NAMANGAN KADASTR
1.45K subscribers
10.6K photos
952 videos
9 files
4.43K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#korrupsiyaga_qarshi_kurash

Korrupsiyani oldini olish - asosiy maqsadimiz

🔹 Bugun Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari Norin va Uchqo‘rg‘on tumanlari bo‘limlari va filiallari xodimlari uchun “Korrupsiyani oldini olish – asosiy maqsadimiz” mavzusida davra suhbatlari o‘tkazildi.

🔹 Unda Kadastr agentligining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi I.Tadjibayev, Kadastr agentligi va Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassislari M.Nurmatov va A.Obidovlar, tumanlar bo‘limlari va filiallari rahbarlari, kadastr muhandislari, yer va kadastr nazorati inspektorlari ishtirok etdilar.

🔹 Tadbirda M.Nurmatov yig‘ilganlarga korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha Kadastr tizimida olib borilayotgan ishlar haqida maʼlumot berib, jinoyatga jazo muqarrarligi, xodim ishga yaxshi niyat bilan kelib, doimo ota va onasi ko‘z o‘ngida tursa albatta yomon ishlarga qo‘l urmasligini taʼkidladi. Kimda moddiy va moliyaviy qiyinchilik bo‘lsa o‘rnatilgan tartibda rahbariyatga murojaat qilinsa moliyaviy yordam berilishi tushuntirildi.

🔹 Ishtirokchilarning diqqat eʼtiborini mamlakatimizda yaqinlashib kelayotgan siyosiy jarayon - O‘zbekiston Respublikasining yangi Konstitutsiyasiga doir Referendum o‘tkazilishi 2023-yilning 30-aprel kuniga belgilanganligini, unda har bir davlat xizmatchisi albatta ishtirok etishi va o‘zining fuqarolik munosabatini bildirishi lozimligi tushuntirildi. Mazkur siyosiy jarayon kunlarida har qachongidan ham hushyor bo‘lishlikka chaqirdi.

🔹 Davra suhbati davomida so‘zga chiqqan Kadastr agentligining Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘limi bosh mutaxassisi I.Tadjibayev Respublikamizning boshqa viloyatlarda bo‘lgan salbiy holatlar, ularni kelib chiqishi va sohada korrupsiyani oldini olish uchun Kadastr agentligi tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar haqida yig‘ilganlarga axborot berdi. Oylik maoshlarni o‘z vaqtida berilishi, kadrlar bilan ishlash tizimi va yurtimizda diniy eʼtiqod masalalariga yaratilgan sharoitlarga to‘xtalib o‘tdi.

🔹 Yig‘ilishda so‘zga chiqqan A.Obidov korrupsiyaga qarshi kurashishda Milliy qonunchilikdagi va tizimdagi yangiliklar haqida axborot berdi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2021-yil 6-iyuldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish faoliyatini samarali tashkil etishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-5177 – sonli qarorining mazmun mohiyatini yig‘ilish ishtirokchilariga batafsil yoritib berdi. Kadastr agentligining 2022 yil 1-iyuldagi 158-19-sonli buyrug‘i bilan korrupsiyaga oid huquqbuzarlik haqida xabar berish yoki boshqa tarzda ko‘maklashgan xodimlarni rag‘batlantirish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlangani va uning mazmun mohiyatini bilan tanishtirdi.

🔹 Shuningdek tumanlar bo‘limlari va filiallarida korrupsiya illatiga yo‘l qo‘ymaslik, xizmat va kiyinish madaniyatiga hamda avtomobillaridan foydalanishda yo‘l harakati qoidalariga qatʼiy rioya qilish kabi masalalarga ahamiyatni kuchaytirish lozimligi haqida gapirdi. U o‘z so‘zida bugungi tezkor tashkil qilingan yig‘ilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad, sohaning barcha xodimlarini korrupsiyaning har qanday ko‘rinishiga murosasiz bo‘lishga, unga yo‘l qo‘ymaslikka chaqirishdan iborat ekanligiga urg‘u berdi.

🔹 Tadbirlar ko‘tarinki ruhda savol javoblar tarzida qiziqarli o‘tkazildi. Ishtirokchilar davra suhbati qatnashchilarini qiziqtirgan savol va muammolariga javob berdilar.

🔹 Namanganlik kadastrchi xodimlarning asosiy maqsadlari, viloyat kadastr sohasini korrupsiyadan holi tizimga aylantirish va xalqimizni kadastr xizmatidan rozi qilishdir.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #referendum #befarqemasman

🇺🇿Kelajakka befarq emasmiz

🔹 "30-aprel kuni uyushqoqlik bilan, oila a'zolarim bilan, referendumda ishtirok etish niyatidamiz, hamkasblarimni, hamyurtlarimni, qishloqdoshlarimni referendumga befarq bo'lmasdan o'z ovozlari bilan qatnashishlariga tilakdoshman"

Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi Norin tumani filiali mutaxassisi - Sulaymonov Nodirbek.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #referendum #befarqemasman

🇺🇿Kelajakka befarq emasmiz

“Har kim bevosita o‘zi va boshqalar bilan birgalikda davlat organlariga hamda tashkilotlariga, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlariga, mansabdor shaxslarga yoki xalq vakillariga arizalar, takliflar va shikoyatlar bilan murojaat qilish huquqiga ega. Arizalar, takliflar va shikoyatlar qonunda belgilangan tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqilishi shart.”

Yangi Konstitutsiyaning 40-moddasi.

“Biz uchun bu modda juda ahamiyatli va muhim. Chunki har bir murojaatni ortida har bir inson taqdiri va kelajagi yotadi.”

Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi Umumiy bo'lim boshlig'i - Ibodilla Sarimsaqov.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
Президент Шавкат Мирзиёев ҳудудларнинг ижтимоий-иқтисодий ривожи билан танишиш, халқ билан мулоқот қилиш мақсадида Қорақалпоғистон Республикасига келди.

Президент Шавкат Мирзиёев для ознакомления с социально-экономическим развитием регионов, диалога с народом прибыл в Республику Каракалпакстан.

#Mirziyoyev #safar #Qoraqalpogiston

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|Twitter
#Namangan #Kadastr #siyosiy_marifat_soati

🔹 Bugun Kadastr agentligi hamda Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmalari xodimlari O‘zbekiston Respublikasi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi tomonidan davlat fuqarolik xizmatchilari uchun namoyish etilgan navbatdagi "Siyosiy-maʼrifat soati"da ishtirok etdilar.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#Prezident

‼️ Қорақалпоғистонда 🌟кадастри йўқ 38 минг уй-жой ва кўчмас мулклар бўйича тегишли ҳужжатлар қилиб берилади.

🌏 Бу ҳақда Президентимиз Кегейли туманида Қорақалпоғистон Республикасини иқтисодий-ижтимоий ривожлантириш масалалари муҳокамаси бўйича йиғилишда таъкидлади.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Rasmiy munosabat

Kadastr agentligining Namangan viloyati boshqarmasi tomonidan tuzilgan Ishchi guruh Namangan viloyati, Uychi tumani, Yorkatay MFY, Paxtachi ko‘chasida yashovchi fuqaro M.Raxmonberdiyevaning “Youtube” ijtimoiy tarmog‘i orqali tarqatilgan video murojaatida ko‘tarilgan masalalarning kadastr tizimiga oid qismini
o‘rganib chiqdi.
#seminar

Qonunchilikdagi yangiliklarni o‘rganish – masʼuliyatni oshiradi

🔹Bugun Kadastr agentligining Namangan viloyati boshqarmasida boshqarma xodimlari hamda tuman, shahar bo‘limi boshliqlari, yer va kadastr nazorati inspektorlari uchun navbatdagi o‘quv seminar bo‘lib o‘tdi.

🔹Seminar avvalida tuman, shahar bo‘limlari tomonidan olib borilayotgan yer nazorati tadbirlari natijasi tahlil qilindi. Maʼmuriy choralar qo‘llashda yo‘l qo‘yilayotgan ayrim kamchiliklar muhokama qilindi.

🔹Tadbirda boshqarma bosh yuriskonsulti G‘.Urunbayev qabul qilingan yangi normativ-huquqiy hujjatlar mazmun-mohiyatini tushuntirdi.

🔹Shuningdek, Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning mazmun-mohiyati, 30-aprel kuni o‘tkaziladigan referendum va uning tashkiliy-huquqiy asoslari haqida tushunchalar berdi.

🔹Seminarda yer va kadastr nazorati inspektorlari amaliyotda uchrayotgan holatlar yuzasidan savollariga javob oldilar.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
📣Dehqon xo'jaligi yerlarini e-auksion.uz orqali ijraga oling!

Ayni paytda Namangan viloyatida 7 820 ta yer maydonlari ochiq tanlovlarga chiqarilgan bo'lib, ochiq elektron tanlovlarda ishtirok eting!

➡️ Mingbuloq tumanidan 1377 ta (ko'rish)
➡️ Kosonsoy tumanidan 561 ta (ko'rish)
➡️ Namangan tumanidan 807 ta (ko'rish)
➡️ Norin tumanidan 561 ta (ko'rish)
➡️ Pop tumanidan 635 ta (ko'rish)
➡️ To'raqo'rg'on tumanida 678 ta (ko'rish)
➡️ Uychi tumanidan 907 ta (ko'rish)
➡️ Uchqo'rg'on tumanidan 11 ta (ko'rish)
➡️ Chortoq tumanidan 190 ta (ko'rish)
➡️ Chust tumanidan 2045 ta (ko'rish)
➡️ Yangiqo'rg'on tumanidan 48 ta (ko'rish)

Eslatma!!! Dehqon xo'jaligiga mo'ljallangan yer uchastkalari O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 2022-yil 6-maydagi 237-sonli qarori asosida yangi tartibda ochiq elektron tanlovga qo'yilgan.

📞 Murojaat uchun telefon: 99-207-26-12 (soat 09:00 dan 18:00 gacha )
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr_maslahatchi

⭐️Kadastr maslahatchi rubrikasi.

⁉️ Ko'chmas mulkka bo'lgan huquqlarni davlat ro'yxatidan o'tkazilganligini qanday tekshirish mumkin?

🗣Mazkur savolga javobni videoda olishingiz mumkin.

🖼️ Videoni HD formatda ko'rish

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Namangan viloyati bo'yicha 2 435 ta tadbirkorlik uchun yer uchastkalari mulk va ijara huquqi bilan savdoga chiqarildi:

▪️Mingbuloq tumanidan 106 ta (koʼrish)
▪️Kosonsoy tumanidan 214 ta (ko'rish)
▪️Namangan tumanidan 67 ta (koʼrish)
▪️Norin tumandan 89 ta (koʼrish)
▪️Pop tumandan 504 ta (koʼrish)
▪️To'raqo'rg'on tumanidan 220 ta (ko'rish)
▪️Uychi tumanidan 129 ta (ko'rish)
▪️Uchqo'rg'on tumanidan 128 ta (ko'rish)
▪️Chortoq tumanidan 326 ta (ko'rish)
▪️Chust tumanidan 274 ta (ko'rish)
▪️Yangiqo'rg'on tumanidan 235 ta (ko'rish)
▪️Namangan shahridan 143 ta (ko'rish)

Barcha hududlardan yer maydonlari savdoga chiqarildi, endilikda yerlar soni ko'payishda davom etadi.

📞 "E-AUKSION" vakili: 992072612 (soat 09:00 dan 18:00 gacha)