NAMANGAN KADASTR
1.47K subscribers
10.6K photos
952 videos
9 files
4.42K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#bilishingiz_muhim
#yer_fondi_toifalari

Tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar — moddiy madaniy meros obyektlari joylashgan yerlar

🔹Tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlar jumlasiga tarixiy-madaniy qo‘riqxonalar, memorial bog‘lar, arxeologiya, tarix va madaniyat yodgorliklariga tegishli muassasalar hamda tashkilotlar uchun doimiy foydalanishga berilgan yerlar kiradi va ular alohida muhofaza qilinadi.

🔹Namangan viloyatida 274 ta madaniy meros obyektlari mavjud bo'lib, ular egallagan tarixiy-madaniy ahamiyatga molik yerlarning umumiy maydoni 2,5 ming gektarni tashkil qiladi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#bilishingiz_muhim
#yer_fondi_toifalari

AHOLI PUNKTLARINING YERLARI

🔹 Bu yerlar o‘z navbatida shaharlar, posyolkalar, shuningdek qishloq aholi punktlari chegarasi doirasidagi yerlarga bo‘linadi.

🔹 Shaharlar yerining tarkibida uy-joy, kommunal-maishiy, madaniy-maʼrifiy, sanoat, savdo, maʼmuriy binolar hamda ko‘chalar, yo‘llar, istirohat bog‘lari, sohil bo‘ylari, xiyobonlar, daraxtzorlar egallagan va qurish maqsadida berilgan hamma yerlar kiradi.

🔹 Qishloq aholi punktlari yerlariga belgilangan chegara doiralarida joylashgan, aholining turar-joy, madaniy-maishiy ehtiyojlariga kerakli binolar, shuningdek dehqon xo‘jaligi uchun beriladigan yer uchastkalari tushuniladi.

🔹Namangan viloyatida 2024-yil 1-yanvar holatiga aholi punktlarining egallagan yer maydoni 17 ming 590 gektarni tashkil qiladi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#bilishingiz_muhim
#yer_fondi_toifalari

SANOAT, TRANSPORT, ALOQA, MUDOFAA VA BOSHQA MAQSADLARGA MO‘LJALLANGAN YERLAR

🔹Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarga mo‘ljallangan yerlarga belgilangan maqsadlarda foydalanish uchun yuridik shaxslarga berilgan yerlar kiradi. Bu toifadagi yerlar tashkilotlarga yuklangan vazifalarni bajarish uchun belgilangan tartibda me’yoriy yoki loyiha-texnik hujjatlar asosida beriladi.

🔹Namangan viloyatida Sanoat, transport, aloqa, mudofaa va boshqa maqsadlarda foydalaniladigan yerlarning maydoni 2024-yil 1-yanvar holatiga ko‘ra 59 ming 441 gektarni tashkil qiladi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#YER_FONDI_TOIFALARI

🔹Namangan viloyati jami yer maydonining 66 foizini qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar egallagan bo'lib, 2024-yil 1-yanvar holatiga 487 493 gektarni tashkil qiladi.

🔹Qishloq xo‘jaligi ehtiyojlari uchun berib qo‘yilgan yoki ana shu maqsadlar uchun belgilangan yerlar qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlar hisoblanadi.

🔹Qishloq xo‘jaligini yuritish uchun zarur bo‘lgan haydaladigan yerlar, pichanzorlar, yaylovlar, bo‘z yerlar, ko‘p yillik daraxtzorlar egallagan yerlar qishloq xo‘jaligi yerlari jumlasiga kiradi. Taqsimlanishi tabiiy iqlim omillariga binoan belgilanadi. Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishda asosiy vosita hisoblanadi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#YER_FONDI_TOIFALARI

Tabiatni muhofaza qilish, sog‘lomlashtirish va rekreatsiya maqsadlariga mo‘ljallangan yerlar

🔹Ushbu yerlarga - davlat qo‘riqxonalari, milliy tarixiy-tabiiy va yodgorlik bog‘lari, zakazniklar, tabiat yodgorliklari, dendrologiya bog‘lari, botanika bog‘lari, alohida muhofaza etiladigan tabiiy hududlar egallagan, tabiiy davolash omillariga ega bo‘lgan yerlar, ommaviy dam olish va turizm uchun foydalanishga berilgan yer uchastkalari kiradi. Bularning barchasi alohida muhofaza etiladigan hududlar hisoblanadi.

🔹Foydalanish maqsadi - tabiiy jarayon va hodisalarni, o‘simlik va hayvonot dunyosini muhofaza qilish, ularning nodir va noyob turlarini tabiiy holatda saqlab qolish, sonini ko‘paytirish va o‘rganish, turizm va aholining ommaviy dam olishini tashkil etishdan iboratdir.

🔹Namangan viloyatida ushbu toifadagi yerlarning 2024-yil 1-yanvar holatiga umumiy maydoni 400 gektarni tashkil qiladi.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook