NAMANGAN KADASTR
1.46K subscribers
10.6K photos
952 videos
9 files
4.43K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
Forwarded from Deleted Account
Наманган вилояти кадастр тизимида қандай ишлар амалга оширилди?

Наманган вилояти бошқармаси таркибидаги бўлим, шаҳар ва туман филиаллари барчаси оптик толали кабеллар орқали юқори тезликдаги интернет тармоғига уланди.

👉 https://effect.uz/6660

🌐 EFFECT.UZ'нинг ижтимоий тармоқлардаги саҳифаларига аъзо бўлинг!

Telegram | Instagram | YouTube | Sport
▫️Auksion savdolariga taqdim etilgan yerlar savdosi▫️

Tadbirkorlik uchun e-auksion.uz 34 mingdan ortiq dehqon xo'jaligi yerlarini ijaraga oling.

📧 Andijon viloyatidan 154 ta (ko'rish)
📧 Buxoro viloyatidan 4058 ta (ko'rish)
📧 Jizzax viloyatidan 850 ta (ko'rish)
📧 Qashqadaryo viloyatidan 4904 ta (ko'rish)
📧 Navoiy viloyatidan 71 ta (ko'rish)
📧 Namangan viloyatidan 3858 ta (ko'rish)
📧 Samarqand viloyatidan 1000 ta (ko'rish)
📧 Surxondaryo viloyatidan 1142 ta (ko'rish)
📧 Sirdaryo viloyatidan 741 ta (ko'rish)
📧 Toshkent viloyatidan 4582 ta (ko'rish)
📧 Farg'ona viloyatidan 6032 ta (ko'rish)
📧 Xorazm viloyatidan 169 ta (ko'rish)
📧 Qoraqalpog'iston Respublikasidan 7068 ta (ko'rish)

#DavKadastrPalata #auksion

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
Ҳар бир мурожаат – назоратда.

🔵 Бугун ижтимоий тармоқларда таҳрирсиз "Наманган вилоят кадастр бошқармасига мурожаат,! Уйчи тумани Мевазор МФЙ ҳудудида поезд йўлига етмасдан ўнг тарафда деҳқон хўжалиги учун ер аукцион орқали 2022 йил апрел ойида олинган. Бу ерларни кадастр тартиб бўйича бўлиб беришларини сўраймиз. Қонуний олинган ерларимизда деҳқончилик қила олмадик сабаби фермер пахта экиб олди. Бу йилги тўловларимизни тўлаб берсин. Президент қарорлари ҳам бажарилмаганлиги ғалати ҳол эмасми.” мазмундаги мурожаат тарқалди.

🔵 Ушбу мурожаат жойида ўрганиш учун Давлат кадастрлари палатасининг Наманган вилоят бошқармаси томонидан Ишчи гуруҳи тузилди. Мурожаат атрофлича ўрганиб чиқилади ва қўшимча маълумот берилади.

🔵 Ҳурматли фуқаролар ва тадбиркорлар! Кадастр масаласига оид саволлар ва таклифлар бўлса биз Сиз билан биргаликда ишлашга ва масалаларни ечишга тайёрмиз!

Матбуот хизмати.
Telegram Instagram Facebook
🔹DXMdagi xizmatlarimiz🔹

⚜️Ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquqlar va ular bo‘yicha tuzilgan bitimlarni Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha turkum maʼlumotlar.

🏞 Jismoniy shaxslarning qishloq xo‘jaligi uchun berilgan yer uchastkasiga bo‘lgan huquqlarini Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va davlat reyestridan ko‘chirmalar olish xizmati.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
🔹Mulkdor ayollari ko‘p hudud - ?!🔹

🏢 Davlat kadastrlari palatasi Axborot xizmatining ma’lumotlariga ko‘ra, Respublika bo‘yicha 2022-yil 1-sentabr holatiga jami obyektlar soni 8 092 590tani tashkil etadi.

👨🏻‍⚕️💼 Shundan, ko‘chmas mulklari eng ko‘p bo‘lgan erkak mulkdorlar Samarqand viloyatida ro‘yxatga olingan bo‘lib, viloyatda ularning soni – 694 822 ta.

🤵🏼‍♀️👜 Respublikamiz bo‘yicha eng ko‘p mulkdor ayollari bo‘lgan hudud esa poytaxtimiz Toshkentga to'g'ri kelar ekan. Keyingi o'rinlarda Toshkent va Farg'ona viloyatlari, so'nggida esa Sirdaryo viloyatini ko'rishimiz mumkin. Infografikada batafsil👆

#DavKadastrPalata #DKP_statistikasi

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram|Facebook|Instagram|YouTube
РАСМИЙ МУНОСАБАТ

🔹Ижтимоий тармоқларда Наманган вилояти, Тўрақўрғон тумани, Соҳилобод МФЙ ҳудудида яшовчи бир гуруҳ тадбиркор ва фермер хўжаликлари томонидан Кадастр агентлиги Наманган вилояти бошқармаси томонидан қабул қилинган ҳужжатлардан норози бўлиб йўллаган мурожаат тарқалди.

🔹Кадастр агентлиги Наманган вилояти бошқармаси юридик хизмати томонидан мурожаат ўрганиб чиқилди ва қуйидагича расмий муносабат билдирилади.

Матбуот хизмати.
Telegram Instagram Facebook
#Kadastr #YERELEKTRON

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-dekabrdagi PF-32-sonli Farmoniga asosan, 2022-yilda "Yangi O‘zbekiston" massivlarida quriladigan ko‘p kvartirali uy-joylarni qurish uchun yer uchastkalarining elektron-auksion savdolariga chiqarish holati yuzasidan "YERELEKTRON"AATga vakolatli tashkilotlar xulosalarini olib kelajakda auksion savdolariga chiqarish maqsadida tizimga kiritilgan.

📄"YERELEKTRON"AATga vakolatli tashkilotlar xulosalarini olib kelajakda auksion savdolariga chiqarish maqsadida tizimga kiritilganlar soni 619 tani tashkil qiladi.

📌Shundan Yer uchastkalari auksion savdolariga chiqarilgan soni 84 ta maydoni 4.48 gektar ochiq elektron savdolariga chiqarilgan.

📄Shuningdek auksion savdolarida sotilganlar soni 585 ta maydoni 30,0 gektar sotilgan.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
📧SAVOL: Uyimiz 1950-yillarda qurilgan, kadastr qilinmagan. Ota-onam o‘tib ketgan hozirda aka-uka shu hovlida istiqomat qilamiz. Arxivdan uy hujjatlari topilmadi, biladigan qarindoshlarim o‘tib ketgan. Bunday holatda qay tartibda uyni kadastr qildirsak bo‘ladi?

🧾JAVOB: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 29-dekabrdagi “Ko‘chmas mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazish tartibini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 1060-sonli qaroriga asosan, Yer kodeksi amal qilgan davrda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining olingan yer uchastkalariga bo‘lgan meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish uchun davlat arxivlari tomonidan tasdiqlangan hujjatlar asos bo‘ladi. Shuningdek, davlat arxivlari saqlovida mavjud bo‘lmagan yoki ularni topish imkoni qolmagan taqdirda, o‘rnatilgan tartibda sudning qarori bilan belgilanadi.

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
⚡️НОҚОНУНИЙ ҚУРИЛМАЛАР БАРТАРАФ ЭТИЛМОҚДА

🔹 Наманган вилояти Уйчи туманидан кесиб ўтувчи давлат аҳамиятига эга бўлган 4Р-116 автомобиль йўли ёқасида ўзбошимчалик билан қуриб олинган барча ноқонуний қурилмалар аниқланиб, тушунтириш ишлари олиб борилмоқда.
🔹 Истиқлол ва Обод МФЙлари ҳудудидаги ноқонуний қурилмаларнинг эгаларига Туман қурилиш бўлими ва Кадастр агентлигининг туман бўлими мутахассислари томонидан мазкур қурилмаларни 3 кунлик муддатда ихтиёрий равишда бузиб олиниши тўлиқ тушунтирилиб, расман огоҳлантириш хатлари берилди.

Матбуот хизмати.
Telegram Instagram Facebook
🕊21-sentabr – Xalqaro tinchlik kuni

🕊BMT Bosh Assambleyasining 55/282-rezolyutsiyasida bir ovozdan 2002-yildan boshlab 21-sentabrni Xalqaro tinchlik – har yili ommaviy zo’ravonlikka va qon to’kilishiga qarshi kurash kuni deb e'lon qilgan. Shundan beri mazkur bayramda millionlab insonlar, shuningdek, jamiyat va yoshlar tashkilotlari turli aksiya va tadbirlar o’tkazib kelishadi.

#DavKadastrPalata #tinchlik_kuni

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebok | Instagram | You Tube
#Kadastr #kartografiya #xarita

⚡️ Respublikaning interaktiv raqamli xaritasi yaratilmoqda.

💠Kadastr agentligi “Kartografiya” davlat ilmiy-ishlab chiqarish korxonasi tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlar tuman va shaharlarining mahalla fuqarolar yig‘inlari kesimida interaktiv raqamli xaritalari ishlab chiqilmoqda.

💠Interaktiv raqamli xaritalarda respublika hududidagi barcha mahalla fuqarolar yig‘inlarining yer maydoni, chegara hududi, nomi, aholi soni va toifasi, mavjud yo‘llar, ko‘chalar, fermer xo‘jalik yerlari, xiyobonlar, daryo va kanallar, madaniy meros obyektlari, ma’muriy bino va inshootlar, ko‘p qavatli uylar, ta’lim muassasalari, zavod va fabrikalar, korxona va tashkilotlar, xo‘jalik birlashmalari va boshqalar to‘g‘risidagi umumlashtirilgan to‘liq ma’lumotlar aks ettiriladi.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
🔹Koreyadan xorij tajribasi🔹

🇰🇷 Kadastr agentligining Davlat kadastrlari palatasi tomonidan bir guruh mutaxassislarimiz ayni kunlar Koreya Respublikasining Seul shahrida xizmat safarida bo'lib turishibdi.

🔵 Seul shahrida LG-LX konsorsiumi tomonidan "Kadastr va ko'chmas mulkni ro'yxatdan o'tkazishning integratsiyalashgan axborot tizimi (UzKad axborot tizimi ) yaratish" komponenti doirasida tashkil etilgan o'quv amaliy kursida Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasi, shuningdek Geoinfokom DUKdan jami 19 nafar yetakchi kadastr mutaxassislari va mas’ullari qatnashishmoqda.

🔵 Malaka oshirish va tajriba almashish kurslarida :
— UAV texnologiyasi va qo'llanilishi;
— K-manzillar tizimini joriy etish;
— Koreyaning yer siyosati va iqtisodiy o'sishi kabi mavzular tahlil etilmoqda.
Xorij tajribasi natijalari haqida yana ma’lumot beriladi.

#DavKadastrPalata #xorij_safari #Koreya

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube