer va kadastr nazorati inspektorlari uchun navbatdagi o‘quv seminari o'tkazildi.

Seminarda boshqarma boshlig'ining o'rinbosari - Yer va kadastr nazorati sho'basi boshlig'i F.Mirzaboyev joriy yilning o'tgan 9 oyi mobaynida yerlarni muhofaza qilish, ularni o'zboshimchalik bilan egallab olinishiga yo'l qo'ymaslik borasidagi tuman, shahar bo‘limlari tomonidan olib borilgan yer nazorati tadbirlari natijasi tanqidiy tahlil qilindi. Maʼmuriy choralar qo‘llashda yo‘l qo‘yilayotgan ayrim kamchiliklar tushuntirildi.

Seminarda so'zga chiqqan boshqarmaning korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha bosh mutaxassisi M.Nurmatov xodimlarga kundalik ish jarayonida xizmat madaniyatiga va davlat xizmatchisining axloq va odob qoidalariga rioya qilishlari hamda korrupsiyaviy holatlarni oldini olishlari, xizmat vakolatlarini suiisteʼmol qilmasliklarini uqtirib, hayotiy misollar va videoroliklar orqali tushunchalar berdi.

Bundan tashqari, boshqarmaning Ma'muriy amaliyot bo'limi bosh mutaxassisi F.Abdurahmonov "E-Yer nazorat" dasturidagi yanada takomillashtirilgan jihatlar haqida ma'lumot hamda amaliy ko'rsatmalar berdi.

O'quv-seminarida yer va kadastr nazorati inspektorlari amaliyotda uchrayotgan holatlar yuzasidan savollariga javob oldilar.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Hududiy faoliyatimiz OAV nigohida

⭐️ 🌟 Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi hududiy boshqarmalari tomonidan o'tgan bir hafta davomida tashqi OAV larga  chiqishlar mazmuni bilan tanishishingiz mumkin:

🇺🇿 O'zbekiston Respublikasining «O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida»gi Qonuni targ'iboti:

▫️Namangan MTRK telekanalida;
▫️"Jizzaxnews" telegram kanalida;

⭐️ Hududlarda olib borilayotgan yer nazorati tadbirlari va aholi o'rtasida olib borilayotgan tushuntirish ishlari to'g'risida

▫️"Nurafshon TV" telekanalida;
▫️"Nuqtainazar.uz" maqolasida;
▫️"Surxon tongi" online gazetasida;
▫️UzA maqolasida 1;
▫️UzA maqolasida 2;
▫️"Markaz24.uz" telegram kanalida;

🇺🇿 Davlat kadastrlari palatasi asosiy faoliyatiga doir yangiliklar:

▫️Namangan MTRK telekanalida;
▫️UzA maqolasida 1 ;
▫️UzA maqolasida 2;
▫️"Diyor 24" maqolasida;
▫️"Asrnews.uz" maqolasida;
▫️"Ochun.uz" maqolasida;
▫️Andijon radiosi eshittirishida;
▫️"Diyor 24" telegram kanalida yoritildi.

#DavKadastrPalata #OAV_biz_haqimizda

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Namangan viloyati bo'yicha 2 648 ta tadbirkorlik uchun yer uchastkalari mulk va ijara huquqi bilan savdoga chiqarildi:

➡️Mingbuloq tumanidan 170 ta (koʼrish)
➡️Kosonsoy tumanidan 185 ta (ko'rish)
➡️Namangan tumanidan 43 ta (koʼrish)
➡️Norin tumandan 71 ta (koʼrish)
➡️Pop tumandan 619 ta (koʼrish)
➡️To'raqo'rg'on tumanidan 366 ta (ko'rish)
➡️Uychi tumanidan 78 ta (ko'rish)
➡️Uchqo'rg'on tumanidan 73 ta (ko'rish)
➡️Chortoq tumanidan 264 ta (ko'rish)
➡️Chust tumanidan 382 ta (ko'rish)
➡️Yangiqo'rg'on tumanidan 220 ta (ko'rish)
➡️Namangan shahridan 141 ta (ko'rish)

Barcha hududlardan yer maydonlari savdoga chiqarildi, endilikda yerlar soni ko'payishda davom etadi.

📞 "E-AUKSION" vakili: 992072612 (soat 09:00 dan 18:00 gacha)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Yer_hisobi

🇺🇿 YER FONDI TOIFALARI – Yurtimizda yerlar foydalanish maqsadlari, aholining talab va ehtiyojlarini qondirishini eʼtiborga olib, xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarini jonlantirish va rivojlantirishni ko‘zlab, ishlab chiqarishni tashkil etishni hisobga olib toifalarga bo‘linadi.

📊 Yerlarni toifalarga bo‘lishda birinchi navbatda ulardan qaysi maqsad uchun foydalanish mumkin yoki mumkin emasligi eʼtiborga olinadi.

📚Yer kodeksiga ko‘ra, yurtimizda yer fondi yerlardan foydalanishning belgilangan asosiy maqsadiga binoan 8 toifalarga bo‘linadi. Namangan viloyati bo'yicha 2024-yil holatiga jami yer maydoni 743 294 gektarni tashkil qilib, ular yer fondining toifalariga quyidagicha bo'linadi.

➡️qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar - 487 493 gektar;
➡️aholi punktlarining yerlari - 17 591 gektar;
➡️sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlar - 59 462 gektar;
➡️tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar - 400 gektar;
➡️tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar - 2 537 gektar;
➡️o‘rmon fondi yerlari - 152 437 gektar;
➡️suv fondi yerlari - 23 393 gektar;
➡️zaxira yerlar - 91 gektar.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Президент Шавкат Мирзиёев Тошкент вилоятининг ривожи, аҳоли ҳаёти ва янги лойиҳалар билан танишмоқда. Давлатимиз раҳбари дастлаб Тошкент туманига ташриф буюриб, Келес йўли кўчаси бўйлаб амалга оширилаётган бунёдкорлик ишлари билан танишди.

Президент Шавкат Мирзиёев знакомится с развитием Ташкентской области, жизнью населения и новыми проектами региона. Глава государства сначала посетил Ташкентский район и ознакомился с созидательной работой, проводимой вдоль улицы Келес йули.

#Mirziyoyev #safar #Toshkentviloyati #bunyodkorlik

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

TAYINLOV


🇺🇿 Kadastr agentligi direktorining tegishli buyrug'iga ko'ra, Olimov Shovkat Komil o'g'li– Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi raisi o'rinbosari etib tayinlandi.

◼️Shovkat Komil o'g'li – 1990 -yil Toshkent viloyati, Toshkent tumanida tavallud topgan. 2013 - yilda Mirzo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universitetini hamda 2024 - yilda - O'zbekiston Respublikasi Bank-Moliya Akademiyasini tamomlagan.

◼️Tayinlovga qadar, Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Kadastr agentligi Inson resurslarini rivojlantirish va boshqarish bo‘limi boshlig‘i lavozimida faoliyat yuritgan.

🌟 Kadastr agentligi jamoasi Sh.Olimovning kelgusidagi ishlarida muvaffaqiyatlar tilaydi.

#Kadastr_agentligi #tayinlov

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM