NAMANGAN KADASTR
1.44K subscribers
10.6K photos
955 videos
9 files
4.44K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#onatilimfaxrim

O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi hamda Davlat kadastrlar palatasi Namangan viloyati boshqarmasi "Qadring baland bo'lsin, ona tilim" shiori hamda #onatilimfaxrim heshtegi ostida maʼnaviy maʼrifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.

Matbuot xizmati
#ONATILIMFAXRIM

💐TABRIKNOMA💐

Assalomu alaykum!
Hurmatli hamkasblar!

🔹Siz azizlarni, bugungi qutlug‘ ayyom – O‘zbek tili bayrami bilan chin qalbdan samimiy muborakbod etamiz.

🇺🇿Yurtimizda “Davlat tili haqida”gi qonunning 1989-yil 21-oktabrda, qabul qilinishi milliy mustaqillik sari qo‘yilgan muhim qadam bo‘lgan edi. O‘zbek tili bayrami kuni sifatida keng nishonlanayotgan, shu bayram maʼnaviy hayotimizdan mustahkam va munosib o‘rin oldi.

🇺🇿 Mamlakatimizda o‘zbek tilini zamon talablari asosida rivojlantirish, uning davlat tili sifatidagi o‘rni va nufuzini yanada mustahkamlash borasida katta ishlar amalga oshirilmoqda.

🔹Aziz va qadrli hamkasblar! Sizlarni O‘zbek tili bayrami bilan yana bir bor samimiy tabriklaymiz!

🔹Barchangizga sog‘-salomatlik, baxtu-saodat, xonadonlaringizga tinchlik-xotirjamlik, fayzu baraka tilaymiz!

🇺🇿 O‘zbek tilimiz hamisha jaranglab, mag‘rur yangrasin!


Matbuot xizmati.
Telegram Instagram Facebook
#ONATILIMFAXRIM

Til - millat ruhidir

🔹 Bugun, Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari xodimlari ishtirokida “21-oktabr - O‘zbek tili bayrami“ munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

🔹 Tadbirda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti Xalqaro munosabatlar fakulteti bitiruvchisi, Davlat kadastrlari palatasi viloyat boshqarmasi xodimi Sarimsaqov Ibodilla Murodullaevich bayram munosabati bilan “1989-yil 21-oktabrda yurtimizda “Davlat tili haqida”gi qonunning qabul qilinishi - milliy mustaqillik sari qo‘yilgan muhim qadam” mavzusidagi ma’ruzasi tinglandi.

🔹 O‘zbek tili bayrami kuni sifatida keng nishonlanayotgan bu bayram, ma’naviy hayotimizdan mustahkam va munosib o‘rin olib, uning davlat tili sifatidagi o‘rni va nufuzini yanada mustahkamlanayotgani misollar bilan tushuntirildi.

Matbuot xizmati.
Telegram Instagram Facebook
#ONATILIMFAXRIM

21-OKTABR — "O‘ZBEK TILI BAYRAMI KUNI"

🔹 Bugun, Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari xodimlari ishtirokida “21-oktabr - O‘zbek tili bayrami“ munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

🔹 Tadbirda Namangan davlat universiteti Filologiya fakulteti ilmiy xodimi, mustaqil izlanuvchi M.Usmonovning bayram munosabati bilan o'zbek tilining tarixi va uni yanada rivojlantirish haqidagi ma’ruzasi tinglandi.

🔹 O‘zbek tili bayrami kuni sifatida keng nishonlanayotgan bu bayram, ma’naviy hayotimizdan mustahkam va munosib o‘rin olib, uning davlat tili sifatidagi o‘rni va nufuzini yanada mustahkamlanayotgani misollar bilan tushuntirildi.

🔹Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari xodimlari Ona tilimizga bo‘lgan cheksiz hurmatini #Ona_tilim_faxrim chorlovi orqali ifoda etishmoqda.

O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun muborak bo'lsin!

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#ONATILIMFAXRIM

Endi joylarni nomlashda mahalliy aholi fikri inobatga olinadi

Yurtimiz qiyofasi kundan-kunga chiroy ochmoqda. Bu esa mehnatkash va bunyodkor xalqimizning g‘ayrat-shijoati sharofatidan, albatta. Lekin shunday eʼtiroflar maʼnaviy hayotimiz darajasiga daxldor ona tilimizga munosabatimiz manzarasiga nisbatan mosmi? Ochig‘i, javobiga biroz o‘ylanib qolishimiz rost.

O‘zbek tilimiz mavqeini tiklashga istiqlol arafasidayoq jiddiy qaralgan. Rasman 1989-yilning 21-oktabrida “Davlat tili haqida”gi Qonun qabul qilingan. Mustaqillikka erishganimizdan so‘ng boshqa ko‘p muammolar qatori tilga eʼtibor dolzarb masalaga aylandi. Chunki o‘zbek tilining xalqaro maydondagi obro‘-nufuzini yuksaltirish, mamlakatimizning jahon kommunikatsiya tizimiga intgeratsiyalashuvini taʼminlash, yoshlarga chet tillarini, axborot texnologiyalarini har tomonlama puxta egallashga qulay imkoniyatlar yaratish kabi bir-biridan muhim vazifalarni kechiktirmasdan bajarish taqozo etilardi.

👉Batafsil o‘qish