NAMANGAN KADASTR
1.45K subscribers
10.6K photos
954 videos
9 files
4.44K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿 🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

📄 QONUNNING 8-moddasi haqida,

💠 Fuqarolarning bog‘dorchilik va uzumchilik shirkatlari hududida joylashgan turar joylariga bo‘lgan mulk huquqini hamda ular egallagan yer uchastkasiga bo‘lgan ijara huquqini e’tirof etish uchun quyidagi shartlarning barchasiga rioya etilganligi asos bo‘ladi, agar:

🔵fuqaro bog‘dorchilik va uzumchilik shirkati a’zosi bo‘lsa;

🔵mazkur yer uchastkasi boshqa jismoniy va yuridik shaxslarga ajratilmagan yoki elektron onlayn-auksionga qo‘yilmagan bo‘lsa;

🔵mazkur yer uchastkasidan foydalanish yuzasidan jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar o‘rtasida nizo mavjud bo‘lmasa;

🔵mazkur yer uchastkasi uchun yer solig‘i bo‘yicha, unda qurilgan binolar va inshootlar uchun esa mol-mulk solig‘i bo‘yicha qarzdorlik mavjud bo‘lmasa.

🌟 Kadastr agentligi Metodologiya va uslubiy qo‘llab-quvvatlash boshqarmasi boshlig‘i - Begzod Nishonov.

🔗 Batafsil: Videoda bilib olishingiz mumkin.

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Korrupsiyaga_qarshi_kurashish

Biz korrupsiyaga qarshimiz! Halollik — asosiy mezon

🌟Kadastr agentligi va 💫Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov va A.Obidovlar Agentlik va Palataning Norin tuman bo‘lim va filiali xodimlari bilan “Biz korrupsiyaga qarshimiz” mavzusida profilaktik suhbat o‘tkazdilar.

🟢Tadbirda so‘z olgan M.Nurmatov yaqinda qabul qilingan O‘zbekiston Respublikasining 05.06.2024-yildagi O‘RQ-931-sonli “Manfaatlar to‘qnashuvi to‘g‘risida”gi Qonuni hamda manfaatlar to‘qnashuvining oldini olishga oid huquqiy tartibotlarning mazmun-mohiyatini xodimlarga yetkazdi.

🟢Bundan tashqari, kadastr sohasiga bevosita aloqador bo‘lgan yangi qonun - “O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi 937-sonli qonunda kadastr idoralarining o‘z vakolat doirasidagi bajaradigan ishlarini, ushbu qonun bilan ko‘chmas mulklarga huquq e’tirof etilishi jarayonida aynan bir tashkilotning xulosasi bilan hal bo‘lmasligini, hech bir xodim bu bo‘yicha va’da berishga huquqi yo‘qligi, bunda inson omili aralashmasligini inobatga olib ish yuritishlarini yana bir bor eslatib o‘tdi. Turli g‘arazli maqsadlarda kadastr xodimlarini yo‘ldan urishga urinadigan kimsalardan hushyorlikka chaqirdi.

🟢Shundan so‘ng, so‘zga chiqqan A.Obidov kadastr idoralarining obro‘si va shaʼnini himoya qilish, uni asrab avaylash soha xodimining asosiy vazifasi ekanligi alohida taʼkidladi. Xodimlarning, ayniqsa yoshlarning keyingi yillarda Xalqmizda kadastr idoralari haqida shakllanayotgan ijobiy fikrga o‘zlarining namunali hulqi va odobi, vijdonan xizmat vazifasini ado etishi hamda fuqarolar bilan muloqotda bosiqlik, sermulohazalik va xolis yondashuvlari bilan munosib hissa qo‘shishlari lozimligi haqida gapirdi.

🟢Shu munosabat bilan fuqarolar bilan ishlash jarayonida, xizmat madaniyatiga va davlat xizmatchisining axloq va odob qoidalariga rioya qilishlari, har qanday sharoitda ham tamagirlik va xizmat vazifasini suiisteʼmol qilmasliglari, ularni murojaatlarini asossiz ravishda rad etish holatlariga yo‘l qo‘ymasliglari lozimligi tushuntirildi.

🟢Davra suhbati qiziqarli bo‘lib o‘tdi va yig‘ilish ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirayotgan masalalar bo‘yicha yetarli maʼlumotlarga ega bo‘ldilar.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonunchilikdagi_yangiliklar

❗️ O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni bosqichma-bosqich xatlovdan o‘tkazish har yilgi reja-jadval asosida amalga oshiriladi.

📁 Reja-jadval Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining taklifiga ko‘ra Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlanadi va jamoatchilikka eʼlon qilinadi.

Manba: O‘RQ-937-son, 05.08.2024 y.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

HUDUDLARDA YANGI QONUN MAZMUN-MOHIYATIGA BAGʻISHLANGAN SEMINARLAR TASHKIL ETILDI

🇺🇿O'zbekiston Respublikasining 2024-yil 5-avgustdagi “O‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalari hamda ularda qurilgan bino va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonuni keng jamoatchilikka targ'ib qilish, mazmun-mohiyatini xodimlarga to'liq tushuntirish, ijrosi yuzasidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan vazifalardan xabardor qilish maqsadida seminarlar tashkil etildi.

🇺🇿 Seminar o'tkazilgan hududlar:
➡️ Qoraqalpog'iston Respublikasi
➡️ Andijon viloyati
➡️ Jizzax viloyati
➡️ Qashqadaryo viloyati
➡️ Namangan viloyati
➡️ Surxondaryo viloyati
➡️ Farg‘ona viloyati
➡️ Xorazm viloyati
➡️ Toshkent shahri

#kadastr #seminar

📩 Telegram   |  📩 Instagram    |  📩YouTube    | 📩 Facebook       | 📩 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Fuqarolar va tadbirkorlar bilan ochiq muloqotlar

⭐️🌟Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tuman, shahar filiallarida tadbirkorlar hamda fuqarolar uchun reja-jadval asosida hududning har bir tuman, shaharlarida filial boshliqlari ishtirokida ochiq muloqotlar tashkil etilmoqda.

◼️ Navbatdagi ochiq muloqotlarda yangi qonun mazmun-mohiyati tushuntirildi. Shuningdek, tadbirkor va fuqarolarning kadastr hujjatlarini rasmiylashtirish, mulkka egalik huquqini olish, meros hamda yerni xususiylashtirish, ko‘chmas mulkka boʻlgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va shunga o'xshash boshqa kadastr bilan bog‘liq masalalar bo‘yicha murojaatlari tinglanib, tushuntirishlar berildi.

🇺🇿 Surxondaryo viloyati
🇺🇿 Qashqadaryo viloyati
🇺🇿 Toshkent viloyati
🇺🇿 Namangan viloyati

#DavKadastrPalata #ochiq_muloqotlar

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM