NAMANGAN KADASTR
1.55K subscribers
12.8K photos
1.08K videos
9 files
5.12K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#kadastr_aholi_manfaatlari_uchun

Kadastr - inson manfaati ustuvor soha


🔹Vodiyning jannatmakon go‘shalaridan bir Namangan viloyati bo‘lsa, Mingbuloq tumani shu go‘shani insonlari mehnatkash, serharakat, yeri serhosil va qishloqlari obod maskanlardan.

🔹Mingbuloq tumani hududi 52,5 ming gektarni tashkil qilib, jami 27332 ta ko‘chmas mulk obyektlari mavjud. Davlat kadastrlari palatasining Mingbuloq tumani filialida tuman aholisi va tadbirkorlariga qulaylik yaratish uchun tumanimizdagi mavjud 40 ta mahalla fuqarolari yig‘inlariga bir nafardan kadastr muhandisi biriktirilgan. Ular MFY raislari, hokim yordamchilari va boshqa mahalla yettiligi bilan birgalikda ish tashkil qilib, aholi hamda tadbirkorlarning murojaatlarini joyida hal qilmoqdalar. Kunlik ish faoliyatimizda inson manfaati ustuvorligini taʼminlashga katta eʼtibor qaratmoqdamiz.

BATAFSIL

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#qaror_va_ijro #yosh_kadastrchi

Kadastr xizmatidan tadbirkorlar uchun qulaylik

🔹Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi Yerlarni auksionga chiqarish sho'basi tomonidan 2024-yilning 1-choragida amalga oshirilgan ishlar tahlili.

Matbuot xizmati.

Telegram | Instagram | Facebook
#Qonunchilikdagi_angiliklar.

❗️Yer uchastkasi ajratilgan yoshlarga kadastr hujjatlari rasmiylashtirib beriladi va 100 mln. so‘mgacha kredit olish imkoniyati yaratiladi

🔹Qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirishdan sotishgacha bo‘lgan zanjirni qamrab oluvchi yangi tizim bo‘yicha talabgorlarga quyidagi qo‘llab-quvvatlash choralari joriy etiladi:

🔹Prezident qarorida nazarda tutilgan shartlarda va mablag‘lar doirasida talabgorlarga tijorat banklari tomonidan 7-yilgacha muddatga 100 mln. so‘mgacha kredit ajratish;

🔹Bunda, qaror doirasida barcha turdagi kreditlarni “mahalla yettiligi”ning kafilligi asosida ajratishga ruxsat beriladi hamda ular kreditlarning natijadorligi uchun teng javobgar bo‘ladi.

🔹talabgorlarga mini-texnika, urug‘ va ko‘chat xaridiga “Yoshlar daftari” jamg‘armasidan 5 million so‘mdan subsidiya, Fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalarini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasidan33 mln so‘mgacha kredit ajratish;

🔹joylardagi 167 ta “Agromarkazlar” orqali xususiy sektorni jalb etgan holda urug‘, ko‘chat yetkazish, mineral o‘g‘it berish, mini-texnika va agronom xizmatlari yo‘lga qo‘yiladi hamda yetishtirilgan mahsulotni xarid qilishga qayta ishlovchilar va eksport qiluvchilar biriktiriladi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Президент Шавкат Мирзиёев Жиззах вилоятига ташриф буюрди. Биринчи манзил Фориш туманидаги “Basalt Uzbekistan” кластери бўлди.

Президент Шавкат Мирзиёев прибыл в Джизакскую область. Первым пунктом программы поездки стал кластер "Basalt Uzbekistan" в Фаришском районе.

#Mirziyoyev #safar #sanoat #bazalt

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
#huquqiy_targibot

YER KODEKSINI O'RGANAMIZ

3-modda. Yer to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlari


🔹Yer to‘g‘risidagi qonunchilik yer Kodeksdan va yer munosabatlarini tartibga soluvchi boshqa qonunchilik hujjatlaridan iborat.

🔹Qoraqalpog‘iston Respublikasida yer munosabatlari Qoraqalpog‘iston Respublikasining qonunchiligi bilan ham tartibga solinadi.

🔹Tog‘, o‘rmon va suv bilan bog‘liq munosabatlar, tuproq, o‘simlik va hayvonot dunyosidan, shuningdek atmosfera havosidan foydalanish va ularni muhofaza qilishga oid munosabatlar maxsus qonunchilik bilan tartibga solinadi.

🔹Agar O‘zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomasida O‘zbekiston Respublikasining yer to‘g‘risidagi qonunchiligidagidan boshqacha qoidalar belgilangan bo‘lsa, xalqaro shartnoma qoidalari qo‘llaniladi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#маънавий_маърифий_ишлар

Sohibqiron Amir Temur (1336-1405) tavalludining 688 yilligiga

🔹Amir Temur ibn amir Tarag‘ay 1336-yil 9-aprelda Kesh (Shahrisabz) viloyatining Xo‘ja Ilg‘or qishlog‘ida dunyoga kelgan. Uning otasi amir Muhammad Tarag‘ay barlos ulusiga mansub beklardan, bahodir jangchi, ulamoyu fuzaloga ixlosmand, ilm ahliga homiy va ishtiyoqmand kishi bo‘lgan.

🔹Amir Temurning yoshligi haqida ma’lumotlar kam uchrasada, ayrim manbalarga qaraganda, u yoshligida xat-savod chiqarib, o‘z davrining tibbiyot, riyoziyot, falakiyot, me’morchilik va tarix ilmlarini o‘rgangan.

🔹Sohibqiron Amir Temur bilan suhbatlashish sharafiga muyassar bo‘lgan buyuk arab faylasufi Ibn Xaldun jahongir turk, arab, fors xalqlari tarixini, diniy, dunyoviy va falsafiy bilimlarning murakkab jihatlarigacha yaxshi o‘zlashtirganini ta’kidlaydi.

Matbuot xizmati.

Telegram | Instagram | Facebook
Президент Шавкат Мирзиёев раислигида ўтаётган йиғилишда Жиззах вилоятини ижтимоий-иқтисодий ривожлантириш масалалари муҳокама қилинмоқда.

Давлатимиз раҳбари фурсатдан фойдаланиб, яқинлашиб келаётган тинчлик, шукроналик, меҳр-оқибат ва саховат рамзи бўлган улуғ айём – Рамазон ҳайити билан юртимиздаги барча мўмин-мусулмонларни, бутун халқимизни табриклади.

"Бугун яна бир муҳим сана – буюк саркарда бобомиз, Соҳибқирон Амир Темур таваллуд топган кун",

- деди Президент.

Facebook|Instagram|X
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Ramazon Hayitida necha kun dam olinadi?

🇺🇿 Prezident Farmoniga koʻra, Ramazon hayiti munosabati bilan ketma-ket 3 kun dam olish kuni belgilangan.

Bular:


🗓 10-aprel, chorshanba — Ramazon Hayiti kuni;
🗓 11-aprel, payshanba — barcha uchun qoʻshimcha dam olish kuni;
🗓 12-aprel, juma — 6 kunliklarga qoʻshimcha dam olish kuni, 5 kunliklarga 13-aprel, shanbadan koʻchirilgan dam olish kuni;
🗓 13-aprel, shanba — barcha uchun ish kuni;
🗓 14-aprel, yakshanba — barcha uchun dam olish kuni.

📄 Farmonda 11-aprel, payshanba kuni barcha xodimlarga qoʻshimcha dam olish kuni etib belgilangan. 12-aprel, juma kuni esa 6 kunliklarga qoʻshimcha dam olish kuni, 5 kunliklarga esa 13-aprel, shanbadan koʻchirilgan dam olish kuni hisoblanadi.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿🇺🇿

Kadastr xalq xizmatida

🌟Bir necha yildirki, Davlat kadastrlari palatasining tuman, shahar filiallarida "Kadastr xalq xizmatida" shiori ostidagi tashabbus minglab insonlarning kadastr bilan bog'liq muammolarini hal etishda yordam berib kelmoqda.

◼️Filial xodimlari ishtirokidagi "Mahallabay", "Xonadonbay" o'rganish ishlari o'tgan bir haftada quyidagi hududlarda tashkil etildi:

▫️Surxondaryo viloyati
▫️Toshkent shahar
▫️Qashqadaryo viloyati 1, 2
▫️Namangan viloyati
▫️Andijon viloyati
▫️Jizzax viloyati

#DavKadastrPalata #kadastr_xalq_xizmatida

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Web-sayt I Telegram I Instagram I YouTube I Facebook I Twitter
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⚡️Qonun ijrosi o'rganilmoqda

🔹Bugun Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmasida “Geografik obyektlarning nomlari toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuni ijrosini ta’minlash maqsadida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

🔹Unda Namangan viloyati hokimining maslahatchisi I.Qo‘chqarova, DKPning Geografik obyektlar nomlarining ekspertizasi bo‘limi yetakchi mutaxassisi D.Qodirov, Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘ining o'rinbosari A.Nasritdinov hamda tumanlar (shahar) hokimlarining maslahatchilari ishtirok etdilar.

🔹Ishchi guruh tomonidan geografik obyektlarni nomlash, qayta nomlash, nomlarni davlat ekspertizasidan o‘tkazish, tegishli qaror bilan tasdiqlash hamda davlat reyestriga kiritilishini ta’minlash yuzasidan, shuningdek, barcha turdagi ko‘chalarni elektron maʼlumotlar bazasiga to‘g‘ri kiritish bo‘yicha ko‘rsatma va tavsiyalar berildi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook