NAMANGAN KADASTR
1.41K subscribers
10.7K photos
961 videos
9 files
4.47K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#siyosiy_marifat_soati

Siyosiy-maʼrifat soati. Tinchligimiz - bebaho neʼmat!


🔹Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmalari xodimlari navbatdagi “Siyosiy-maʼrifiy soat”da ishtirok etdilar.

🔹O‘quv soatidan so‘ng so‘zga chiqqan Boshqarmaning kasaba uyushmasi raisi, Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi aʼzosi I.Sarimsaqov va boshqarmaning Maʼnaviyat va maʼrifat kengashi aʼzosi Sh.Toshtemirovlar ulug‘ o‘zbek shoiri, mutafakkir, tarixchi va davlat arbobi, boburiylar saltanati asoschisi Zahiriddin Muhammad Boburning 1483-yil 14-fevral tug‘ilgan kuni munosabati bilan Boburning Namangan viloyatidagi qadamjolari haqida qisqacha maʼruza qildilar.

🔹Shundan so‘ng, so‘zga chiqqan Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassis, boshqarmaning Maʼnaviy va maʼrifiy ishlar kengashi raisi o‘rinbosari M.Nurmatov hazrat Zahiriddin Muhammad Boburning davlat arbobi va sarkarda sifatida amalga oshirgan ishlari haqida gapirdi. Shuningdek 15-fevral sobiq Sovet qo‘shinlarining Afg‘on diyoridan qaytib chiqqan kunga 35 yil to‘lganligi munosabati bilan Afg‘on urushi tarixi, unda qatnashgan o‘zbek yigitlarini qahramonligi haqida qiziqarli maʼlumotlar berdi.

🔹Tadbir davomida Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi xodimlari nomidan, Afg‘onistonda o‘z baynalminal burchini sharaf bilan ado etgan hamkasblarimiz Abduraxim Obidov va Botirjon O‘rinboyevlarni ushbu sana munosabati bilan samimiy tabriklab kitob sovg‘a qilindi.

🔹Boshqarma tizimida boshlangan kitob o‘qish, kitob sovg‘a qilish tadbirlari tuman filiallarida ham davom ettiriladi.

🔹Bugungi “Siyosiy-maʼrifiy soat” har qachongidanda jonli va qiziqarli o‘tdi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Айни пайтда Хонобод шаҳрида Президент Шавкат Мирзиёев Андижон вилоятини ижтимоий-иқтисодий ривожлантиришнинг устувор вазифалари юзасидан йиғилиш ўтказмоқда.

Давлатимиз раҳбари вилоят жадал суръатда ривожланаётгани, саноати бўйича республикада тўртинчи ўринга кўтарилганини қайд этди.

Вилоят йилига 280 минг тонна пахта, 530 минг тонна ғалла ва 2,5 миллион тонна мева-сабзавот етиштиради.

Шу билан бирга, Андижонда ҳали ишга солинмаган имкониятлар ва салоҳият жуда катта экани кўрсатиб ўтилди.

Facebook|Instagram|X
#huquqiy_targibot

Paxta maydonlarining har gektariga 1 mln so‘mdan subsidiya beriladi

“Qishloq xo‘jaligi yerlari degradatsiyasiga qarshi kurashish, tuproqning gumus miqdori va unumdorligini oshirishni qo‘llab-quvvatlashning qo‘shimcha chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Qarori (PQ-71-son, 13.02.2024 y.) qabul qilindi.

🔹Qarorga muvofiq 2024–2025 yillarda tajriba tariqasida paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni, shu jumladan tuproqning gumus miqdorini oshirish bo‘yicha agrotexnik tadbirlar uchun yerdan foydalanuvchilarga (jumladan, klasterlarga) har bir gektar maydonga bir million so‘mdan subsidiya ajratiladi.

Bunda:

subsidiya ajratish Qishloq xo‘jaligi vazirligi tomonidan “Agrosubsidiya axborot tizimi” orqali amalga oshiriladi;

paxta maydonlarida tuproq unumdorligi va hosildorlikni oshirish bo‘yicha tadbirlarni bajarish uchun dastlab hisoblangan subsidiyaning 70 foizi 2024-yilda ajratiladi;

subsidiyaning qolgan 30 foizi Paxtachilik kengashining hosildorlik oldingi mavsumga nisbatan o‘rtacha 10 foizga oshganligi to‘g‘risidagi xulosasiga asosan 2025-yilda ajratiladi.

🔹Shuningdek, “Tuproq tarkibi va repozitoriysi, sifati tahlil markazi” davlat unitar korxonasi Tuproqshunoslik va agrokimyoviy tadqiqotlar instituti tarkibiga o‘tkaziladi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#YER_FONDI_TOIFALARI

Tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar

🔹Ushbu yerlarga - davlat qo‘riqxonalari, milliy tarixiy-tabiiy va yodgorlik bog‘lari, zakazniklar, tabiat yodgorliklari, dendrologiya bog‘lari, botanika bog‘lari, alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar egallagan, tabiiy davolash omillariga ega bo‘lgan yerlar, ommaviy dam olish va turizm uchun foydalanishga berilgan yer uchastkalari kiradi. Bularning barchasi alohida muhofaza etiladigan hududlar hisoblanadi.

🔹Foydalanish maqsadi - tabiiy jarayon va hodisalarni, o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish, ularning nodir va noyob turlarini tabiiy holatda saqlab qolish, sonini ko‘paytirish va o‘rganish, turizm va aholining ommaviy dam olishini tashkil etishdan iboratdir.

🔹Namangan viloyatida ushbu toifadagi yerlarning 2024-yil 1-yanvar holatiga umumiy maydoni 400 gektarni tashkil qiladi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#kadastr_aholi_manfaatlari_uchun

Aholi murojaatlari doimiy eʼtiborimizda


🔹Muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan kadastr sohaga bo‘lgan eʼtiborlari va 2022-yilning 20-oktabrda qabul qilgan PQ-405-sonli qarorlariga muvofiq 2023-2026 yillarda Kadastr agentligi organlari va tashkilotlarida bino va inshootlarni qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal taʼmirlash dasturiga asosan Namangan viloyatida ham bunyodkorlik ishlari boshlab yuborildi.

🔹Chortoq tuman filialida yangi bino qurilib ishga tushirilgandan so‘ng xizmat ko‘rsatish madaniyati ham tubdan o‘zgandi. Xodimlar ham murojaatchilar ham yaratilgan sharoitdan mamnunlar.

🔹Chortoq tuman hokimligi, Xalq qabulxonasi hamda virtual qabulxonalar orqali kelib tushayotgan va bevosita idorada qabul qilingan aholi murojaatlari joyiga chiqib “mahallabay” va “xonadonbay” o‘rganish yo‘lga qo‘yilgan.

🔹Tuman filialiga joriy yilning yanvar oyi davomida yuridik va jismoniy shaxslardan 37 ta murojaatlari kelib tushdi. Barcha murojaatlar rahbarlar va mutaxassislar tomonidan joylarga chiqqan va xonadonlariga borilgan holda o‘rganilib, ulardan 23 tasi yaʼni 62% ijobiy hal qilindi va 8 ta murojaatchilarga huquqiy tushuncha berildi hamda 6 ta murojaatlarni o‘rganish jarayoni davom etmoqda.  

🔹Hozirda Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi tizimida aholi murojaatlari bo‘yicha onlayn elektron hujjat aylanish tizimi ishga tushirilgan bo‘lib, har bir aholi murojaati toki masala hal bo‘lmaguncha elektron nazoratda turishi bilan ahamiyatlidir.

Matbuot xizmati.

Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#kadastr_xabarlari

Yanvar oyida Namangan viloyatida jami 3 052 ta murojaatchi kadastr hujjatiga ega bo'ldi

🔹Xabaringiz bor muhtaram prezidentimiz Sh.Mirziyoyev rahbarligida "Yer resurslaridan oqilona foydalanish, yer hisobini yuritish hamda kadastr xizmatlari sifatini yaxshilash bo'yicha" 2023-yil 21-noyabr kuni videoselektor o'tkazilgan edi. Videoselektordagi dolzarb topshiriqlardan kelib chiqib Namangan viloyati hokimligi boshchiligida keng ko'lamli ishlar amalga oshirilmoqda.

🔹Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan joriy yilning yanvar oyida jismoniy va yuridik shaxslardan kelib tushgan jami 3 052 ta murojaat mutaxassislar tomonidan o‘z vaqtida o'rganilib, kadastr pasportini shakllantirib berildi.

Shundan
turar joylarga 2 465 ta;
ko‘p qavatli uylarga 13 ta;
ko‘p qavatli uylardagi xonadonlarga 477 ta;
bo‘sh yer uchastkalariga 97 ta.

🔹Bundan tashqari, yangi UZKAD axborot tizimi orqali 3 331 ta noturar-joy obyektlariga kadastr pasportini shakllantirib, 55 ta jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan kelgan murojaatlar ko‘rib chiqib, ijobiy hal qilindi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Бироздан сўнг Президент Шавкат Мирзиёев раислигида ижтимоий ҳимоя соҳасидаги хизматлар қамровини янада кенгайтириш бўйича устувор вазифалар юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланади.

Скоро под председательством Президента Шавката Мирзиёева начнется видеоселекторное совещание по приоритетным задачам дальнейшего расширения охвата услугами в сфере социальной защиты.

Facebook|Instagram|X
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида ижтимоий ҳимоя соҳасидаги устувор вазифалар юзасидан видеоселектор йиғилиши бошланди.

Маълумки, ўтган йил июнь ойида Ижтимоий ҳимоя миллий агентлиги ташкил этилган эди.

Ўтган даврда 10 дан ортиқ давлатнинг тажрибаси чуқур ўрганилди, ижтимоий хизмат бўйича мутахассис-экспертлар билан ҳамкорликда соҳанинг аҳволи ўрганилди.

Таҳлил ва ўрганишлар кўрсатганидек, одамлар ташвишини ичига кирмаган, ўзидан ўтказмаган эски тизим тубдан ўзгариши керак ва бу мураккаб, комплекс жараён.

Facebook|Instagram|X
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

🇺🇿 Ayni dam, Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida ijtimoiy himoya sohasidagi xizmatlar qamrovini yanada kengaytirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilmoqda.

◼️ Ma’lumki, o‘tgan yil iyun oyida Ijtimoiy himoya milliy agentligi tashkil etilgan edi. O‘tgan davrda 10 dan ortiq davlatning tajribasi chuqur o‘rganildi, ijtimoiy xizmat bo‘yicha mutaxassis-ekspertlar bilan hamkorlikda sohaning ahvoli o‘rganildi.

◼️ Davlatimiz rahbari sohadagi ba’zi kamchiliklarni sanar ekan, 20 dan ziyod idoraning ijtimoiy himoya borasidagi faoliyati hujjatlarda puxta o‘ylanmasdan, betartib belgilanganini ko‘rsatib o‘tdi.

◼️ Nogironligi bo‘lgan shaxslarni tibbiy va ijtimoiy reabilitatsiya qilish, kasbga o‘rgatish orqali to‘laqonli hayotga qaytarishga e’tibor sustlashib ketgani tanqid qilindi. Nogironligi bo‘lgan shaxslarni tibbiy va ijtimoiy reabilitatsiya qilish, kasbga o‘rgatish orqali to‘laqonli hayotga qaytarishga e’tibor sustlashib ketgani tanqid qilindi.

◼️ Prezident bu sohada umumiy yondashuv o‘zini oqlamagani, har bir oila va inson taqdiriga alohida professional yondashish lozimligini qayd etib, ustuvor yo‘nalishlarni belgilab berdi.

◼️ Raqamlashtirish hisobiga, o‘rnidan tura olmaydigan, o‘zgalar parvarishiga muhtoj yolg‘iz 2 ming kishiga yordam ko‘rsatish yo‘lga qo‘yildi.

◼️ Ijtimoiy himoyaga muhtoj aholini har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, xizmatlar ko‘rsatish jarayonlarini soddalashtirish va tezlashtirish maqsadida:
- ehtiyojmand toifani belgilash bo‘yicha mezonlar ishlab chiqiladi va aynan qanday yordamga muhtojlik borligi aniq belgilab beriladi.

◼️Davlatimiz rahbari hokimlar va sektor rahbarlari mahallada o‘tkazayotgan qabullar ham o‘zgarishi kerakligi, qabullarda mahalla “yettiligi” ko‘targan eng og‘ir masalalarning yechimi bo‘lishi lozimligini ta’kidladi.

#DavKadastrPalata #Prezident

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM