NAMANGAN KADASTR
1.51K subscribers
12.6K photos
1.06K videos
9 files
5.01K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
#qonun_937 #xatlov

💠 Namangan shahrida xatlov

🌏 Aholi va tadbirkorlar manfaatini ko‘zlab Prezidentimiz tomonlaridan imzolangan “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini ta’minlash maqsadida Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi Namangan shahar filiali tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida hududlarda xatlov jarayonlari o‘tkazilmoqda.

🔹Namangan shahrida hozirda kadastr xodimlari "Ibrat" va "Oromgoh" MFY hududlarida mahalla yettiligi bilan hamkorlikda xatlov ishlarini jadallik bilan olib bormoqdalar.

🔹Xatlov ishlarida tuman filialining kadastr muhandislari A.Karimov, Sh.Odilov, A.Alimov, B.Rahmatov, M.Sharipov, B.G'aniyevlar ilg'orlar safida alohida o‘rnak ko‘rsatib, ish tashkil qilib, mahalla yettiligi va aholining hurmatiga sazovor bo‘lmoqdalar.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonun_937 #xatlov

💠 Xatlov - natijalar yaxshi, fuqarolar mamnun!

🌏 Aholi va tadbirkorlar ma’nfatini ko‘zlab Prezidentimiz tomonlaridan imzolangan “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini ta’minlash maqsadida Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi Kosonsoy tumani filiali tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida hududlarda xatlov jarayonlari o‘tkazilmoqda.

🔹Kosonsoy tumanining 4 ta aholi zich joylashgan mahalla fuqarolar yig'inida vatlov ishlari yakuniga yetkazildi. Hozirda kadastr xodimlari "Shayxon" MFY hududida mahalla yettiligi bilan hamkorlikda xatlov ishlarini jadallik bilan olib bormoqdalar.

🔹Xatlov ishlarida tuman filialining kadastr muhandislari Sh.Mullajanov va B.G'aniyevlar ilg'orlar safida alohida o‘rnak ko‘rsatib, ish tashkil qilib, mahalla yettiligi va aholining hurmatiga sazovor bo‘lmoqdalar.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonun_937 #xatlov

💠 Chortoq - tog' yon bag'irdagi hududlarda xatlov avjida

🌏 Aholi va tadbirkorlar manfaatini ko‘zlab Prezidentimiz tomonlaridan imzolangan “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini ta’minlash maqsadida Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi Chortoq tuman filiali Kadastr agentligi Chortoq tuman bo'limi bilan birgalikda tasdiqlangan reja-jadval asosida hududlarda xatlov jarayonlari o‘tkazilmoqda.

🔹Chortoq tumanida hozirda kadastr xodimlari tomonidan tumanning eng uzoq, chegara hududidagi 2 952 nafar fuqarolar yashovchi "Zangobod" MFYda hamda 3 100 nafar aholi yashovchi "Soz soy" MFY hududlarida mahalla yettiligi bilan hamkorlikda xatlov ishlarini jadallik bilan olib bormoqdalar.

🔹Xatlov ishlarida tuman filialining kadastr muhandislari M.Tursunov, H.Yo'ldoshaliyev va S.Sulaymonovlar ilg'orlar safida alohida o‘rnak ko‘rsatib, ish tashkil qilib, mahalla yettiligi va aholining hurmatiga sazovor bo‘lmoqdalar.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonun_937 #xatlov

💠 Namangan shahrida "xonadonbay" xatlov davom etmoqda

🌏 Aholi va tadbirkorlar manfaatini ko‘zlab Prezidentimiz tomonlaridan imzolangan “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini ta’minlash maqsadida Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi Namangan shahar filiali tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida hududlarda xatlov jarayonlari o‘tkazilmoqda.

🔹Namangan shahrida shu kunlarda kadastr xodimlari tomonidan 8200 nafardan ortiq aholi yashovchi "Mustaqillik", "Beruniy" va "Osuda" MFY lari hududlarida mahalla yettiligi bilan hamkorlikda xatlov ishlarini jadallik bilan olib bormoqdalar.

🔹Xatlov ishlarida tuman filiallarining kadastr muhandislari A.Karimov, Sh.Odilov, A.Alimov, B.Rahmatov, M.Sharipov, B.G'aniyevlar ilg'orlar safida yaxshi ish tashkil qilib, mahalla yettiligi va aholining hurmatiga sazovor bo‘lmoqdalar.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonun_937 #xatlov

⚡️ O‘RQ-937-sonli Qonun ijrosi doirasida xatlov ishlari o‘rganilmoqda

⭐️Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi tizimida, belgilangan reja-jadval asosida viloyatning barcha 14 ta shahar va tumanlarida xatlov ishlari bosqichma-bosqich olib borilmoqda.

Kuni kecha Uychi tumanida olib borilayotgan xatlov ishlari bilan boshqarma boshlig‘i M. Tursunbayev, Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati vakili U. Abdullayev, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari R. Raximov hamda boshqarmaning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassis A. Obidovlar joyiga chiqib tanishdilar.

Xatlov ishlari olib borilayotgan 3100 dan ziyod aholi istiqomat qiluvchi "G‘ayrat" MFYda M. Tursunbayev mahalla raisi va hokim yordamchisi bilan bevosita uchrashib, hamkorlikdagi ishlar va kelgusidagi rejalar haqida kelishib oldilar.

Shuningdek, mahallaning "Gulbahor" va "Serquyosh" ko'chalarida xatlov ishlarida ishtirok etayotgan kadastr muhandislarining faoliyati joyida ko‘zdan kechirilib mavjud muammolar o'rganildi. Ishlarni sifatli va tezkor tashkil etish, korrupsion holatlarga yo‘l qo‘ymaslik , aholi bilan ishlashda muomala madaniyatiga amal qilishlariga alohida e’tibor qaratildi.

Rahbarlar ishtirokidagi bu kabi o‘rganishlar boshqa tumanlarda ham olib borish rejalashtirilgan.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Qonun_937 #xatlov #korrupsiyaga_qarshi_kurashish

🇺🇿O‘RQ-937-sonli Qonun ijrosi bo‘yicha xatlov.
Reja, ijro va nazorat
.

🗓 joriy yilning 29-aprel kuni 👍Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig'i M.Tursunbayev boshchiligida Uychi tumanida xatlov jarayonlarini monitoring qilish va amaliy natijadorlikni oshirish maqsadida tanqidiy-tahliliy yig‘ilish tashkil etildi.

Mazkur yig‘ilishda Palataning markaziy apparati vakili U. Abdullayev, boshqarma boshlig‘ining o‘rinbosari R. Raximov, shuningdek, korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassis A. Obidov ishtirok etdilar.

Tadbirda olib borilayotgan texnik inventarizatsiya ishlari, ko‘chmas mulk obyektlarining elektron axborot tizimiga kiritilishi, va yig‘ma jildlar shakllantirish jarayonlari tahlil qilindi. Har bir obyekt, har bir kadastr muhandisi faoliyati bo‘yicha individual tahlil o‘tkazilib, mavjud kamchiliklar, ularning sabablari muhokama qilindi.

Tadbir davomida boshqarmaning korrupsiyaga qarshi kurashish bo'yicha bosh mutaxassisi A. Obidov xodimlarga fuqarolar va tadbirkorlik subyektlari bilan ishlashda huquqiy va axloqiy me’yorlarga qat’iy rioya qilish, har bir xizmat vazifasiga mas’uliyat va vijdonan yondashish yuzasidan muhim tavsiyalar berdi.

Shuningdek, Boshqarma boshlig'i M.Tursunbayev xatlov jarayonini sifatli o'tkazishda "mahalla yettiligi"ning o'rni va mohiyati to'g'risida alohida to'xtalib o'tdi. Xatlov o'tkazilayotgan "G'ayrat" MFYda hamkorlikda ishlashga kelishib oldilar.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonun_937 #xatlov

⚡️ O‘RQ-937-sonli Qonun ijrosi doirasida Kosonsoy tumanida xatlov ishlari o‘rganildi

👍 Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi tizimida, belgilangan reja-jadval asosida viloyatning barcha 14 ta shahar va tumanlarida xatlov ishlari jadal bosqichma-bosqich olib borilmoqda.

Kosonsoy tumanida olib borilayotgan xatlov ishlari bilan boshqarma boshlig‘ining o'rinbosari R.Raximov, Davlat kadastrlari palatasi markaziy apparati vakili U. Abdullayevlar joyiga chiqib o'rgandilar.

Xatlov ishlari olib borilayotgan "Shoyxon" MFY hududida mahalla yettiligi bilan hamkorlikda kadastr muhandislarining o'lchov va hujjatlashtirish ishlari ko‘zdan kechirildi hamda xonadon egalariga Qonunning mazmun-mohiyati, ahamiyati tushuntirildi.

Ishlarni sifatli va tezkor tashkil qilish, aholi bilan ishlash jarayonida muomala madaniyatiga amal qilish to'g'risida tegishli topshiriqlar berildi.

Bu kabi o‘rganishlar viloyat Ishchi guruhi tomonidan boshqa tumanlarda ham olib borish rejalashtirilgan.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonun_937 #xatlov

💠 Uchqo'rg'on tumanida "xonadonbay" xatlov davom etmoqda

🌏 Aholi va tadbirkorlar manfaatini ko‘zlab, Prezidentimiz tomonlaridan imzolangan “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini ta’minlash maqsadida Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi Uchqo'rg'on tuman filiali tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida hududlarda xatlov jarayonlari o‘tkazilmoqda.

🔹Uchqo'rg'on tumanida shu kunlarda kadastr xodimlari tomonidan 2300 nafardan ortiq aholi yashovchi "Obod" MFY hududida mahalla yettiligi bilan hamkorlikda xatlov ishlarini jadallik bilan olib bormoqdalar.

🔹Xatlov ishlarida tuman filialining kadastr muhandislari S. Dadaxanova va B. Holmatovlar ilg'orlar safida yaxshi ish tashkil qilib, mahalla yettiligi va aholining hurmatiga sazovor bo‘lmoqdalar.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xatlov #korrupsiyaga_qarshi_kurashish

Kadastr xizmati: yutuqlar, muammolar va rejalar


🟢Bugun Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i M. Tursunbayev boshchiligida Namangan tumani kadastr filiali xodimlari uchun yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.

Unda boshqarmaning tegishli sho‘ba boshliqlari, boshqarmaning korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha bosh mutaxassisi A. Obidov, kadastr muhandislari, topograflar – jami 25 nafar xodim ishtirok etdi.

Yig‘ilishga raislik qilgan boshqarma boshlig‘i M. Tursunbayev o‘z so‘zida filialda xatlov ishlarining borishi, MFYlar bilan hamkorlikda ishlarni jadallashtirish, xatlov jarayonlarida xizmat madaniyati va ijro intizomiga qat’iy rioya qilish, korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik, xodimlarning odob-axloq qoidalariga amal qilish kabi dolzarb masalalarni tanqidiy tahlil qildi. Ishlab chiqarish ko‘rsatkichlari sust bo‘lgan xodimlardan mas’uliyat talab qilindi va tegishli topshiriqlar berildi.

Tadbirda so‘zga chiqqan A. Obidov – qayerda ijro va mehnat intizomi qat’iy yo‘lga qo‘yilgan bo‘lsa, o‘sha yerda baraka va unum bo‘lishi, mehnat jamoasi o‘rtasida o‘zaro ishonch va hurmat mavjud bo‘lishi ish unumiga ijobiy ta’sir ko‘rsatishini ta’kidlab o‘tdi. Ishtirokchilarning diqqat-e’tiborini korrupsiyani oldini olishga hamda ayrim salbiy holatlarning kelib chiqish sabablari tahliliga qaratdi. Hozirda sohaga oid kuchga kirgan bir qator qarorlarni chuqur o‘rganishga jiddiy e’tibor qaratilishi lozimligini uqtirdi. Tadbir davomida xodimlar bilan individual profilaktik suhbatlar ham bo‘lib o‘tdi.

Boshqarma boshlig‘i M. Tursunbayevning boshqa tumanlarda ham xodimlar bilan uchrashuvi rejalashtirilgan. Uchrashuvlar samimiy, ishchanlik va o‘zaro hurmat ruhida o‘tmoqda.

❗️Maqsadimiz – xatlovni muvaffaqiyatli tashkil qilib, xalqimizni kadastr xizmatidan rozi qilishdir.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#qonun_937 #xatlov

💠 To'raqo'rg'on tumanida "xonadonbay" xatlov davom etmoqda

🌏 Aholi va tadbirkorlar manfaatini ko‘zlab, Prezidentimiz tomonlaridan imzolangan “O‘zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalariga hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarga bo‘lgan huquqlarni eʼtirof etish to‘g‘risida”gi Qonun ijrosini ta’minlash maqsadida Kadastr agentligi Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi To'raqo'rg'on tuman filiali tomonidan tasdiqlangan reja-jadval asosida hududlarda xatlov jarayonlari o‘tkazilmoqda.

🔹To'raqo'rg'on tumanida shu kunlarda kadastr xodimlari tomonidan 2700 nafardan ortiq aholi yashovchi "Beruniy" MFY hududida mahalla yettiligi bilan hamkorlikda xatlov ishlarini jadallik bilan olib bormoqdalar.

🔹Xatlov ishlarida tuman filialining kadastr muhandislari S. Hamrayev va J. Ergashaliyevlar ilg'orlar safida yaxshi ish tashkil qilib, mahalla yettiligi va aholining hurmatiga sazovor bo‘lmoqdalar.

Matbuot xizmati.
📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM