NAMANGAN KADASTR
1.44K subscribers
10.6K photos
955 videos
9 files
4.44K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#seminar #raqamlashtirish #ijro_intizomi

ELЕKTRON HUJJAT ALMASHINUV TIZIMIDAN SAMARALI FOYDALANISH AFZALLIKLARI

🔹Bugun Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmasi majlislar zalida boshqarmaning bo'lim boshliqlari, tuman (shahar) filial rahbarlari hamda xodimlari uchun O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 24-maydagi “Ma’muriy islohotlar doirasida raqamli texnologiyalar sohasida davlat boshqaruvini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-76-son farmoni hamda Kadastr agentligining tegishli topshiriq xati ijrosini ta’minlash maqsadida, “edo.ijro.uz” dasturiy ta’minoti orqali o‘zaro hujjat aylanishini joriy qilinishi, ushbu dastur orqali ro‘yxatga olingan topshiriqlar o‘z vaqtida ko‘rib chiqish va ularning ijrosini ta’minlash bo‘yicha o'quv-seminar tashkil etildi.

🔹Seminarda “UNICON SOFT” MChJ Namangan viloyati hududiy bo'limi rahbari D.Bo'ronov hamda jamiyat menejerlari ishtirokchilarga yuqoridagi dasturiy ta'minot orqali o‘zaro hujjat aylanishi haqida batafsil ma’lumot berdilar.

🔹Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassislardan to'liq javob oldilar.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Hududlarda ijro intizomi holatiga e’tibor

◼️ Joriy yil, 14-15 - sentabr kunlari Davlat kadastrlari palatasi raisi M.K.Valiyev hududlarda olib borilayotgan ishlar bilan tanishish maqsadida Sirdaryo va Jizzax viloyatlarining bir necha tuman, shahar filiallarini ko‘zdan kechirdi.

🌟 Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati rahbariyati va hududiy boshqarmalarning qator mutasaddilari bilan birgalikda chekka tumanlarda bo‘lishib, ishlarning tashkil etilishi va asosan xodimlarda ijro intizomi holatiga alohida e’tibor qaratdi. Arxiv hujjatlari, kadastr pasporti va uni ro'yxatdan o‘tkazish masalalari, UzKAD dasturiga davlat obyektlarini kiritish va murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha qator yo‘nalishlarni o‘rganish yuzasidan xodimlar bilan uchrashdi. Bundan tashqari rahbariyat tumanlarda ish sur’atini o‘rganish barobarida xodimlarga yaratilgan sharoitlarni ko‘zdan kechirdi.

◼️ Hududiy filiallarda bo‘lib qaytgandan so‘ng, palata raisi boshchiligida Zoom platformasi orqali kengaytirilgan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi. Unda asosiy masala bo‘lgan ijro intizomiga e’tibor qaratilib, tizimda korrupsiya holatlarining oldini olish kabi mavzular tahlil etildi. O‘tgan 8 oy davomida qilingan ishlar bo‘yicha hisobotlar tinglanib, ilg‘orlar e’tirof etildi. Natijadorligi orqada bo‘lgan ayrim xodimlarga nisbatan intizomiy jazo chorasi - hayfsan e’lon qilinib, bir qancha xodimlarga ogohlantirish berildi.

#DavKadastrPalata #info #ijro_intizomi #rais_yig_ilishi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#matbuot_anjumani #DIQQAT_ELON

DIQQAT E'LON
!
HURMATLI OAV VAKILLARI!

🔹Joriy yilning 23-sentabr kuni soat 10:00 da Namangan shahri, Marg'ilon ko'chasi, viloyat Elektr tarmoqlari AJ binosining majlislar zalida Matbuot anjumani bo‘lib o‘tadi.

🔹 Mavzu: Oʼzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining kadastr sohasini yanada rivojlantirish, aholi va tadbirkorlar uchun koʼrsatilayotgan kadastr xizmatini yanada takomillashtirish uchun joriy yilning oʼtgan davrida qabul qilingan qarorlarning mazmun-mohiyatini Ommaviy axborot vositalari orqali keng jamoatchilikni  xabardor qilish haqida.

🔹 Ishtirok etadilar: Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i Pazilov Bahromjon Bahodirovich hamda Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i Gapparov Qodirxon Sattarovich.

🔹 Ushbu Matbuot anjumaniga barcha ommaviy axborot vositalari vakillarini, mustaqil jurnalist va blogerlarni taklif qilamiz.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Ўзбекистон Республикаси Президенти Шавкат Мирзиёевнинг Бирлашган Миллатлар Ташкилоти Бош Ассамблеясининг 78-сессиясидаги нутқи

Выступление Президента Республики Узбекистан Шавката Мирзиёева на 78-й сессии Генеральной Ассамблеи Организации Объединенных Наций

Address by the President of the Republic of Uzbekistan Shavkat Mirziyoyev at the 78th session of the UN General Assembly

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#kadastr_aholi_manfaatlari_uchun

"Onaxon, Kadastr xizmatidan keldik!"

🔹Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmasining barcha 14 ta tuman  filiallari xodimlari “Kadastr – aholi manfaatlari yo‘lida” tamoyili asosida, aholini kadastr xizmatiga bo‘lgan muammolarni joyiga chiqqan holda o‘rganish va hal etish uchun "mahallabay", "xonadonbay". ish tashkil qilmoqdalar.

🔹Bu ishlarda, ayniqsa boshqarmaning Pop, Namangan tumani filiallari xodimlari faollik ko‘rsatib hozirgacha o‘z hududlaridagi 15 dan ortiq mahallalarida bo‘lib, fuqarolarning sohaga oid masalalarini o‘rgandilar.

🔹Aniqlangan aholi muammolar joyida hal qilinmoqda. Qo‘shimcha vaqt talab qiladigan masalalar nazoratga olingan bo‘lib, qolganlariga malakali mutaxassislar tomonidan tegishli huquqiy tushunchalar berilmoqda.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#huquqiy_targibot

Yangi O‘zbekiston taraqqiyot strategiyasini o‘rganamiz 

"O‘zbekiston — 2030" strategiyasining asosiy g‘oyalari:

🔹barqaror iqtisodiy o‘sish orqali daromadi o‘rtachadan yuqori bo‘lgan davlatlar qatoridan o‘rin olish;
🔹aholi talablariga va xalqaro standartlarga to‘liq javob beradigan taʼlim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini tashkil qilish;
🔹aholi uchun qulay ekologik sharoitlarni yaratish;
🔹xalq xizmatidagi adolatli va zamonaviy davlatni barpo etish;
🔹mamlakatning suvereniteti va xavfsizligini kafolatli taʼminlash.

Asos: “«O‘zbekiston — 2030» strategiyasi to‘g‘risida” PF-158 11.09.2023-y.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#Geoinnovatsiya #foydali

🇺🇿 O‘zbekistonda dronlardan foydalanish bo‘yicha yangi qoida joriy qilindi.

🇺🇿 “O‘zbekiston Respublikasi samoviy hududida fuqaro va eksperimental aviatsiyasining parvoz qilish aviatsiya qoidalariga o‘zgartirishlar kiritish haqida"gi Transport vaziri buyrug‘iga asosan 🛸dronlar parvozini bajarish vaqtida fuqaro aviatsiyasi uchuvchisiz uchadigan apparat operatorida ushbu apparatni uchishga tayyorlash va boshqarishga oid qo‘llanma bo‘lishi shart.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM