NAMANGAN KADASTR
1.46K subscribers
10.6K photos
952 videos
9 files
4.42K links
KADASTR AGENTLIGI VA DAVLAT KADASTRLARI PALATASI NAMANGAN VILOYAT BOSHQARMALARI

📍 Manzil: 160100, Namangan shahar, Xiva ko’chasi, 3-uy.

☎️ Tel. +99869 233-27-64
🖨 Tel./Faks: +99869 233-08-13

🌎 Web-sayt: namkadastr.uz
✉️ E-mail: [email protected]
Download Telegram
Forwarded from Fozilbek Nurmirzayev
#LIVE. Ўзбекистон Республикаси Президентининг 2021 йил 21 ноябрдаги ПҚ-20 сон қарорига асосан Наманган вилоятида фермер хўжаликлари ва кластерлар фойдаланишидаги паст ҳосилли пахта ва ғалладан қисқартирилган 11 100 гектар экин майдонларини 2022-2025 йилларда  босқичма-босқич захирага қайтариш белгиланган.

Шунингдек, қарор билан захирага қайтарилган ер майдонларини деҳқон хўжалиги ташкил этган ҳолда сабзавотчилик, полиз, дуккакли, мойли экинлар, картошка етиштириш каби лойиҳаларни амалга ошириш учун фуқароларга 0,10 гектардан 1 гектаргача бўлган ўлчамларда очиқ электрон танлов орқали 10 йилга ижарага берилиши назарда тутилган.

Каналга уланиш:
📲 @namangan24LIVE
Forwarded from Namangan24.uz - LIVE
#LIVE. Наманган вилоятида 2022 йил давомида 53 минг 856 нафар фуқарога 6 минг 439 гектар ер майдони ижара ҳуқуқи асосида деҳқон хўжалиги юритиш, шу жумладан 2 минг 373 гектар ер майдони дуккакли, 1 минг 352 гектар ер майдони сабзавот, 1 минг 342 гектар ер майдони мойли, 677 гектар ер майдони полиз, 642 гектар ер майдони картошка ҳамда 53 гектар ер майдони шоли экинлари экиш мақсадида ажратиб берилиши белгиланган.

Бугунги кунда 25 минг 648 лотлар бўйича 25 минг 648 нафар фуқаро “E-Auksion” да танлов ғолиби деб топилиб, шундан 18 минг 176 нафар фуқарога 18 минг 176 та лот бўйича 2 минг 170 гектар ер майдони деҳқон хўжалиги юритиш учун ажратиб берилди.

Каналга уланиш:
📲 @namangan24LIVE
#LIVE 🇺🇿 Бугун (2022 йил 18 март куни) бироздан сўнг Президентимиз Шавкат Мирзиёевнинг соғлиқни сақлаш ходимлари билан очиқ мулоқоти бошланади.

"Ўзбекистон тиббиёти — инсон қадри учун" мавзусидаги Республика бўйича очиқ мулоқотга тайёргарлик доирасида тиббиёт ходимлари ва аҳолидан 25 мингдан ортиқ мурожаат ва таклифлар келиб тушган. Учрашувда соҳанинг барча бўғинларидан 10 минг нафардан зиёд ходим иштирок этиши кутилмоқда.

📺 Давлат раҳбарининг маърузаси "Ўзбекистон" ва "Ўзбекистон 24" (ўзбек тилида, шунингдек сурдотаржимон билан), "Тошкент" ва "Ёшлар" (рус тилида), "Дунё бўйлаб" (инглиз тилида) телеканалларида жонли тарзда эфирга узатилади.

🔽 Муҳим хабар ва маълумотларни бизда кузатиб боринг!
Сайт: 🌐 namangan24.uz
Канал: 📲 @namanganim24
#Sayyor_qabul #Live

Наманган. Учқўрғонда сайёр қабул бошланди.

🔹Аввал хабар берганимиздек аҳоли ва тадбиркорларнинг кадастр соҳасидаги мурожаатларини жойида кўриб чиқиш мақсадида Наманган вилояти Учқўрғон туманида Кадастр агентлиги Наманган вилояти бошқармаси бошлиғининг сайёр қабул бошланди.

🔹Ҳозиргача Кадастр ҳужжатларини расмийлаштириш, давлат рўйхатидан ўтказиш, ер ажратиш ва кадастр билан боғлиқ муаммолар бўйича мурожаатлар кўриб чиқилмоқда.

🔹Сайёр қабулдаги масалалар Кадастр агентлигининг Наманган вилояти бошқармаси бошлиғи С.Мухитдинов бошчилигидаги Ишчи гуруҳ томонидан жойида ўрганилиб бажарилиши назоратга олинмоқда.

🔹Сайёр қабул Наманган вилояти Учқўрғон тумани, Ёрқин ҳаёт маҳалласи, Андижон кўчасида жойлашган 1-сонли умумий ўрта таълим мактаби биносида давом этмоқда.

Матбуот хизмати.
Telegram Instagram Facebook
#Sayyor_qabul #Live

Наманган. Поп туманида сайёр қабул бошланди.

🔹Аввал хабар берганимиздек аҳоли ва тадбиркорларнинг кадастр соҳасидаги мурожаатларини жойида кўриб чиқиш мақсадида Наманган вилояти Поп туманида Давлат кадастрлари палатасининг Наманган вилояти бошқармаси бошлиғи Қодирхон Гаппаровнинг сайёр қабули бошланди.

🔹Ҳозиргача Кадастр ҳужжатларини расмийлаштириш, давлат рўйхатидан ўтказиш, ер ажратиш ва кадастр билан боғлиқ муаммолар бўйича мурожаатлар кўриб чиқилмоқда.

🔹Сайёр қабул Наманган вилояти Поп тумани. «Келачи» МФЙ Тошкент кўчаси 1-уй. Поп тумани кадастр филиали биносида давом этмоқда.

Матбуот хизмати.
Telegram Instagram Facebook
▫️Konstitutsiyaviy qonun loyihasi ko‘rib chiqilmoqda▫️

⚜️Bugun, Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi o‘tkazilmoqda. Unda deputatlar “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasining umumxalq muhokamasi bilan bog‘liq masala ko‘rib chiqildi.

⚜️Ta’kidlanganidek, bugungi kunga qadar Konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan aholi va fuqarolik jamiyati institutlaridan jami 57 mingdan ziyod takliflar kelib tushgan. Tahlil natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, umumxalq muhokamasining dastlabki kunlarida Konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan kelib tushgan takliflar kuniga 700 ga yaqinni tashkil etgan bo‘lsa, hozirgi vaqtga kelib, ularning soni kuniga 10 mingga yetmoqda.

⚜️Konstitutsiyaviy qonun loyihasi yuzasidan fikr-mulohaza bildirishda fuqarolarning faolligi ortib borayotganligi, kelib tushayotgan takliflar soni tobora oshayotganligidan kelib chiqib, Qonunchilik palatasi “O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasiga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Konstitutsiyaviy qonun loyihasi umumxalq muhokamasining muddati 2022 yil 15 iyulgacha uzaytirish haqida qaror qabul qildilar.

⚜️Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 70, 71, 72, 74 va 75-moddalari o‘zgarishsiz qoldirilib, amaldagi normalarni saqlab qolish maqsadga muvofiq deb topdilar.

#DavKadastrPalata #live #konstitutsiya

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram | Facebook| Instagram |YouTube
▫️Matbuot anjumanidan▫️

⚡️Respublikaning jami 44,9 mln gektar yer maydonidan 41,4 mln gektari (qishloq xo‘jaligi 23,9 mln gektar, o‘rmon fondi 11,9 mln gektar, tabiatni muxofaza qilish yerlari 2,9 gektar, davlat zaxira yerlari 1,7 mln gektar) yoki 92,2 foizi “Kadastr va ro‘yxatdan o‘tkazishning integrasiyalashgan axborot tizimi”da elektron xaritasi yaratilib, kadastr axborot tizimiga kiritildi. Shundan:
– 36,0 mln gektar 4 596 mln nafar (qishloq xo‘jaligi 22,3 mln gektar, o‘rmon fondi 11,8 mln gektar, tabiatni muxofaza qilish yerlari 1,1 mln gektar) yerdan foydalanuvchilar kesimida kadastr yig‘ma jildlari shakllantirilgan holda davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi.

Davlat kadastrlari palatasi Davlat yer kadastrini yuritish bo‘limi boshlig‘i F.Niyozov

#DavKadastrPalata #live #matbuot_anjumani

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
▫️Matbuot anjumanidan▫️

🔷 Yer uchastkalarini xisobga olish hamda ularga bo‘lgan huquqlarni davlat ro‘yxatidan o‘tkazilishi bu avvalom bor yer uchastkalarini ulardan foydalanishni muhofaza qilish yer munosabatlarini tartibga solish hamda aholini yerga bo‘lgan huquqlarini davlat tomonidan ximoyaga olinishi asosiy yo‘nalishlaridan xisoblanadi.
O‘bekiston Respublikasining ma’muriy chegarasidagi umumiy yer maydoni 2022 yil 1 yanvar holatiga jami 44 mln.892 ming 400 gektarni , shundan sug‘oriladigan yerlar esa 4 miln 331 ming 700 gektarni tashkil qiladi. Ya’ni Resublikamizdagi jami yerlardan bor yo‘g‘i 9.7 foiz sug‘oriladigan yerlar tashkil etadi.

Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqni Davlat ro‘yxatidan o‘tkazish boshqarmasi boshlig‘i S.Abdurazzoqov

#DavKadastrPalata #live #matbuot_anjumani

Ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimiz:
Telegram |Facebook|Instagram|YouTube
#Sayyor_qabul #Live

Наманган. Янгиқўрғон туманида сайёр қабул бошланди.

🔹Аввал хабар берганимиздек аҳоли ва тадбиркорларнинг кадастр соҳасидаги мурожаатларини жойида кўриб чиқиш мақсадида Наманган вилояти Янгиқўрғон туманида Давлат кадастрлари палатасининг Наманган вилояти бошқармаси бошлиғи в.в.б Қодирхон Гаппаровнинг сайёр қабули бошланди.

🔹Ҳозиргача Кадастр ҳужжатларини расмийлаштириш, давлат рўйхатидан ўтказиш, ер ажратиш ва кадастр билан боғлиқ муаммолар бўйича мурожаатлар кўриб чиқилмоқда.

🔹Сайёр қабул Наманган вилояти, Янгиқўрғон тумани, Тошкент МФЙ, Нурли йўл кўчаси, 4-уй, туман кадастр филиали биносида давом этмоқда.

Матбуот хизмати.
#Kadastr #Sayyor_qabul #Live

🔴 Ayni damda Namangan viloyati Yangi Namangan tumanida sayyor qabul boshlandi.

🔹Avval xabar berganimizdek aholi va tadbirkorlarning kadastr sohasidagi murojaatlarini joyida ko‘rib chiqish maqsadida Namangan viloyati Yangi Namangan tumanida Kadastr agentligi direktorining o‘rinbosari Abdullayev Abdushukur Xamidovich boshchiligida sayyor qabul o‘tkazilmoqda.

🔹Fuqaro hamda tadbirkorlarning kadastrga oid murojaatlari o‘rganilayotgan jarayon haqida yana xabar beramiz.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #live

Ayni damda Toshkent geodeziya va kartografiya kollejida "Kadastr agentligi xotin-qizlarining ijtimoiy-siyosiy faolligi" mavzusidagi 7-8-oktabr kunlarga mo‘ljallangan seminar trening o‘z ishini boshladi.

Seminarda Kadastr agentligi direktori o‘rinbosari, "Geoinnovatsiya markazi" DUK direktori A. Abdullayev, Davlat kadastrlari palatasi raisi M. Valiyev hamda Oila va xotin qizlar davlat qo‘mitasi xalqaro eksperti, Zulfiya nomidagi davlat mukofoti respublika komissiyasi aʼzosi, Respublika targ‘ibotchilar guruhi rahbari J. Shermuhammedova ishtirok etishmoqda.

Telegram Instagram YouTube Facebook Web-sayt
#Kadastr #live

⚡️Ayni damda O‘zbekiston Milliy matbuot markazida "O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ko‘chmas mulkka bo‘lgan huquqlarining hisobini yuritishda shaffoflikni ta'minlash, shuningdek kadastr sohasidagi ayrim maʼmuriy tartib-taomillarini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarorining mazmun-mohiyati" mavzusidagi matbuot anjumani boshlandi.

🟡Matbuot anjumani tafsilotlari haqida yana batafsil ma'lumot beramiz.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔴 #LIVE #Yer_nazorati

🔹 Айни дамда Кадастр агентлигининг Наманган вилояти бошқармаси Давлатобод тумани бўлими томонидан тумандаги “Орзу” МФЙ ҳудудида ер назорати тадбирлари олиб борилмоқда.

🔹 Назорат тадбирлари давомида фуқаро К.Д. томонидан ҳудуддан ўтувчи юқори кучланишли электр тармоғининг ҳимоя минтақасига ўзбошимчалик билан бетон девор билан ўраб олинган 350 кв.м ер майдонидаги қурилмаларни бартараф этилди.

🔹 Назорат тадбирлари давом этмоқда.

Матбуот хизмати.
Telegram Instagram Facebook
#Kadastr #Sayyor_qabul #Live

🟢 Ayni damda Namangan viloyati To'raqo'rg'on tumanida sayyor qabul boshlandi.

🟢Avval xabar berganimizdek aholi va tadbirkorlarning kadastr sohasidagi murojaatlarini joyida ko‘rib chiqish maqsadida Namangan viloyati To'raqo'rg'on tumanida Kadastr agentligi direktorining birinchi o‘rinbosari Allaberganov Atabek Validjanovich boshchiligida sayyor qabul o‘tkazilmoqda.

🟣Fuqaro hamda tadbirkorlarning kadastrga oid murojaatlari o‘rganilayotgan jarayon haqida yana xabar beramiz.

🌐 Telegram 🌐 Instagram 🌐YouTube 🌐 Facebook 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Sayyor_qabul #Live

🔴 Ayni damda Namangan viloyati Chust tumanida sayyor qabul boshlandi.

🔹Avval xabar berganimizdek aholi va tadbirkorlarning kadastr sohasidagi murojaatlarini joyida ko‘rib chiqish maqsadida Namangan viloyati Chust tumanining chekka qishloqlaridan biri Sho'raqo'rg'onning Qayirma mahalla fuqarolar yig'ini, 54-maktab binosida Davlat kadastrlari palatasining Namangan viloyati boshqarmasi boshlig'i Gapparov Qodirxon Sattarovich boshchiligida sayyor qabul o‘tkazilmoqda.

🔹Fuqaro hamda tadbirkorlarning kadastrga oid murojaatlari o‘rganilayotgan jarayon haqida yana xabar beramiz.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#Kadastr #Sayyor_qabul #Live

🔴 Ayni damda Namangan viloyati Mingbuloq tumanida sayyor qabul boshlandi

🔹Avval xabar berganimizdek aholi va tadbirkorlarning kadastr sohasidagi murojaatlarini joyida ko‘rib chiqish maqsadida Namangan viloyati Mingbuloq tumanida Kadastr agentligi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i Bahromjon Pazilov hamda tumanning tizim mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazilmoqda.

🔹Fuqaro hamda tadbirkorlarning kadastrga oid murojaatlari o‘rganilayotgan jarayon haqida yana xabar beramiz.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook
#Kadastr #live
⁉️⁉️⁉️⁉️⁉️

Ayni damda O‘zbekiston Milliy matbuot markazida “Mulk huquqining daxlsizligini ishonchli himoya qilish, mulkiy munosabatlarga asossiz aralashuvga yo‘l qo‘ymaslik, xususiy mulkning kapitallashuv darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-198-son Farmon ijrosi tahlili mavzusida matbuot anjumani boshlandi.

Anjumani tafsilotlari haqida yana batafsil ma'lumot beramiz.

🌐 Telegram | 🌐 Instagram | 🌐YouTube | 🌐 Facebook | 🌐 Web-sayt
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Kadastr #Sayyor_qabul #Live

🔴 Ayni damda Namangan viloyati Yangiqo'rg'on tumanida sayyor qabul boshlandi

🔹Avval xabar berganimizdek aholi va tadbirkorlarning kadastr sohasidagi murojaatlarini joyida ko‘rib chiqish maqsadida Namangan viloyati Yangiqo'rg'on tumanida Davlat kadastrlari palatasi Namangan viloyati boshqarmasi boshlig‘i Gapparov Qodirxon Sattarovich hamda tumanning tizim mutasaddilari ishtirokida sayyor qabul o‘tkazilmoqda.

🔹Fuqaro hamda tadbirkorlarning kadastrga oid murojaatlari o‘rganilayotgan jarayon haqida yana xabar beramiz.

Matbuot xizmati.
Telegram | Instagram | Facebook