NAMANGAN KADASTR
1.51K subscribers
12.7K photos
1.06K videos
9 files
5.04K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#qonun_937 #xatlov

⚡️ O‘RQ-937-sonli Qonun ijrosi doirasida xatlov ishlari o‘rganilmoqda

⭐️Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi tizimida, belgilangan reja-jadval asosida viloyatning barcha 14 ta shahar va tumanlarida xatlov ishlari bosqichma-bosqich olib borilmoqda.

Kuni kecha Uychi tumanida olib borilayotgan xatlov ishlari bilan boshqarma boshlig‘i M. Tursunbayev, Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati vakili U. Abdullayev, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari R. Raximov hamda boshqarmaning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassis A. Obidovlar joyiga chiqib tanishdilar.

Xatlov ishlari olib borilayotgan 3100 dan ziyod aholi istiqomat qiluvchi "G‘ayrat" MFYda M. Tursunbayev mahalla raisi va hokim yordamchisi bilan bevosita uchrashib, hamkorlikdagi ishlar va kelgusidagi rejalar haqida kelishib oldilar.

Shuningdek, mahallaning "Gulbahor" va "Serquyosh" ko'chalarida xatlov ishlarida ishtirok etayotgan kadastr muhandislarining faoliyati joyida ko‘zdan kechirilib mavjud muammolar o'rganildi. Ishlarni sifatli va tezkor tashkil etish, korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik , aholi bilan ishlashda muomala madaniyatiga amal qilishlariga alohida e’tibor qaratildi.

Rahbarlar ishtirokidagi bu kabi o‘rganishlar boshqa tumanlarda ham olib borish rejalashtirilgan.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonun_937 #xatlov #korrupsiyaga_qarshi_kurashish

🇺🇿O‘RQ-937-sonli Qonun ijrosi bo‘yicha xatlov.
Reja, ijro va nazorat
.

🗓 joriy yilning 29-aprel kuni 👍Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig'i M.Tursunbayev boshchiligida Uychi tumanida xatlov jarayonlarini monitoring qilish va amaliy natijadorlikni oshirish maqsadida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish tashkil etildi.

Mazkur yig‘ilishda Palataning markaziy apparati vakili U. Abdullayev, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari R. Raximov, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassis A. Obidov ishtirok etdilar.

Tadbirda olib borilayotgan texnik inventarizatsiya ishlari, ko‘chmas mulk obyektlarining elektron axborot tizimiga kiritilishi, va yig‘ma jildlar shakllantirish jarayonlari tahlil qilindi. Har bir obyekt, har bir kadastr muhandisi faoliyati bo‘yicha individual tahlil o‘tkazilib, mavjud kamchiliklar, ularning sabablari muhokama qilindi.

Tadbir davomida boshqarmaning korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha bosh mutaxassisi A. Obidov xodimlarga fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari bilan ishlashda huquqiy va axloqiy me’yorlarga qat’iy rioya qilish, har bir xizmat vazifasiga mas’uliyat va vijdonan yondashish yuzasidan muhim tavsiyalar berdi.

Shuningdek, Boshqarma boshlig'i M.Tursunbayev xatlov jarayonini sifatli o'tkazishda "mahalla yettiligi"ning o'rni va mohiyati to'g'risida alohida to'xtalib o'tdi. Xatlov o'tkazilayotgan "G'ayrat" MFYda hamkorlikda ishlashga kelishib oldilar.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonun_937 #xatlov

⚡️ O‘RQ-937-sonli Qonun ijrosi doirasida Kosonsoy tumanida xatlov ishlari o‘rganildi

👍 Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi tizimida, belgilangan reja-jadval asosida viloyatning barcha 14 ta shahar va tumanlarida xatlov ishlari jadal bosqichma-bosqich olib borilmoqda.

Kosonsoy tumanida olib borilayotgan xatlov ishlari bilan boshqarma boshlig‘ining o'rinbosari R.Raximov, Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati vakili U. Abdullayevlar joyiga chiqib o'rgandilar.

Xatlov ishlari olib borilayotgan "Shoyxon" MFY hududida mahalla yettiligi bilan hamkorlikda kadastr muhandislarining o'lchov va hujjatlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi hamda xonadon egalariga Qonunning mazmun-mohiyati, ahamiyati tushuntirildi.

Ishlarni sifatli va tezkor tashkil qilish, aholi bilan ishlash jarayonida muomala madaniyatiga amal qilish to'g'risida tegishli topshiriqlar berildi.

Bu kabi o‘rganishlar viloyat Ishchi guruhi tomonidan boshqa tumanlarda ham olib borish rejalashtirilgan.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonun_937 #Sessiya

🆕 Xalq deputatlari Namangan viloyati Kengashining o‘ninchi sessiyasi bo‘lib o‘tdi

Namangan shahridagi “Maʼrifat maskani” binosida o‘tkazilgan sessiya ishini viloyat Kengashi raisi Solijon Mo‘minov olib bordi.

Unda xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, viloyatdan saylangan senatorlar, huquqni muhofaza qiluvchi idoralar, tegishli tashkilot va idoralar mutasaddilari, siyosiy partiyalar va OAV vakillari ishtirok etdi.

Sessiyada o‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalari va ularda qurilgan binolarga huquqni eʼtirof etish, shuningdek, maʼmuriy-hududiy chegaralarni aniqlash bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar yuzasidan 🌟Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i B.Pazilovning axborot tinglandi.

Shuningdek, kun tartibiga qo‘yilgan boshqa masalalar ham atroflicha muhokama qilindi.

Sessiya yakunida kun tartibidagi barcha masalalar bo'yicha tegishli qarorlar qabul qilindi. Jumladan viloyat bo'yicha jami 31 nafar fuqarolarning yerga bo'lgan huquqlarini e'tirof etish bo'yicha ham tegishli qaror qabul qilindi.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonun_937 #xatlov

💠 Uchqo'rg'on tumanida "xonadonbay" xatlov davom etmoqda

🌏 Aholi va tadbirkorlar manfaatini ko‘zlab, Prezidentimiz tomonlaridan imzolangan “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini ta’minlash maqsadida Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi Uchqo'rg'on tuman filiali tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida hududlarda xatlov jarayonlari o‘tkazilmoqda.

🔹Uchqo'rg'on tumanida shu kunlarda kadastr xodimlari tomonidan 2300 nafardan ortiq aholi yashovchi "Obod" MFY hududida mahalla yettiligi bilan hamkorlikda xatlov ishlarini jadallik bilan olib bormoqdalar.

🔹Xatlov ishlarida tuman filialining kadastr muhandislari S. Dadaxanova va B. Holmatovlar ilg'orlar safida yaxshi ish tashkil qilib, mahalla yettiligi va aholining hurmatiga sazovor bo‘lmoqdalar.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonun_937 #xatlov

💠 To'raqo'rg'on tumanida "xonadonbay" xatlov davom etmoqda

🌏 Aholi va tadbirkorlar manfaatini ko‘zlab, Prezidentimiz tomonlaridan imzolangan “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini ta’minlash maqsadida Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi To'raqo'rg'on tuman filiali tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida hududlarda xatlov jarayonlari o‘tkazilmoqda.

🔹To'raqo'rg'on tumanida shu kunlarda kadastr xodimlari tomonidan 2700 nafardan ortiq aholi yashovchi "Beruniy" MFY hududida mahalla yettiligi bilan hamkorlikda xatlov ishlarini jadallik bilan olib bormoqdalar.

🔹Xatlov ishlarida tuman filialining kadastr muhandislari S. Hamrayev va J. Ergashaliyevlar ilg'orlar safida yaxshi ish tashkil qilib, mahalla yettiligi va aholining hurmatiga sazovor bo‘lmoqdalar.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonun_937 #xatlov

💠 Mingbuloq tumanida "xonadonbay" xatlov davom etmoqda

🌏 Aholi va tadbirkorlar manfaatini ko‘zlab, Prezidentimiz tomonidan imzolangan “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini ta’minlash maqsadida Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi Mingbuloq tuman filiali tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida hududlarda xatlov jarayonlari o‘tkazilmoqda.

🔹Mingbuloq tumanida shu kunlarda kadastr xodimlari tomonidan 3300 nafardan ortiq aholi yashovchi va 686 ta xonadonlar mavjud bo‘lgan "Ingichka" MFY hududida mahalla yettiligi bilan hamkorlikda xatlov ishlarini jadallik bilan olib bormoqdalar.

🔹Xatlov ishlarida tuman filialining kadastr muhandislari H.Ahmadaliev, M.Mahmudjanov va H.Qosimovlar ilg‘orlar safida yaxshi ish tashkil qilib, mahalla yettiligi va aholining hurmatiga sazovor bo‘lmoqdalar.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonun_937 #xatlov

💠 Namangan shahrida "xonadonbay" xatlov jadal davom etmoqda

🌏 Aholi va tadbirkorlar manfaatini ko‘zlab, Prezidentimiz tomonidan imzolangan “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini ta’minlash maqsadida Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi Namangan shahar filiali tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida hududlarda xatlov jarayonlari o‘tkazilmoqda.

🔹Namangan shahrida shu kunlarda kadastr xodimlari tomonidan jami 876 ta ko‘chmas mulk obyektlari bo‘lgan "Osuda" va "Baynalminal" MFY hududida mahalla yettiligi bilan hamkorlikda xatlov ishlarini jadallik bilan olib bormoqdalar.

🔹Shuningdek, viloyatimiz bo‘yicha hududlarda 200 nafardan ortiq kadastr muhandislari "xonadonbay" ish tashkil qilib, har bir ko‘chmas mulkning kadastr hujjatlarini o‘rganib, o‘lchovlarni amalga oshirmoqdalar.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonun_937 #xatlov

❗️O‘RQ-937-sonli Qonun ijrosi bo‘yicha xatlov jarayonlari o‘rganilmoqda

🌟 Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi tizimida, Kadastr agentligi tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida viloyatning barcha shahar va tumanlari bo‘ylab xatlov ishlari davom etmoqda.

🔺Shu kunlarda Namangan viloyatida xizmat safarida bo‘lgan 👍 Davlat kadastrlari palatasi raisining o‘rinbosari R. Nishonov boshqarmaning Uychi tumani va Namangan shahar filiallarida bo‘lib, joyida O‘RQ-937-sonli Qonun ijrosi yuzasidan olib borilayotgan xatlov ishlari bilan tanishdi.

🔺O‘rganishlar yakuni bo‘yicha ZOOM platformasi orqali videoselektor o‘tkazilib, unda xatlov ishlarini sifatli tashkil etish va jadallashtirish yuzasidan barcha 14 ta tuman filiali rahbarlariga, filial bosh muhandislariga hamda kadastr muhandislariga topshiriqlar berildi.

🔺Xatlov natijalarini UZKAD elektron dasturga kiritish, har bir masʼulning funksional vazifalariga qatʼiy amal qilish, ko‘chmas mulklarning atributiv maʼlumotlarini to‘g‘ri kiritish hamda sifatli maʼlumotlar bazasini shakllantirish zarurligi bo‘yicha tushuntirishlar berilib, masʼuliyat talab qilindi.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonun_937 #xatlov

📍 Chortoqda “xonadonbay” xatlov jadal davom etmoqda

⭕️ Aholi va tadbirkorlar manfaatini ko‘zlab, Prezidentimiz tomonidan imzolangan “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni e’tirof etish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini ta’minlash maqsadida Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi Chortoq filiali tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida hududlarda xatlov ishlari olib borilmoqda.

😄 Ayni kunlarda tuman kadastr xodimlari tomonidan 2 793 nafar aholi yashovchi “Keskanyor” MFY hududida mahalla yettiligi bilan hamkorlikda xatlov ishlari jadallik bilan amalga oshirilmoqda.

😄 Shuningdek, viloyatimizning 14 ta tumanida 200 nafardan ortiq kadastr muhandislari “xonadonbay” ish tizimini tashkil etib, har bir ko‘chmas mulkning kadastr hujjatlarini o‘rganish va o‘lchov ishlarini bajarishmoqda.

Matbuot xizmati.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM