NAMANGAN KADASTR
1.45K subscribers
10.6K photos
952 videos
9 files
4.43K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#milliy_yer_hisoboti

Namangan viloyatida "Yer hisobini yuritish" bo'yicha ishlar o'rganilmoqda

🔹Davlat kadastrlari palatasining Davlat yer kadastrini yuritish boshqarmasi xodimi A.Akbarov Namangan viloyatining Pop, Mingbuloq, Kosonsoy, Namangan shahar, Chust, Yangiqo'rg'on tumanlari filiallarida "Yer hisobini yuritish" bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni ko'zdan kechirdi.

🔹Yer fondi toifalarini ko'rish uchun kelib tushayotgan arizalarni o'z vaqtida ijrosini ta'minlashga mas'ul filiallarning yer hisoboti mutaxassislarining vazifalari hamda "UZKAD" dasturiga kiritilgan yer fondi toifalari, ularning yer turlaridagi xato va kamchiliklarni qayta ko‘rib chiqilishi holatlari tekshirilib, mavjud kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha topshiriqlar berildi.

🔹Shuningdek, 2024-yil 1-yanvar holatiga "Milliy yer hisoboti"ni huquqiy hujjatlarni jamlash va tasdiqlangan reja grafik asosida ishlarni yakunlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berildi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#milliy_yer_hisoboti

Milliy yer hisobotini yuritish raqamlashtirilmoqda

🔹Kuni kecha Davlat kadastrlari palatasi raisi M.K.Valiyev boshchiligida ZOOM platformasi orqali o'tkazilgan yig'ilishda berilgan dolzarb topshiriqlardan kelib chiqib Namangan viloyati boshqarmasining tuman, shahar filiali uchun tezkor yig'ilish o'tkazildi.

🔹Yig'ilish avvalida boshqarmaning Davlat yer kadastrini yuritish sho'basi boshlig'i O.Usmonov Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-oktabrdagi "Yer resurslarining holati bo‘yicha milliy hisobotni yuritish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida"gi 578-sonli qarori mazmun mohiyati bilan tuman filiallari rahbarlarini tanishtirdi.

🔹Shuningdek, 2024-yil 1-yanvar holatiga Milliy yer hisobotini tuzish ishlari, "UZKAD" dasturiga kiritilgan yer fondi toifalari, ularning yer turlarini qayta ko‘rib chiqilishi holatlari, tasdiqlangan reja grafik asosida ishlarni yakunlash bo‘yicha tegishli ko‘rsatma va topshiriqlar berildi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#milliy_yer_hisoboti

Yer hisobini yuritish yangi tartibda amalga oshiriladi

🇺🇿O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2023-yil 30-oktabrdagi 578-sonli qarori asosida «Yer hisobot” AAT dasturi ishga tushirilishi munosabati bilan Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan Chust va Mingbuloq tuman filiallari namuna sifatida tanlab olinib, maʼlumotlar asosida belgilangan shakllar to‘ldirilishi hamda tahlil jarayonlari olib borilmoqda.

🔹Shu bilan birga, Zoom platformasi orqali hududlarda 2024-yil 1-yanvar holatiga tuzilgan Yer hisobotini hujjatlarini arxivlash, “Uzkad” dasturidagi yer hisobini yurituvchi mutaxassislari roli bo‘yicha xulosalarni o‘z vaqtida ijrosini taʼminlash, yerlardan samarali va oqilona foydalanish bo‘yicha yer hisobini to‘g‘ri yuritish yuzasidan ham kelishib olindi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#Milliy_yer_hisoboti #seminar

Yer hisobini raqamlashtirish jarayonlari

🔹Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasida yer hisobini raqamlashtirish borasida 8 ta yer fondi toifalari va uning kichik toifalari, Vazirlar Mahkamasining 578-sonli qaroridagi Nizom talablari asosida ish yuritish hamda “Uzkad” axborot tizimiga kiritilayotgan ko‘chmas mulk obyektlarini yer fondi va uning kichik toifalarini to‘g‘ri belgilash yuzasidan kengaytirilgan o‘quv-seminari o‘tkazildi.

🔹O‘quv-seminarida boshqarmaning Davlat Yer kadastrini yuritish sho‘basi boshlig‘i O.Usmonov tomonidan yer hisobini yuritish, yer fondi toifalari va uning kichik toifalari, hududning foydalanishdagi jami yer maydoni, yangi yer o‘zlashtirish va toifasi o‘zgargan yerlarni hisobini yuritish bo‘yicha tushunchalar, tavsiyalar berildi.

🔹Seminar ishtirokchilari amaliyotda uchrayotgan masalalar yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga tegishli javob oldilar.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM